Kasallikning oldini olish uchun nur bilan ishlanadigan joylarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarur. Bunday joylarda inson organizmiga ta'sir etishi mumkin bo’lgan nur miqdori nazorat etib borilishi lozim. Kasallikka to’liq davo qilinishi zarur. Surunkali nur kasallygining yengil turida quvvatga kirgizadigan va nerv faoliyatini yaxshilaydigan doridarmonlar (jenshen, limonnik, eleuterokokk va boshqalar), vitaminlar, kichik trankvilizatorlar tayinlanadi. Kasallikning o’rtacha og’ir turida yuqoridagi dori-darmonlardan tashqari, markaziy nerv sistemasi faoliyatini yaxshilovchi, qon va leykositlar ishlab chiqarilishini maromga soluvchi, qon quyulishini to’xtatuvchi dorilar, antibiotiklar, qon va uning tarkibiy qismlari qo’llanadi. Surunkali nur kasalligining og’ir turiga uzoq vaqt chidam va qat'iylik bilan davo qilish zarur. Bunda asosiy e'tibor qon holatini yaxshilashga (eritrositlar, leykositlar va trombositlarni qonga yuborish),. yuqumli asoratlarga qarshi kurashga (bakteriyalarga qiron keltiruvchi dorilar, gammaglobulin va b. q.) qaratiladi.