«Hokimiyatning bo`linishi» g`oyasi qadimiy bo`lib, qadimgi yunon faylasufi va olimi Aristotel tomonidan ham ilgari surilgan. XVIII asrning o`rtalariga kelib, bu g`oya mustaqil ta'limotga aylangan. Mashhur fransuz ma'rifatparvari, huquqshunos, faylasuf va yozuvchi Monteskye (1689-1755 yillar) o`zining «Qonunlarning ruhi haqida» kitobida hokimiyatning bo`linishi prinsipini ilgari surgan. Monteskye fikricha, siyosiy hiyonatlarning bo`lmasligini ta'minlaydigan narsa uch hokimiyatning: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining to`la bo`linishi va bir-birini cheklashidir. Monteskye ta'limotida alohida o`rin tutadigan g`oya-bu hokimiyatlarning muvozanati, tengligi hamda ularning «o`zaro bir-birini tiyib turish va qarama-qarshi ta'sir etish tizimi» haqidagi g`oyadir.