Toshkent tibbiyot akademiyasi miokard infarkti, atipik kechishi, asoratlari



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/34
tarix08.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#109453
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
2.МИ. Ўқув-услубий қўлланма Лотин

Tasnifi. MI ni zamonaviy tasnifi quyidagicha: 
1.Yurak mushaklarini shikastlanishini kengligi va chuqurligi: transmural (Q 
tishchali MI) va transmural bo‘lmagan (Q tishchasiz MI); 
2.Kasallikni kechish xususiyatlari:  
 
Birlamchi, qayta va residivlovchi. 
3.MI ni joylashishi:
 
Oldingi - to‘siq sohasi;
 
Oldingi - yon devor; 
 
Oldingi bazal (oldingi yuqori); 
 
Oldingi tarqalgan (oldingi - to‘siq sohasi, cho‘qqi va oldingi - yon devor) ; 
 
Orqa - diafragmal; 


 
Orqa – bazal;
 
Orqa – yon devor;
 
Orqa - tarqalgan (orqa – diafragmal va orqa – yon devor); 
 
Yon devor MI; 
 
O‘ng qorincha MI. 
4.Kasallikni bosqichlari
 
Prodromal – infarktdan oldingi davr; 
 
O‘ta o‘tkir davri – MI boshlanishidan 2 soatgacha; 
 
O‘tkir davri – MI boshlanishidan 10 kungacha; 
 
O‘tkir osti davri - 10 – kundan 4 - 8 hafta oxirigacha; 
 
Infarktdan keyingi davr – aksariyat holatlarda 4 - 8 haftadan keyin. 
Birlamchi miokard infarkti – bemor anamnezi, asbobiy tekshirishlar natijasida 
avval MI o‘tqazmaganligi tasdiqlangan holda qo‘yiladi. 
Qayta miokard infarkti - bemor anamnezi va asbobiy tekshirishlar natijasida 
avval MI o‘tqazganligi tasdiqlangan hamda oldingi MI dan 28 kun o‘tgandan keyin 
boshqa toj arteriyasi qon bilan ta’minlovchi sohada yangi nekroz o‘chog‘i paydo 
bo‘lganligini tasdiqlovchi belgilar kuzatilgan hollarda qo‘yiladi. 
Residivlovchi miokard infarkti - MI o‘tkazgandan keyin 72 (3 kun) soatdan 28 
kungacha vaqt ichida, ya’ni chandiqlanish jarayoni tugashidan oldin, MI ni klinik – 
laborator belgilari qayta paydo bo‘lganda qo‘yiladi.
MI ning ko‘p uchraydigan asoratlari:
 O‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi (o‘pka shishi); 
Kardiogen shok
Yurak ritmi buzilishi;
 Yurak o‘tkazuvchanligini buzilishi (SA va AV blokadalar, Giss tutami 
oyoqchalari blokadasi); 
 Yurakni ichki va tashqi yorilishi, yurak tamponadasi; 
Aseptik perikardit
 Tromboemboliyalar; 
Yurak anevrizmasi
 Dresler sindromi (perikardit, pnevmonit, plevrit); 
 Surunkali yurak yetishmovchiligi; 
Yuqoridagilardan so‘nggi ikkitasi kech uchraydigan asoratlar guruhiga kiradi. 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin