Kasallikning yengil turida (I darajali surunkali nur kasalligi) yuqorida ko’rib o’tilgan o’zgarishlarni ko’ramiz. Qon tarkibida leykositlar soni o’zgarib turadi. Bunda leykositlar soni kamaya borib (3109/l gacha), neytrofillar ozayib, limfochktlar soni oshishini ko’zatish mumkin. Kasallikning bu turi yengil kechib, bemorlar ikkinchi oy oxiriga borib soqayib ketadilar. Kasallikning o’rtacha og’ir turida ham kasallik belgilari xilma-xil bo’ladi. Asteniyaga xos belgilar va tomirlar distoniyasidan tashqari, teri ostiga qon quyilishi, ichki a'zolar faoliyati bo’zilishi va moddalar almashinuvi izdan chiqishini kurish mumknn. Qon tarkibidagi eritrositlar (3,5-2Yu'2 l) va gemoglobin miqdori kamayadi. Leykositlar va trombositlar soni ham keskin kamayib ketadi. Shu munosabat bilan bemorlar teri ostiga qon quyilishi, milk, burundan, ayollar bachadonidan qon ketishidan shikoyat qiladilar. Turli xil trofik o’zgarishlar yo’z berib, suyaklar zirqiraydi. Yurak sohasida og’riq paydo bo’lib, yurak sekin ura boshlaydi (bradikardiya).

Kasallik yillab davom etadi va qattiq charchash, infeksiyalar ta'sirida zo’rayib turadi. Bunday bemorlar ko’p marotaba davolanishlari kerak. Ko’pincha shundan so’ng ham bemor darddan to’la sog’ayib ketmaydi. Surunkali nur kasalligining og’ir turida qon quyilish, qon ishlab chiqaruvchi a'zolar faoliyatining keskin yomonlashishi, markaziy asab tizimi va ichki a'zolarda qaytmas jarayonlar kechishi, yuqumli asoratlar xuruj qilishi ko’zatiladi. Og’ir kamqonlik, leykositlar sonining keskin kamayib, granulositlar qonda yuqolib ketishi va trombositopeniya yo’zaga keladi. Kasallik shiddat bilan kechib, ko’pincha qon quyilishi yoki yuqumli asoratlar tufayli bemor o’limi bilan tugaydi. Ayrim hollarda qon tarkibi va bemorning umumiy ahvoli sal yaxshilapishi bilan ifodalanadigan to’liq bo’lmagan remissiya kuzatiladi.