Toshkent tibbiyot akademiyasi ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi bemorlarni tekshirish xaritasi



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/35
tarix11.11.2022
ölçüsü1,03 Mb.
#68668
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
ИКП (Lotincha)-конвертирован (1)

 
Me’da-ichak tizimi 
 
Shikoyatlar 
So‘rab-surishtirish 
So‘rab-
surishtirishga 
qo‘shimcha 
- - og‘iz bo‘shlig‘idagi og‘riqlar, og‘izdagi taxir maza, og‘izdan 
hid kelishi, yutishning qiyinlashishi, regurgitatsiya, jig‘ildon 
qaynashi, qusish: «qaxva quyqumi»ni qusish, qon ketishi, 
ta’mning buzilishi, ishtaha (buzilishi, pasayishi, yo‘qligi, 
oshishi),ovqatlanishdan jirkanish, kuchli chanqoq (ichilgan suv 
miqdori), kekirish, ko‘ngil aynishi 
 
- - og‘riqlar: doimiy, vaqti-vaqti bilan; og‘riqlar tavsifi (o‘tmas, 
simillovchi, sanchiqsimon, erta, kechki, «tungi och» og‘riqlar, 
ovqatlanishdan so‘ng, qayt qilgandan so‘ng kamayadigan 
og‘riqlar), mavsumiy; irradiatsiya (orqaga, kurakka, kuraklararo 
soxaning pastki qismiga), tarqalgan, chegaralangan 
 
- qorinning shishishi, qorinning g‘uldirashi, ich ketishi, ich 
qotishi, najas rangining o‘zgarishi (qora, rangsiz), vazn 
yo‘qotish, semirish 
Ko‘rik
(umumiy ko‘rikka 
qo‘shimcha) 
- - bemorning to‘laligi: me’yorda, ozg‘in, semiz 
- - og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rigi: hid (badbo‘y, chirigan, ammiak, olma, 
alkogol va x.k.) borligini aniqlash
Qorin ko‘rigi 
- turgan holatda qorin shakli 
- orqaga yotgan xolda qorin shakli (ichiga kirgan, bo‘rtib 
chiqqan) 
- qorin asimmetriyasining mavjudligi yoki mavjud emasligi 
- qorinning nafas olish aktida ishtirok etishi 
- oldingi qorin devoridya chandiq va striyalarning mavjudligi 
- - teri osti venalarining kengayganligi va egri-bugri 
tarmoqlanganligi (kollaterallar, meduza boshi) 
- - oq chiziq va kindik xalqasi churralari, chov churralari 


- - kindik holati (ichiga kirgan, tekis, bo‘rtgan) 
- - me’da va ichakning ko‘rinarli peristalьtikasi 
- kindik darajasida qorin aylanasi 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin