Surunkali yurak yetishmovchiligi. Surunkali yurak yetishmovchiligi –
bemorlarda kichik va katta qon aylanish doiralarida
dimlanish belgilari bilan
namoyon bo‘ladi.
Prognozi. MI 30 % hollarda shifoxonagacha – shifoxonada bo‘lgan davrda va
kasallikning birinchi soatlarida o‘lim bilan tugaydi. Kasalxona ichi o‘limi
kasallikning birinchi 28 xaftasida 13-28 % bemorlarda kuzatiladi. MI dan keyingi
birinchi yil davomida bemorlar o‘limi 4-10 % xolatda kuzatilib, shulardan 35 % ni
65 yoshdan kattalar tashkil etadi. Pastki devor infarktida chap qorincha sistolik
faoliyati saqlanganda erta trombolizis o‘tqazish, toj tomirlar o‘tqazuvchanligi
tiklash, asetilsalisilat kislotasi, β- blokatorlar va AAFIni qo‘llash kasallik oqibatini
yaxshilaydi. O‘z vaqtida reperfuziya (kechikib yoki umuman) o‘tqazilmasligi, chap
qorincha
sistolik faoliyati pasayishi, qorinchalar ritmi buzilishi,
miokardni katta
qismi nekrozga uchrashi, kasallik boshidan AB ko‘rsatgichlari past bo‘lishi, o‘tkir
chap qorincha yetishmovchiligi belgilari paydo bo‘lishi va EKG da ishemiya
belgilari uzoq saqlanib turishi yomon oqibatdan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: