KALLA SUYAGINING ShAKLI.
Kalla suyagida tashki tarafdan katta kuringan suyaklarning ichki kismi bushlikdan iborat buladi va ularga sinuslar deyiladi. Xav saklaydigan bushliklar - yukori jag suyagida - sinus maxillaris; peshona suyagi ichida - sinus frontalis; asosiy suyak tanasining ichid - sinus sphenoidalis; galvirsimon suyak ichida - sinus ethmoidali buladi. Bu bushliklar kuyidagi vazifalarni bajaradi :
1) kalla suyagini yengillashtiradi;
2) burun bushligiga ochilganligidan xavoni ilitadi;
3) bushliklarning ichki yuzasi shillik kavat bilan koplanganlig uchun xavoni changdan tozalaydi va xavoni namlaydi;
4)gapirish jarayonida rezonans xosil etib, tovushni tugri talaffuz etishda katnashadi.
Kalla suyagining ichki tuzilishi bosh miya tarakkiyoti bilan boglik buladi. Avval bosh miya tarakiy etadi. Uning atrofidagi kall suyaklarida nervlar, kon tomirlar utishi uchun teshiklar va kanalla xosil buladi. Kallaning yuz kismining tarakkiyoti esa, chaynov va mimika mushaklarining tarakkiyoti bilan boglik buladi. Kalla suyagining tashki tuzilishi usayotgan sharoitga boglik buladi. Afrikaning ba'zi xalklari yangi tugilgan bolalarni ensa kismiga taxta kuyib, peshona suyagi atrofidan boylab kuyishadi. Natijada kalla suyagi uzunlashib, gumbaz shaklida tarakkiy etadi. Kalla suyagining shakli, odamning aklli yoki ongsiz ekanligin belgilamaydi. Kalla suyagining shakli uning usish sharoiti bilan boglik buladi.
Dostları ilə paylaş: |