Toshkent tibbiyot akademiyasi miokard infarkti, atipik kechishi, asoratlari


Yurakni ichki va tashqi yorilishi



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/34
tarix08.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#109453
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
2.МИ. Ўқув-услубий қўлланма Лотин

Yurakni ichki va tashqi yorilishi. Miokard infarkti bilan og‘rigan 
bemorlarning 1-3 % da chap qorincha devori yorilishi va yurak tamponadasi 
kuzatiladi. Ularning 30-50 % da yurak devorini yorilishi kasallikning birinchi 
soatlarida kuzatiladi. Yurakning oldingi devorini yorilishi tarqalgan katta o‘choqli 
miokard infarktida, kasallik yuqori AG bilan kechganda yuzaga keladi. Ushbu 
asorat rivojlanganda to‘satdan kuchli og‘riq paydo bo‘ladi, puls va QB 
aniqlanmaydi, bemor hushidan ketadi, ko‘z qorachig‘i kengayadi, agonal nafas 
paydo bo‘ladi, bo‘yin tomirlari bo‘rtib chiqadi, tananing bir qismi ko‘karadi va bu 
holat qisqa vaqt ichida bemor o‘limi bilan tugaydi. Chap qorinchani tashqi yorilishi 
25 % hollarda monand infarktini residivi ko‘rinishida o‘tkir osti kechishi mumkin. 
Bemorda qayta kuchli og‘riq paydo bo‘ladi, EKG da yana RS-T oraliqni ko‘tarilib, 
AB ni pasayishi kuzatiladi. Qisqa vaqt ichida yurak tamponadasi belgilari yuzaga 
keladi. Ushbu holatda faqat jarrohlik usuli yordamida bemor hayotini saqlab qolish 
mumkin.


Miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarning 1-3 % da qorinchalar aro to‘siq 
yorilishi kuzatiladi va ushbu asorat 20-30% hollarda kasallikning birinchi 24 
soatida yuzaga keladi. So‘ngi ikki xafta ichida qorinchalar aro to‘siq yorilishi 
ehtimoli juda kam bo‘ladi. Ichki yorilish rivojlanganda bemorda dori vositalari 
yordamida bartaraf etib bo‘lmaydigan kuchli og‘riq bilan bir qatorda, o‘tkir yurak 
yetishmovchiligi va kichik qon aylanish doirasida dimlanish belgilarining 
rivojlanishi kuzatiladi. Ayni vaqtda qorinchalar aro to‘siq yorilishi o‘tkir 
rivojlanganda shovqin mayin bo‘lishi yoki umuman eshitilmasligi ham mumkin. 
Ushbu asorat ExoKG yordamida tashxislanadi.
Mitral qopqog‘i yetishmovchiligi. To‘liq MI bilan og‘rigan bemorlarning 50 
% yengil, 4 % da esa og‘ir mitral qopqoqchalari yetishmovchiligi rivojlanib, o‘z 
vaqtida jarroxlik yo‘li bilan bartaraf etilmasa 24 % hollarda o‘lim bilan tugashi 
mumkin. Bunga so‘rg‘ichsimon mushaklar disfunksiyasi yoki uzilib ketishi sabab 
bo‘ladi.
So‘rg‘ichsimon mushaklar (asosan orqadagi) disfunksiyasi shu soxaga yaqin 
joylashgan 
chap 
qorincha 
mushaklari 
ishemiyasi 
xisobiga 
rivojlanadi. 
Auskultasiyada mitral qopqoqlarini nisbiy yetishmovchiligi sababli yurak 
cho‘qqisida sistolik shovqin eshitiladi. Disfunksiya ExoKG yordamida aniqlanadi 
va maxsus davolash chora tadbirlarini talab etmaydi.
So‘rg‘ichsimon mushaklar uzilishi MI bilan og‘rigan bemorlarning 1 % da 
kuzatiladi. Aksariyat holatlarda orqa so‘rg‘ichsimon mushak shikastlanadi. Ushbu 
asorat kasallikning 2-7 kunida to‘satdan yurak cho‘qqisida dag‘al sistolik shovqin 
va o‘pka shishi belgilari bilan namoyon bo‘ladi. Tashxis ExoKG yordamida 
tasdiqlanadi. O‘z vaqtida jarroxlik muolijasi o‘tqazilmasa, kasallikning 24 soatida 
50 % va 2 oy davomida esa 94 % o‘lim holati kuzatiladi. 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin