Vaziyatli masala №4. Bemor 55 yoshda, shikoyatlari: yurak noto‘g‘ri, tez-tez urib
ketishi va hansirash. 5 yildan buyon YUIK va gipertoniya kasalligi bilan og‘riydi.
Muntazam davolanmagan. 2 yil oldin miokard infarkti o‘tkazgan. Ob’yektiv:
umumiy axvoli o‘rta og‘irlikda, xolati passiv. O‘pka ustida vezikulyar nafas,
xirillashlar yo‘q. Yurak nisbiy bo‘g‘iqlik chegarasi chapga siljigan.
Yurak tonlari
bo‘g‘iq aritmik, YUQS bir daqiqada-90 ta, puls-70ta. A/B 160/90 mm. sm.ust. TVI
-36. EKG da: ritm noto‘g‘ri; YUQS bir daqiqada 98 ta; R-R oraliq xar xil, R
tishcha barcha
tarmoqlarda aniqlanmaydi, barcha yurak sikllari orasida tartibsiz f
to‘lqini aniqlanadi. Orqa devor soxasida subendokardial ishemiya belgilari.
Savol:
1.
Taxminiy tashxisingiz?
2.
Qo‘shimcha tekshirish usullari?
3.
Miokard infarktida birinchi yordam?
Dostları ilə paylaş: