Toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»



Yüklə 67,94 Kb.
tarix16.02.2017
ölçüsü67,94 Kb.
#8790
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
«TASDIQLAYMAN»

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

professor Teshaev O.R.

_______________________

«27» avgust 2015 y.
DAVOLASH FAKULTETI FAKULTET VA GOSPITAL JARROHLIK KAFEDRASI
GOSPITAL JARROXLIK fani

Davolash fakulteti 5 kurs talabalari uchun



«SIMPTOMATIK ARTERIAL GIPERTENZIYA»

mavzusi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun


O‘QITISH TEXNOLOGIYASI

Toshkent – 2015

Tuzuvchilar:

Professor Xakimov M.Sh.

Dosent Imamov A.A.

Assistent Alidjanov X.K.

O‘qitish texnologiyasi tasdiqlangan:

Kafedra o‘quv-uslubiy kengashi bayonnomasi № 1 «27» avgust 2015 y. dan


Mavzu: Simptomatik arterial gipertenziya
1. O‘quv mashg‘ulotida o‘qitish texnologiyasi modeli

Vaqti – 6 soat

Talabalar soni: 8-12 ta

Mashg‘ulot shakli

Amaliy mag‘ulot o‘quv xonasida o‘tkaziladi. Mashg‘ulot «qora quticha» usulini qo‘llagan holda o‘tkaziladi.

Mashg‘ulot o‘tkazish joyi

Mashg‘ulot davolash fakulteti fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi va uning klinik bazasida o‘tkaziladi (TTA 2-klinikasida joylashgan o‘quv xonalari, palatalar, bog‘lov xonalari, poliklinikada).

O‘quv mashg‘uloti strukturasi

1. Kirish

2. Amaliy qism

- kurasiya

- amaliy ko‘nikmalarni bajarish

- amaliy qismni tahlil qilish

3. Nazariy qism

- nazariy qismni tahlil qilish

4. Baholash

- o‘z-o‘zini va o‘zaro baholash

- o‘qituvchi bahosi

5. O‘qituvchi tomonidan darsni tamomlash. Bilimlarni baholash. Keyingi dars uchun mashg‘ulot savollarini e'lon qilish.


O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: mavzuni talabalarni professional tayyorlash uchun ahamiyatli ekanligini ko‘rsatgan holda asoslash. Talabalarga simptomatik arterial gipertenziyalar (SAG) bo‘yicha tushuntirish berish, uning epidemiologiyasi va etiopatogenezi, ushbu kasallikning klinik manzarasi va asoratlarini yoritish, diagnostika va differensial diagnostikasi, zamonaviy davolash usullari bilan tanishtirish.

O‘qituvchining vazifalari:

  • SAG klinik manzarasi va kechishi xususiyatlari haqida talabalar bilimlarini mustahkamlash va yanada chuqurlashtirish.

  • SAG klinik xarakteristikasi va kechish variantlarini muhokama qilish.

  • Boshqa kasalliklar bilan differensial diagnostika o‘tkazish tamoyillarini tushuntirish.

  • Talabalarda kasallikning og‘ir asoratlar rivojlangunga qadar o‘z vaqtida erta aniqlash va davolash uchun maxsus kasalxonalarga yuborish ko‘nikmalarini shakllantirish.

  • Talabalarni davolashning yangi usullari va profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazish tamoyillari bilan tanishtirish.

O‘quv faoliyati natijalari:

Talaba bilishi lozim:

  • diagnostika va differensial diagnostika usullari hamda uning asoratlari haqida;

  • tashxisni asoslash va rasional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlar natijalarini interpretasiya qilish;

  • ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorgarligining o‘ziga xos xususiyatlari haqida;

  • operativ muolaja va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalarni aniqlash, ularning o‘ziga xos tomonlarini bilish;

  • amaliyot davrida va undan keyingi asoratlarni oldini olish;

  • SAG bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha ma'lum bir amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish;

  • maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish.

Talaba bajara olishi lozim:

Amaliy ko‘nikmalarin bajara olishi – SAG bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, ushbu bemorlarga maxsus tekshiruv usullarini bajarish, jarroxlik amaliyotlariga ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarni aniqlash.



O‘qitish usullari va texnikasi

«Qora quticha» usuli; vaziyatli masalalar, mavzu bo‘yicha testlar.

O‘qitish vositalari

O‘quv qo‘llanmalari, o‘quv materiallari, slaydlar, video va audio tasmalar, rentgenogrammalar, kasallik tarixi.

O‘qitish shakllari

Guruhlarda individual va kollektiv bilan ishlash, prezentasiyalar o‘tkazish.

O‘qitish shartlari

o‘quv xonalari, palatalar va bog‘lov xonalari.

Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat: nazorat savollari, guruhlarda o‘quv vazifalarni bajarish, amaliy ko‘nikmalarni bajarish. Yozma nazorat: test o‘tkazish, talabalarning mustaqil ishi.


2. Motivasiya

Mashg‘ulot mutaxassis shaxsini shakllanishiga, o‘zini tuta bilishga o‘rgatishga, tashxis qo‘yishda ma'suliyatni xis qilishga o‘rgatadi. Talabalarga kasallakning og‘ir asoratlari rivojlanishidan avval o‘z vaqtida operasiya bajarish lozim ekanligini uqtirish; asoratlar rivojlanganida esa – eng informativ va zamonaviy diagnostika usullari hamda jarroxlik usuli bilan davolash haqida tanishtirish; operasiyadan tashqari vaqtda va operasiya vaqtida kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar hamda ularning oldini olish chora-tadbirlari haqida tanishtirish. Talabalarda klinik fikrlashni rivojlantirish. Ushbu muammo bo‘yicha dunyo tibbiyoti va umumiy amaliyot shifokori nazari bilan zamonaviy yondoshishni shakllantirish.


3. Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik

Shu mavzuni o‘qitish talabalarning anatomiya, fiziologiya, patologik anatomiya, patologik fiziologiya, mikrobiologiya, bioximiya, terapiya, klinik farmakologiya fanlari bo‘yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar gastroenterologiya, ichki kasalliklar va boshqa klinik fanlarni o‘rganilganda kerak bo‘ladi.


4. Darsning mazmuni

4.1. Nazariy qism

Simptomatik arterial gipertenziyalarning quyidagi turlari farqlanadi:



  • buyrak parenximasining shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasal-liklar (pielonefrit, glomerulonefrit, siydik-tosh kasalligi, buyraklar polikistozi, diabetik nefropatiya va b.)

  • buyrak usti bezi kasalliklari (feoxromositoma, Konn sindromi, Isenko-Kushing sindromi va b.)

  • bosh miya kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan arterial gipertenziyalar (ensefalit, o‘smalar, bosh miya jarohatlari va b.).

  • yirik qon tomirlari rivojlanishi nuqsonlari (aorta koarktasiyasi, qorin aortasining tug‘ma gipoplaziyalari va b.)

  • vazorenal gipertenziya.


Vazorenal gipertenziya

Vazorenal gipertenziya (VRG) – buyrak arteriyalarida magistral qon oqimini buzilishi oqibatida va buyrak parenximasi, siydik chiqaruv yo‘l-larining birlamchi zararlanishi bilan bog‘liq bo‘lmagan simptomatik arterial gipertenziya turlaridan biridir. Barcha arterial gipertenziya turlari orasida vazorenal gipertenziya 2-5%ni tashkil etadi.

Vazorenal gipertenziya negizini buyrak arteriyalarining yoki uning segmentar tarmoqlarining bir yoki ikki tomonlama torayishi yoki okklyuziyasi tashkil qiladi. Natijada arteriyaning patologik toraygan qismi orqali buyrakka qon kelishi anchagina kamayadi, bu o‘z navbatida buyrak to‘qimasining ishemiyasiga sabab bo‘ladi. Ishemiyaning darajasi arteriya stenozining darajasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.

Etiologiya. Hozirga qadar vazorenal gipertenziyaning 40 ga yaqin sabab-lari mavjud. Vazorenal gipertenziya, kelib chiqish sabalariga ko‘ra tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi.

Tug‘ma sabablari orasida quyidagalar ko‘proq uchraydi:



  • buyrak arteriyalarining fibroz-mushak displaziyasisi,

  • aorta va buyrak arteriyalari gipoplaziyasi,

  • buyrak arteriyalari anevrizmalari,

  • tug‘ma arterio-venoz oqmalar.

Ortirilgan sabablar:

  • ateroskleroz,

  • nospesefik aorto-arteriit,

  • nefroptoz,

  • buyrak infarkti,

  • buyraklar jarohati,

  • buyraklar o‘smalari.

Ateroskleroz 40 yoshdan oshgan shaxslarda vazorenal gipertenziyaning asosiy sababi hisoblanadi va 60-85% gacha bemorlarda uchraydi. Atersklerotik pilakcha (blyashka)lar ko‘pchilik hollarda buyrak arteriyasini aortadan chiqish qismida yoki uning uchdan bir proksimal qismida joylashadi. Ko‘pchilik hollarda buyrak arteriyasining bir tomonlama zararlanishi kuzatiladi, ayrim hollarda arteriya ikki tomonlama shikastlanadi, bu odatda 1/3 bemorlarda uchraydi va vazorenal gipertenziyaning bir muncha og‘ir kechishiga olib keladi. Kasallik, aksariyat erkaklarda ayollarga nisbatan (2-3 marta ko‘p) uchraydi.

Vazorenal gipertenziyaning sabablari ichida fibroz-mushak displaziyasi atersklerozdan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Fibroz-mushak displaziyasisi asosan navqiron yoshda va hatto bolalik yoshida (12- 44 yoshgacha) uchraydi.

Bemorlarning o‘rtacha yoshi 28 yoshni tashkil qiladi. Ayollar erkaklarga qaraganda 4-5 marta ko‘proq kasallanadi. Morfologik jihatidan fibroz-mushak displaziyasisi asosan buyrak arteriyalari, ularning tarmoqlarini qamrab oladigan, arteriyaning mushak, intima qatlamlarida distrofik va sklerotik o‘zgarishlar kechishi bilan xarakterlanadi. Bunda arteriyaning mushak elementlarini giperplaziyasi mikroanevrizmalar hosil bo‘lishi bilan birga kuzatiladi. Natijada torayish va kengayishlarni (anevrizmalar) aralash joylashishi kuzatiladi. Bu arteriyalarga o‘ziga xos tus beradi, ular marvarid yoki munchoq iplariga o‘xshab qoladi. Patologik jarayon 2/3 hollarda bir tomonlama bo‘ladi.

Vazorenal gipertenziyaning sabablaridan biri nospesifik aortoarteriit (Takayasu kasalligi) hisoblanadi. Nospesefik aortoarteriit tarqalgan xarakterga ega bo‘lgan kasallik bo‘lib, patologik jarayon asosan aorta ravog‘i tarmoqlari, torakoabdominal aorta va uning tarmoqlarida kuzatiladi. Vazorenal gipertenziyaning boshqa sabablari orasida nospesifik aortoarteriit 17-22% ni tashkil qiladi. Bu kasallikda buyrak arteriyalarining zararlanishi aksariyat ikki tomonlama bo‘ladi va har ikkala jinsdagi shaxslarda ham kuzatiladi, biroq asosan yosh ayollarda ko‘proq kuzatiladi. Kasallik odatda 11-20 yoshda boshlanadi, 2-3 yildan so‘ng buyrak arteriyalarining torayishi yuzaga chiqadi. Patogenezi bo‘yicha bu kasallik autoimmun xarakterga ega bo‘lib, etiologiyasi xozirgacha to‘liq aniqlangan emas. Klinik jihatdan kasallik tana haroratining ko‘tarilishi, leykositoz, EChT ning ortishi, gipergammaglobulinemiya, fibrinogenning oshishi va S-reaktiv oqsili paydo bo‘lishi kabi belgilar bilan boshlanadi.

Vazorenal gipertenziya yana quyidagi holatlarda yuzaga kelishi mumkin: buyrak arteriyasining ekstravazal kompressiyasi oqibatida, buyrak arteriyasi o‘tkir trombozi yoki emboliyasi natijasida, buyrak arteriyalarida anevrizma hosil bo‘lishi, buyrak arteriyalari gipoplaziyasi, nefroptoz, o‘sma, kista, buyraklarning rivojlanish nuqsonlarida va boshqalarda.

Patogenez. Buyrak arteriyasining torayishi yoki yopilib qolishi (okklyuziya) buyrakda qon oqimining kamayishiga va perfuzion bosim pasayishiga olib keladi. Buyrak to‘qimasining ishemiyasi hosil bo‘lish natijasida yukstaglomerulyar apparat (YuGA) ho‘jayralari giperplaziyasi rivojlanadi va buning oqibatida renin (ferment) gipersekresiyasi kuzati-ladi. Renin jigarda hosil bo‘lgan nofaol angiotenzinogenni angiotenzin I ga aylantiradi. Angiotenzin I esa angiotenzinni konvertasiya qiladigan ferment ta'siri ostida angiotenzin II ga aylanadi. Angiotenzin II – eng kuchli vazakonstriktorlardan biri bo‘lib, arteriolalarga bevosita ta'sir ko‘rsatadi va ularni torayishiga olib keladi, tomirlarning periferik qarshiligini keskin ravishda ko‘paytiradi.

Bundan tashqari, angiotenzin II buyrak usti bezlari po‘stloq qavati tomononidan aldosteron ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi, bu esa o‘z navbatida organizmda natriy ionlari va suvning tutilishi bilan kechadigan ikkilamchi giperaldosteronizm rivojlanishiga olib keladi. Periferik angiospazm, gipernatriemiya va gipervoliemiya, arterial gipertenziyani yanada chuqurlashishiga sabab bo‘ladi. Kasallikning boshlang‘ich davrlarida buyrak usti bezining po‘stloq qismidagi o‘zgarishlar funksional xarakterga ega bo‘lib, morfologik o‘zgarishlar minimal holatda bo‘ladi. Keyinchalik esa, o‘zgarishlar organik tusga o‘tadi: bez xujayralari gipertrofiyaga uchraydi va oqibatda buyrak usti bezining diffuz yoki tugunchali giperplaziyasi rivojlanadi. Aldosteronni doimiy ravishda ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishi, renin sekresiyasini kamaytiradi, shuning uchun ikkilamchi giperaldosteronizm rivojlanishi bilan kam reninli vazorenal gipertenziya shakllanadi.



Klinik manzarasi. Simptomatik gipertenziyalarning ayrim turlariga (Konn sindromi, Kushing sindromi, feoxromositoma) xos patognomik simptomlar vazorenal gipertenziyada yo‘q.

Bemorlarning shikoyatlarini quyidagicha umumlashtirish mumkin:



  1. Serebral gipertenziyaga xos belgilar: bosh og‘rig‘i, boshda og‘irlik hissiyoti, quloqlarda shovqin, ko‘z soqqalarida og‘riqlar, xotiraning pasayishi, qoniqib uxlamaslik va b.

  2. Yurak chap bo‘limlariga ortiqcha og‘irlik tushishi va koronar etishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan shikoyatlar: yurak sohasida og‘riq, taxikardiya, to‘sh ortidagi og‘irlik hissi va b.

  3. Bel sohasidagi og‘irlik sezgisi, kuchli bo‘lmagan og‘riqlar, buyrak infarkti bo‘lgan taqdirda - gematuriya.

  4. Boshqa a'zolar ishemiyasi belgilari (buyrak arteriyalari bilan birga boshqa a'zolar magistral arteriyalari shikastlanganda).

  5. Nospesifik aortoarteriitda umumiy yallig‘lanish sindromi uchun xos shikoyatlar.

  6. Ikkilamchi giperaldosteronizm uchun xos shikoyatlari: jinsiy zaiflik, paresteziyalar, tetaniya xurujlari, poliuriya, nikturiya, polidipsiya.

Vazorenal gipertenziya taxminan 25% bemorlarda belgisiz kechadi.

Bemorda quyidagi belgilar aniklansa vazorenal gipertenziya kasalligi borligiga taxmin qilish mumkin:



  • ikkita yoki undan ortiq gipotenziv preparatlar va diuretiklarga rezistent bo‘lgan arterial gipertenziya;

  • arterial gipertenziyaning 20 yoshgacha bo‘lgan ayollarda yoki 55 yoshdan keyin paydo bo‘lishi;

  • tez avj olib boradigan yoki xavfli kechadigan gipertenziya;

  • ateroskleroz kasalligining turli xil ko‘rinishlari borligi;

  • APF ingibitorlari yoki angiotenzin II reseptorlarining blokator-larini qo‘llash fonida rivojlanadigan azotemiya;

  • qorin aortasi va buyrak arteriyalari ustidagi sistolik shovqin;

  • UTT da buyraklarning o‘lchamlaridagi 1,5 sm dan oshadigan farqlar;

Yuqorida sanab o‘tilgan belgilar vazorenal gipertenziya to‘g‘risida ko‘pincha asoslangan taxmin qilishga imkon beradi, biroq ular bu diagnozni to‘liq tasdiqlash imkoniyatiga ega emas.

Vazorenal gipertenziya diagnozini tasdiqlash yoki rad etish uchun qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazish zarur bo‘ladi. Vazorenal gipertenziya diagnostikasining eng ishonchli va to‘g‘ri usuli buyraklar angiografiyasi hisoblanadi, bu tekshirishni fakat qon-tomir kasalliklariga ixtisos-lashgan markazlardagina bajarish mumkin. Angiografiya stenoz jarayonining sababini aniqlashga, stenoz darajasi va uning joylashuviga baho berishga imkon beradi, bu esa xirurgik davolash to‘g‘risidagi masalani hal qilishda katta ahamiyatga ega.

Diagnostika uchun, bir qator kam invaziv, skrining usullari ham mavjud bo‘lib, ular buyrak arteriyalarning zararlanganini topishi, angio-grafiyaga ko‘rsatmalarni aniqlashi, gipertenziya genezini (kelib chiqishi) aniqlashi va ayrim bemorlarga angiografiya o‘tkazish shartmasligini belgilab beradi. Jumladan, AAF ingibitorlari bilan ssintigrafiya, doppler – ultrasonografiya, magnit-rezonansi va KT angigografiya yuksak sezuvchanlika ega bo‘lib, angiografiyagacha bo‘lgan davrda skrining usul sifatida qo‘llanilishi mumkin.

Angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari bilan renossintigrafiya qilish. Buyrak arteriyasining funksional ahamiyatga ega stenozida AAF ingibitorlarini qo‘llanilishi, buyrak nefronlarida filtrasiya tezligining pasayishiga olib keladi. Bu hol efferent arteriolalar konstriksiyasini bartaraf etish yoki sezilarli susaytirish tufayli kelib chiqadi. Renogrammaning xarakterli o‘zgarishi buning oqibati bo‘lib hisoblanadi.

Ssintigrafiyada AAF ingibitorlari induksiyalagan o‘zgarishlar renovaskulyar gipertenziya uchun eng spesifik diagnostik mezon hisoblanadi. AAF ingibitorlari qo‘llanilganda normal ssintigramma olingan bo‘lsa, VRG ehtimolini 10% dan kam desa bo‘ladi.

Doppler-ultratovush tekshiruvi. Bu tekshiruv afzalligi uning noinvazivligi va arzonligidadir. Doppler-ultratovush tekshiruvi yordami-da 2 ta usuldan foydalaniladi: buyrak arteriyalarini bevosita vizualiza-siyasi va Doppler to‘lqinlari shaklini analiz qilish.

Buyrak arteriyalarining bevosita vizualizasiyasi. Bu usul asosiy buyrak arteriyalarini rangi yoki energetik doppler – bevosita ultratovush tekshiruvi bilan spektral doppler – ultratovush yordamida buyrak arteriyalari bo‘ylab tezligini analiz qilishni o‘z ichiga oladi.

Signalni kuchaytirish uchun kontrast modda yuborib erishish mumkin, bu buyrak arteriyalarining vizual tasvirini engillashtiradi.

Uch o‘lchovli ultratovush angigrafiyasi buyrak arteriyalarining bataf-sil ko‘rishga imkon beradi, ta'svirning aniqligini uch o‘lchovli magnit-rezonans angiografiyasi bilan taqqoslash mumkin bo‘ladi.

Ultratovush (UT) yordamida tekshiruv vaqtida aniqlangan quyidagi belgilar buyrak arteriyasining ahamiyatga ega bo‘lgan proksimal stenozi yoki okklyuziyasini diagnostik mezoni hisoblanadi:


  • buyrak arteriyasida maksimal sistolik tezlikning ortishi ( 100-200 sm/sek)

  • maksimal sistolik tezlik buyrak-aortal koeffisenti 3.5 dan ko‘p;

  • arteriyaning poststenoz sohasidagi turbulent oqim;

  • buyrak arteriyasini doppler signalisiz vizualizisiya qilinishi okklyuziyadan darak beradi.

Bundan tashqari ultratovush tekshiruvi yordamida VRG bilvosita belgilarini, xususan ishemik atrofiya hisobiga buyrak o‘lchamlarining kichrayishini aniqlash mumkin. Uzunligi 8 sm dan kichik buyraklar odatda ishemiya bilan og‘ir shikastlangan bo‘ladi. Bunday sharoitlarda revaskulyari-zasiya buyrak faoliyatining tiklanishiga yoki gipertenziyani bartaraf etishga olib kelmaydi va bu holat nefrektomiyaga ko‘rsatma hisoblanadi.

Magnit-rezonans angiografiya. Gadoliniy kontrasti bilan magnit-rezonans angiografiya hozirgi vaqtda uch o‘lchovli tasvirlarni shakllantirishga qodir yuksak sifatli tasvir hosil qiladigan tizim sifatida ishlatiladigan bo‘ldi. Angiografik kontrast – paramagnetik T1 – effektni kamaytiradi. Qon yorqin rangda tasvirlanadi, ayni vaqtda harakatsiz to‘qimalar to‘q rangda qoladi.

Spiralli kompyuter tomografik angiografiya (KTA). Bu usul noinvaziv usullardan hisoblanadi.

U VRG si bor bemorlarda buyrak qon oqimini o‘lchash, shuningdek tomirlarning uch o‘lchovli tasvirini olish uchun qo‘llanilishi mumkin (150 ml gacha kontrast modda ishlatiladi). Ushbu tekshirish buyrak arteriyasi-ning 50% dan ortiq stenozini aniqlash uchun 98% sezuvchanlikka va 94% xoslikka ega.

Vazorenal gipertenziyani diagnostika qilishdagi birincha qadam bu patologiyaning o‘rta va yuqori ehtimoli bo‘lgan pasientlarni klinik mezonlar bo‘yicha tanlash hisoblanadi. Noinvaziv skrining testlari buyrak arteriyasi stenoz gumoni yuqori bo‘lgan bemorlarni maqsadli tanlab olishni ta'minlaydi, undan keng ko‘lamda foydalanilganda rentgen angiografsiyasi-ning potensial nojuya tasvirlarini kamaytirishga imkon beradi.

Faqatgina kasallik ehtimoli yuqori bo‘lgan bemorlardagina taxmin qilinayotgan buyrak arteriyasi stenozini aniqlash uchun rentgen tekshiruvi amalga oshirilishi kerak. Spiralli KT buyrak qon tomirlarini sifatli vizualizasiyasini ta'minlashi mumkin, biroq ko‘p miqdordagi kontrastni talab qiladi. Xozirgi vaqtda MRT bemorlarga xavfli bo‘lmagan tarzda buyrak tomirlari tasvirini sifatli darajada beryapti. Biroq o‘zining qimmatbaholigiga va kamyobligi jihatidan u standart angiografik tekshi-ruvga moneligi ya'ni: buyrak etishmovchiligi yoki yodli prepararatlarga allergiyasi bo‘lgan pasientlar uchun zahira sifatida qo‘llanilishi lozim.



Davolash. Davolashning kuyidagi turlarini farq qilish mumkin:

  1. Konservativ usul – operasiya o‘tkazishga monelik bo‘lganda.

  2. Xirurgik usul:

- rekonstruktiv operasiyalar: transaortal endarterektomiya, buyrak arteriyasi replantasiyasi, buyrak arteriyasini protezlash

- ikkilamchi geperaldosteronizmni korreksiya qilish uchun buyrak arteriyalari va buyrak usti bezidagi simultan operasiyalar.

- nefrektomiya.


  1. Rentgenendovaskulyar usullar:

  • buyrak arteriyalarini translyuminal angioplastikasi (yoki rentge-noendovaskulyar dilyatasiyasi - RED) stentlash yoki usiz;

  • ikkilamchi giperaldosteronizmni korreksiya qilish uchun buyrak usti bezlaridagi simultan REA.

Renovaskulyar gipertenziyani davolashning eng samarador usuli xirurgik usul bo‘lib, buyrak arteriyalarining stenozi sababini bartaraf etish va buyrakka normal qon oqimini tiklashga qaratilgan. 1952 yilga qadar xirurgik davolashning yagona usuli nefrektomiya bo‘lgan, u bir tomonlama zararlanishda va kasallikning o‘tib ketgan bosqichida amalga oshirilar edi. Hozirga kunda buyrak ichi qon tomirlari torayishida yoki zararlangan buyrak gipoplaziyaga uchraganda va uning faoliyati yaqqol buzilgandagina nefrektomiya bajariladi. Bundan tashqari buyrak o‘lchamlarining 8 sm va undan kichik bo‘lishi ham nefrektomiya uchun ko‘rsatma hisoblanadi. Qolgan hollarda buyrakda qon oqimini tiklashga qaratilgan, a'zoni saqlab qoladigan operasiyalardan keng qo‘lamda foydalaniladi. Xirurgik davolash natijalari vazorenal gipertenziya tashxisi va uning paydo bo‘lish sababi nechog‘lik erta aniqlansa, shunchalik samarador bo‘ladi.

Ayni vaqtda vazorenal gipertenziyali bemorlarda xastalik hatto xavfli kechganda ham bemorga individual tanlangan gipotenziv vositalar yordamida ba'zan yaxshi natijaga erishishga muvaffaq bo‘linadi. Biroq buyrak arteriyasi stenozi isbotlanganda muolaja o‘tkazish tavsiya etilmay-di, chunki arterial qon bosimining pasayishi buyrakda qon oqimini yanada yomonlashuviga va qisqa vaqt ichida buyrakning ikkilamchi bujmayishiga, faoliyatining yo‘qotilishiga olib keladi.

Kasallikning etiologiyasiga ko‘ra balonli dilatasiya eki stentlash 80% hollarda muvaffaqiyatli chiqishi mumkin. Biroq bu muolajalar invaziv bo‘lib, arteriyaning yorilishi yoki qirqilishiga, buyrak yoki oyoklarning ateromatoz emboliyasiga, kontrast keltirib chiqargan nefropatiya sababli o‘tkir buyrak etishmovchiligiga, punksiya sohasidan qon ketishiga va (kamdan-kam hollarda) bemor o‘limiga olib kelishi mumkin. Bu usullar, xirurgik vaskulyarizasiya, ballonli dilatasiya va stentlash imkoni bo‘lmagan bemorlar, shuningdek operasiya qilishni talab qiladigan qo‘shilib kelgan qorin aortasi zararlangan bemorlar uchun zahira usul bo‘lib qoladi.

Arterial gipertenziyasi yuqori va yomon nazorat qilinadigan giperten-ziyali bemor, buyrak o‘lchamlari kichraygan va faoliyati anchagina pasaygan bo‘lsa nefrektomiyaga ko‘rsatma hisoblanadi.

Davolash usulini qoniqarsizligining asosiy sabablari kuyidagilar:


  • Nefroangiosklekroz,

  • Shunt restenozi,

  • Patologik jarayonning kuchayishi,

  • Ikkilamchi giperaldosteronizm,

  • Konrlateral buyrak arteriyasi stenozi,

  • Shunt anevrizmasi.

Buyrak usti gipertenziyasi ko‘pincha uning o‘smalari bilan bog‘liq bo‘ladi. Aldosteroma, feoxromositoma, buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining aralash o‘smalari, kortikosteroma, androsteroma, kortikoesteroma ko‘plab uchraydi. O‘smalarning hamma turlari ham xavfsiz, ham xavfli bo‘lishi mumkin.

Aldosteroma (birlamchi giperaldosteronizm, Konn sindromi) buyrak usti bezi po‘stloq qismining koptokcha sohasidan rivojlanadi. Ko‘pchilik bemorlarda o‘sma xavfsiz tabiatli bo‘ladi va faqat 5% hollarda xavfli o‘sishi aniqlanadi. O‘sma to‘qimasi ortiqcha miqdorda aldosteron ishlab chiqaradi.

Patogenezi. Aldosteronning ortiqcha ishlab chiqarilishi organizmda turli-tuman biokimyoviy va morfologik o‘zgarishlarga olib keladi. Bu kasallik uchun dastavval sezilarli tarzda elektrolit muvozanatining buzilishlari xos. Aldosteron buyrak kanalchalariga ta'sir etib, kaliy va suv reabsorbsiyasi kamayishiga, natriy reabsorbsiyasi ko‘payishiga olib keladi. Kaliyning siydik orqali jadal suratda chiqarilishi, gipokaliemiya rivojlanishiga (3,0 mmol/l dan kam) olib keladi. Hujayradagi kaliy ionlari natriy va vodorod ionlari bilan almashinadi. Natriyurez pasayishi ho‘jayra ichi va hujayra tashqarisidagi bo‘shliqda natriy ionlari oshishiga olib keladi. Natriy gidrofil ion bo‘lgani uchun suvni tutib turadi va o‘ziga tortib oladi. Natijada to‘qimalar shishishi, ayniqsa qon tomir devori shishi rivojlanadi, uning ichki bo‘shlig‘i arteriolalar darajasida kichrayadi. Qon tomir tonusi, periferik qon tomir qarshiligi ortadi va arterial gipertenziya rivojlanadi.

Kasallik aksariyat navqiron yoshdagi ayollarda uchraydi. Aldosteroma simptomlarini 3 guruhga bo‘lish mumkin:



  1. gipokaliemiya xisobiga rivojlangan neyromushak simptomlar;

  2. aldosteronni bevosita buyrakka ta'siri natijasida vujudga kelgan simptomlar;

  3. arterial qon bosimining oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan simtomlar.

Nerv mushak simptomlari gipokalemiya va nerv-mushak o‘tkazuchanligini buzulishi hisobiga kelib chiqadi. Bemorlar mushak bo‘shashidan noliydilar, uning darajasi turlicha bo‘lib, tez-tez charchashlar, oyoq mushaklarini egallay-digan bo‘sh falajliklargacha olib keladi. Paresteziya va talsavalar (mushak tortishishi) ko‘plab qayd etiladi.

Buyrak simptomlari orasida ko‘proq poliuriya, nikturiya, gipostenuriya kuzatiladi. Siydik orqali ko‘p miqdorda suyuqlik yo‘qotilishi sababli, polidipsiya (tashnalik) yuzaga keladi.

Arterial gipertenziya - aldosteromaning asosiy, ba'zan esa yagona simptomidir. Gipertenziya, odatda barqaror kechadi. AQB oshish darajasi o‘rtachadan (160/100 mm Hg) to yaqqol (220-250/120-140 mm Hg) gacha o‘zgarib turadi. Ko‘pchilik bemorlar yuqori arterial bosim bilan bog‘liq kuchli bosh og‘rig‘iga shikoyat qiladilar.

Arterial gipertenziya yurak chap qorinchasining yaqqol gipertrofiyasiga olib keladi, gipokaliemiya belgilari paydo bo‘ladi. Ko‘z tubi tomirlari zararlanib, ko‘pincha ko‘rish faoliyati buziladi.

Konn sindromi diagnostikasi kasalliklarning klinik ko‘rinishlarini va laboratoriya tekshiruvlari ma'lumotlarini tahlil qilishga asoslangan. Radioimmun tahlil plazmada, bazal sharoitlarda aldosteron konsentrasiyasini oshishini va 4 soatlik yurish sinamasidan so‘ng uning parodoksal pasayishi, plazma renini aktivligining kamayishini aniqlay-di. Biokimviy tekshirilishlarda gipokaliemiya, gipernatriemiya topiladi. Siydik ishqoriy reaksiyasi muhim diagnostik qimmatga ega bo‘lishi mumkin. Asbob-uskuna yordamida tekshiruv usullari orasida UZI va KT ning ahamiyati katta.

Aldosteromalar kichik o‘lchamlarda (1,5-2 sm) bo‘lganligi sabali ularni UTT yordamida taxminan 60% bemorlarda topish mumkin. Diagnostikaning eng aniq usuli kompyuter tomografiyasi hisoblanadi. KT da zichliga past bo‘lgan (10-14 Nn birligi) tuzilmalar aniqlanadi.

Davolash: bemorlarga adrenalektomiya operasiyasi bajariladi.

Feoxromositoma. Katexolaminlar (adrenalin, noradrenalin) ishlab beradigan xromofin to‘qimadan neyroektodermal kelib chiqqan o‘sma bo‘lib, ko‘proq buyrak usti bezi miya qatlamidan rivojlanadi (90% hollarda). Feoxromositomani (paraganglioma) 10% hollarda buyrak usti bezidan tashqarida (aksariyat simpatik paraaoratal gangliyalarda, qovuqda, orqa ko‘ks oralig‘ida) joylashgani aniqlanadi. Yolg‘iz va ko‘p sonli, xavfsiz va xavfli bo‘lishi mumkin. Kasallik ko‘pincha katta yoshdagi erkaklarda uchraydi. Feoxromositomaning oilaviy tabiati to‘g‘risida ham ma'lumotlar bor.

Feoxromositomali bemorlarda kelib chiqadigan buzilishlar patogenezida katexolaminlar gipersekresiyasi va ularning umumiy qon oqimiga vaqti - vaqti bilan ko‘p mikdorda tushishi asosiy ahamiyatga ega. Kriz vaqtida katexolaminlar, xususan noradrenalin darajasi normadan bir necha o‘n barobar oshadi, ularning ortiqcha miqdori alfa va betta adrenoreseptorlarining qo‘zg‘alishini chaqiradi, bu esa arteriolalar darajasida yaqqol spazmga, umumiy periferik qarshilikning keskin ortishiga olib keladi, buning natijasida sistolik bosim ham, diastolik AQB ham oshadi.



Klinik manzarasi. Feoxromositomaning asosiy simptomi arterial gipertenziya hisoblanandi. U uchta tipda – krizli (paroksizmal), barqaror va aralash kechishi mumkin va shunga ko‘ra kasallik klinik kechishining tegishli tiplari farq qilinadi. Paroksizmal turida AQB 250-300 mm Hg gacha va bundan yuqoriga ko‘tarilib, gipertonik krizlar qayd etiladi. To‘satdan AQB oshishi, keskin bosh og‘rishi, yurak urib ketishi, o‘lim xavfi, et junjikishi, tana xaroratining oshishi, ko‘p terlash bilan o‘tadi. Aksariyat nafas qisishi, bel sohasida, qorinda, to‘sh orqasida og‘riq qayd etiladi. Ko‘ngli behuzur bo‘lishi va qusish kuzatilishi mumkin. Kriz davomiyligi bir necha minutdan bir necha soatgacha davom etadi. Katexolaminlar gipersekresiyasi natijasida rivojlangan kriz uchun giperleykositoz, giperglikemiya va glyukozuriya xos. Kriz bo‘lmaganda AQB me'yordan oshmaydi va bemorlarda shikoyatlar bo‘lmaydi.

Arterial gipertenziyaning barqaror turida krizsiz AQB ning barqaror oshishi qayd etiladi. Aralash turida katexolaminlik krizlar, oshgan AQB fonida kuzatiladi (160/100–180/120 mm Hg). Bartaraf etilmagan katexola-minlik kriz o‘lim bilan tugashi mumkin, bunga o‘tkir yurak etishmovchiligi, o‘pka shishi, bosh miyaga qon quyilishi sabab bo‘lishi mumkin.



Diagnostikasi. Feoxromositomani aniqlashda klinik ko‘rinishi bilan bir qatorda siydikda katexolaminlar konsentrasiyasi tekshirishga asosiy o‘rin beriladi (sutkali yoki krizdan keyin qilingan). Siydikda ikkala gormonlar konsentrasiyasining bir vaqtning o‘zida oshishi o‘smaning buyrak usti bezi ustida joylashuviga bir muncha hosdir. Noradrenalinning konsentrasiyasi adrenalinga nisbatan yuqoriroq bo‘lsa, o‘sma buyrak usti bezidan tashqarida joylashuvi uchun hosdir. Amaliyotda siydikda adrenalin va noradrenalindan tashqari, vanilil-mindal kislota miqdori aniqlanadi. Bu kislota ikkala gormon metaboliti hisoblanadi va uning siydikdagi konsentrasiyasi adrenalin va noradrenalin konsentrasiyasidan bir necha o‘n martalar oshadi. O‘smaning o‘lchamlari katta bo‘lganligidan ularni UTT va KTda osonlikcha topish mumkin.

Feoxromositoma faqat xirurgik usul bilan davolanadi. Bemorlarga adrenalektomiya operasiyasi bajariladi – o‘sma (feoxromositoma) buyrak usti bezi bilan birga olib tashlanadi.

Buyrak usti bezlarining boshqa kasalliklari orasida endogen giperkortisizm simptomokompleksini ko‘rsatib o‘tish lozim. Uning patogenezi bo‘yicha har xil, biroq kasallikning klinik belgilari bo‘yicha o‘xshash bo‘ladi. O‘xshash klinik manzarasi glyukokortikoid gormonlar, avvalo kortizolning ortiqcha miqdorda ishlanishiga bog‘liq. Isenko-Kushing sindromi va Isenko-Kusheng kasalligi (o‘smasiz turi) farq qilinadi. Isengo-Kushing sindromi buyrak usti bezi qobig‘i tutamli (dasta) sohasidan rivojlanadigan o‘smadan vujudga keladi (xavfsiz o‘sma -kortikosteroma, xavfli o‘sma - kortikoblastoma). O‘sma to‘qimasi kortizol gormononini ortiqcha ishlab chiqaradi. Aksariyat, 20-40 yoshdagi ayollar (deyarli 80%) kasallandilar. Isenko-Kushing sindromi va kasalligining klinik manzarasi etarli darajada tipik bo‘ladi. Semizlik va arterial gipertenziya kasalligining doimiy simptomlaridan hisoblanadi. Tez charchab qolish va mushak bo‘shashishi, mehnat qobiliyatining pasayishi, jinsiy faoliyatning pasayishi erta paydo bo‘ladi. Kechroq bu belgilar qatoriga osteoporoz qo‘shiladi. Semizlik somatotropinning yog‘ safarbarlik ta'sirini tormozlovchi kortizol va AKTG ning ortiqcha ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq. Isenko-Kushing sindromida arterial gipertenziya krizsiz, barqaror kechadi, sistolik va diastolik bosimning muttanosib oshishi qayd etiladi, gipotenziv vositalarga ta'sirsiz bo‘ladi. Bemorlarining tashqi ko‘rinishi o‘ziga xos - yuzi oysimon, yuz va ko‘krak qafasining yuqori qismi rangi qip-qizil – ko‘kimtir, qorin, bel, ko‘krak bezlari, sonlar terisida qip-qizil ko‘kimtir yo‘l-yo‘l chiziqlar «qizil striyalar» bo‘ladi. Terisi quruq bo‘lib qoladi, oyoq–qo‘llari terisi ko‘kimtir – marmarsimon tus oladi.

Diagnozi. Qonda va siydikda 17-kortikosteroidlar (17-KS) konsentra-siyasi darajasinin o‘rganish, plazmada kortizol miqdorini aniqlash ahamiyatga ega. Kortikosteromada bu ko‘rsatgich, ayniqsa o‘sma xavfli tabiat-ga ega bo‘laganda, bir muncha oshadi. Tekshiruv usullar orasida UTT va KT keng ishlatiladi.

Davolash: Isenko - Kushing sindromi faqat xirurgik usul bilan davolanadi. Bemorlarga adrenalektomiya operasiyasi bajariladi – o‘sma buyrak usti bezi bilan qo‘shib olib tashlanandi.

Androsteroma. Buyrak usti bezi qobig‘ining to‘rsimon sohasida rivojlanadi. Klinik manzarasi androgenlarning ortiqcha ishlanishi bilan bog‘liq. Kasallik navqiron va etilgan yoshda paydo bo‘ladi. Ko‘proq ayollar kasallanadilar. Bolalik yoshida qizlarda gipertrixoz paydo bo‘ladi, bo‘y o‘sishi tezlashadi, mushaklari haddan tashqari rivojlanadi, tovushi past, dag‘al bo‘lib qoladi. O‘g‘il bolalarda barvaqt voyaga etish kuzatiladi, bo‘yi baland emas, oyoqlari kalta. Ayollarda erkakga xos jinsiy belgilar paydo bo‘lib maskulinizasiya belgilari yuzaga keladi – teri ostidagi yog‘ qatlami kamayadi, mushaklari tez rivojlanadi, ko‘krak bezlari atrofiyaga uchraydi, hayz ko‘rish faoliyati buziladi; ko‘pincha girsutizm paydo bo‘ladi. Bemorning gormonal faoliyati tekshirilganda siydikda 17-KS miqdorining juda ko‘pligi namoyon bo‘ladi. O‘smaning joylashuvini aniqlash uchun UTT va KT qo‘llaniladi.

Davolashda xirurgik usul ishlatiladi – bemorlarga adrenalektomiya operasiyasi bajariladi.


4.2. Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar

«QORA QUTICHA» USULINI QO‘LLASH

Ushbu usul mashg‘ulot davomida hamkorlikda ishlash va har bir talabaning faol qatnashishini ko‘zda tutadi, o‘qituvchi butun guruh bilan ishlaydi.

Xar bir talaba qora qutichadan savol yozilgan kartochkani oladi.

Talabaga javob berish uchun 3 daqiqa beriladi. So‘ngra javoblar muhokama qilinadi. Usulning ohirida o‘qituvchi berilgan javoblarni muhokama qiladi va talabalarning faolligini aniqlaydi.

Ushbu usul talaba nutqi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va talabada mustaqil fikrlash, muloxaza yuritishni shakllantiradi.


4.3. Tahliliy qism

Vaziyatli masala:

Ayol 32 yoshda, doimiy qon bosimi oshishi, 160/90 mm.sim.ust.gacha vaqti-vaqti bilan sababsiz bosim krizi kuzatiladi. Qon bosimi 220/120 mm.sim.ust. oshishi bilan oqarish, akrosianoz, qo‘rquv, titrash, yurakni tez urishi, bosh og‘rishi kuzatiladi. Xuruj 1-2 soat davom etadi.

I. Qaysi kasallik to‘g‘risida o‘ylash mumkin:

A. Isengo-Kushenga sindromi

B. Konn sindromi

V. Tireotoksikoz

G. xafakon kasalligi

D. feoxromositoma*

II. Jarrohlik davolash usulini ko‘rsating:

A. adrenalektomiya*

B. buyrak usti bezi markaziy venasini destruksiyasi

V. nefrektomiya

G. buyrak arteriyasiniprotezlash

D. to‘g‘ri javob yo‘q


5. Amaliy qism

Amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha topshiriqlarni bajarish (differensial tashxis o‘tkazish va so‘ngi tashxisni asoslash, arterial qon bosimini o‘lchash).


1. DIFFERENSIAL TASHXIS O‘TKAZISH VA SO‘NGI TASHXISNI ASOSLASH

Maqsad: differensial tashxis o‘tkazish va so‘ngi tashxisni asoslashni o‘rgatish.

Bajariladigan boskichlar:



Chora-tabdirlar

Bajarmadi

(0 ball)


To‘liq to‘g‘ri bajardi

1.

Klinik simptomlari ushbu kasallik bilan o‘xshash bo‘lgan kasalliklarni keltirib o‘tish.

0

25

2.

Asosiy klinik sindromlarning differensial tashxisini o‘tkazish.

0

35

3.

Shikoyatlar, anamnez, ob'ektiv va laborator tekshiruvlarga asoslanib va differensial tashxis o‘tkazib so‘ngi tashxisni qo‘yish

0

40




Jami

0

100

2. ARTERIAL QON BOSIMINI O‘LCHASH



Maqsad: Arterial qon bosimi ko‘rsatkichini aniklash.

Bajariladigan boskichlar:



Chora-tabdirlar

Bajarmadi

(0 ball)


To‘liq to‘g‘ri bajardi

1.

Bemor holati o‘tirgan holatda yoki gorizontal.

0

10

2.

O‘ng qo‘lda AQBni o‘lchash.

0

10

3.

Chap qo‘lda AQBni o‘lchash.

0

20

4.

O‘ng oyoqda AQBni o‘lchash.

0

20

5.

Chap oyoqda AQBni o‘lchash.

0

20

6.

Buyrak arteriyasi ustida sistolik shovqinni eshitish.

0

20




Jami

0

100


6. Bilimlari, ko‘nikma va malakani tekshirish usullari

1. Og‘zaki;

2. Yozma;

3. Vaziyatli masalalarni echish;

4. Egallangan amaliy ko‘nikmalarni namoyish etish.
7. Joriy nazoratni baholash mezoni



O‘zlashtirish % da

Baho

Talabaning bilish darajasi

1.

96-100%

A'lo

“5”


Savollarga to‘liq to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to‘liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda to‘g‘ri javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan, ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi.

Barcha test savollarini va vaziyatli masalalarni to‘g‘ri echa oladi.

Savollarni mohiyatini tushunadi, to‘g‘ri javob beradi, ishonch bilan aytib beradi, aniq tasavvurga ega.



2.

91-95%

A'lo

“5”


Savollarga to‘liq to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to‘liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi.

Vaziyatli masalalarni 1 xatolik bilan to‘g‘ri echa oladi.

Test savollarini 1 xatolik bilan to‘g‘ri echa oladi.

Savollarni mohiyatini tushunadi, to‘liq javob beradi, ishonch bilan aytib beradi


3.

86- 90%

A'lo

“5”


Savollarni mohiyatini tushunadi, 1 savolga noaniqlik bilan javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to‘liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi.

Vaziyatli masalalarni 1-2 xatolik bilan to‘g‘ri echa oladi.

Test savollarini 1-2 xatolik bilan to‘g‘ri echa oladi.



4.

81-85%

Yaxshi

“4”


Savollarni mohiyatini tushunadi, 2-3 savolga noaniqlik bilan javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to‘liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi.

Vaziyatli masalalarni 2-3 xatolik bilan to‘g‘ri echa oladi.

Test savollarini 2-3 xatolik bilan to‘g‘ri echa oladi.



5.

76-80%

Yaxshi

“4”


Vaziyatli masalalar, test va savollarga 3-4 xatoliklar bilan javob beridi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to‘liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi.



6.

71-75%

Yaxshi

“4”


Savollarga to‘liq emas, ammo to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to‘g‘ri javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi.

Test va savollarga 3-4 xatoliklar bilan javob beridi.


7.

66-70%

Qoniqarli

“3”


Savollarni 60%ga to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa qabul qiladi, ammo qaror qabul qila olmaydi, har doim ham mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni yarmiga to‘g‘ri, to‘liq asosli javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda qatnashadi va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi.

Vaziyatli masalalar, test va savollarni yarmiga to‘g‘ri javob beradi.


8.

61-65%

Qoniqarli

“3”


Savollarni 50%ga to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, har doim ham mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni yarmiga to‘g‘ri, har doim ham to‘liq asosli bo‘lmagan javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda qatnashadi, har doim ham asosli xulosa qabul qila olmaydi, amalda qo‘llay olmaydi.

Vaziyatli masalalar, test va savollarni yarmiga to‘g‘ri javob beradi.


9.

55-60%

Qoniqarli

“3”


Savollarga to‘liq emas, 50%ga to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni yarmiga to‘g‘ri, to‘liq asosli bo‘lmagan javob beradi.

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda qatnashadi, har doim ham asosli xulosa qabul qila olmaydi, amalda qo‘llay olmaydi.

Vaziyatli masalalar, test va savollarni yarmiga to‘g‘ri javob beradi.


10.

50-54%

Qoniqarsiz

“2”


Berilgan savollarni 1/3 qismiga to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni noto‘g‘ri, asossiz yondogan holda echadi.

Interaktiv o‘yinlarda qatnashmaydi, asosli xulosalar qabul qila olmaydi, amalda qo‘llay olmaydi.



11.

46-49%

Qoniqarsiz

“2”


Berilgan savollarni 1/4 qismiga to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni noto‘g‘ri, asossiz yondogan holda echadi.

Interaktiv o‘yinlarda qatnashmaydi, asosli xulosalar qabul qila olmaydi, amalda qo‘llay olmaydi.



12.

41-45%

Qoniqarsiz

“2”


Berilgan savollarni 1/5 qismiga to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni noto‘g‘ri, asossiz yondogan holda echadi.

Interaktiv o‘yinlarda qatnashmaydi, asosli xulosalar qabul qila olmaydi, amalda qo‘llay olmaydi.



13.

36-40%

Qoniqarsiz

“2”


Berilgan savollarni 1/10 qismiga to‘g‘ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni noto‘g‘ri, asossiz yondogan holda echadi.

Interaktiv o‘yinlarda qatnashmaydi, asosli xulosalar qabul qila olmaydi.



14.

31-35%

Qoniqarsiz

“2”


Savollarga javob bera olmaydi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Barcha vaziyatli masalalar va testlarni noto‘g‘ri echadi.

Talaba darsda qatnashmoqda, kiyimlari joyida, daftar va fonendoskopi o‘zi bilan birga.




8. Mashg‘ulotning texnologik xaritasi



Mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakli

Davomiy-ligi (min.)

1.

O‘qituvchining kirish so‘zi

(mavzuni asoslash).






15

2.

Amaliy mashg‘ulot mavzusini muhokama qilish, yangi pedagogik texnologiyalarni (kichik guruhlar, vaziyatli masalalar, ishbilarmon o‘yinlar va h.k.), shuningdek, ko‘rgazmali materiallarni (slaydlar, videofilmlar, mulyajlar va h.k.) qo‘llagan holda talabalarning dastlabki bilim darajasini tekshirish.

so‘rov, tushuntirish

60

3.

Muhokamaga yakun yasash.




15

4.

Talabalarga mashg‘ulotning amaliy qismini bajarish uchun topshiriq berish. Topshiriqlarni bajarish tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar va tushuntirish berish. Mustaqil kurasiya.




30

5.

Talabalarni mashg‘ulotning amaliy qismini o‘qituvchi yordamida egallashi (tematik bemor kurasiyasi)

kasallik tarixi, ishbilarmon o‘yinlar, klinik vaziyatli masala

30

6.

Tematik bemorni laboratoriya, instrumental tekshiruvlaridan olingan natijalarni tahlili, differensial diagnostika, davolash va sog‘lomlashtirish rejasini tuzish, reseptlar yozish va h.k.

klinik-laborator anjomlar bilan ishlash

30

7.

Talabalarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini va amaliy ish natijalarini muhokama qilish, mustahkamlash va mashg‘ulot maqsadiga erishilganlik darajasini hisobga olgan holda guruh faoliyatini baholash.

og‘zaki so‘rov, yozma so‘rov, test, munozara-bahs, amaliy ish natijalarini tekshirish

75

8.

Ushbu mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining xulosasi, har bir talaba faoliyatini 100-ballik tizim bo‘yicha baholash va e'lon qilish. Keyingi darsga tayyorlanish uchun talabalarga vazifa berish (savollar to‘plami).

Axborot, mustaqil tayyorlanish uchun savollar

15


9. Tekshiruv savollari


  1. Simptomatik arterial gipertenziya haqida tushuncha, etiopatogenezi, klassifikasiyasi, klinikasi, tashxisi va davolash yo‘llari.

  2. Simptomatik arterial gipertenziyani zamonaviy davolash usullari.

  3. Simptomatik arterial gipertenziyada tashxis qo‘yishga va jarroxlik amaliyotiga tayyorlashga o‘rgatish.

  4. Simptomatik arterial gipertenziyada jarroxlik amaliyotiga ko‘rsatmalari.

  5. Siptomatik arterial gipertenziyada endovaskulyar amaliyotlar axamiyati.


10. Tavsiya etilgan adabiyotlar

I. Asosiy:

1. Хирургик касаликлар. Ш.И.Каримов. Тошкент, 2005.

2. Хирургические болезни. Ш.И.Каримов. Ташкент, 2005.

3. Hirurgik kasalliklar. Sh.I.Karimov. Toshkent, 2011.

4. Хирургик касаликлар. Ш.И.Каримов, Н.Х.Шамирзаев. Тошкент, 1995.

5. Хирургические болезни. Под ред. М.И.Кузина. Медицина, 2002.

6. Методическое пособие по госпитальной хирургии. Назыров Ф.Г. с соавт. Ташкент, 2004.

7. Клиническая хирургия. Под ред. Ю.М.Панцырева. Москва, «Медицина», 1988.

8. Справочник практического врача (в 3х томах). А.Воробьев. 1990.

9. Клиническая хирургия. Р.Конден, Л.Нейхус. Москва, «Практика», 1998.

10. Справочник-путеводитель практикующего врача. Ф.Г.Назиров, И.И.Денисов, Э.Г.Улугбеков. Москва, 2000.

11. Руководство по хирургии. Под ред. Б.В.Петровского. (в 12 томах). Москва, «Медицина», 1959-1966.


II. Qoshimcha:

12. Практическое руководство по хирургическим болезням. В.Г.Астапенко. Минск, 2004.

13. 50 лекции по хирургии. В.С.Савельев. Москва, 2004.

14. Основы оперативной хирургии. Под ред. С.А.Симбирцева. 2002.

15. Диагностический справочник хирурга. В.Н.Астафуров. 2003.

16. Хирургическая операция. Расстройство гомеостаза, предоперационная подготовка. И.Я.Макшанов. 2002.



17. Mavzu buyicha Internet adreslar: www.rmj.net; www.consilium-medicum.com; www.mediasphera.ru; www.medmore.ru; www.medilexicom.com; www.encicloperdia.com.
Yüklə 67,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin