Toshkent Tibbiyot akademiyasi Termiz feliali Davolash fakulteti 406-guruh talabasi Hamrayev Zafarjonning Akusherlik va genikologiya fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi
Toshkent Tibbiyot akademiyasi Termiz feliali Davolash fakulteti 406-guruh talabasi Hamrayev Zafarjonning Akusherlik va genikologiya fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi
Mavzu: Tug’ruq. Organizmning tug’ruqqa tayyorgarligini baholash. Tug’ruq davrlari. Tug’ruq davrlari xarakteristikasi. Birinchi va qayta tug’uvchilarda bachadon bo’yni ochilish mexanizmi
Tugʻruq-homiladorlikni yakunlaydigan murakkab fiziologik jarayon. Tug’ruqda homila va yoʻldosh tugʻruq yoʻllaridan oʻtib, ajralib chiqadi. Tug’ruq normal kechganida homila 10 akusher (9 kalendar) oyida tugʻiladi; bu davrda homila yetuk, bachadondan tashqarida yashash qobiliyatiga ega boʻladi.
Tug’ruq birinchi marta tugʻayotgan ayollarda 15—24 soat, takror tugʻayotgan ayollarda 10—12 soat davom etishi mumkin. Tug’ruqning qancha davom etishi ayolning yoshiga (yoshi kattaroq ayollar birinchi marta tugʻayotganida tugʻruq uzoq davom etadi), homilaning kattakichikligiga, chanoq oʻlchamiga, bachadon muskullarining qisqarishiga bogʻliq.
Homiladorlik davrida bachadonning mushak apparatiga talab turlicha bo’lgani sabab, bachadon mushak hujayralarida (miositlarda) aktomiozin — qisqartiruvchi oqsil juda kam bo’ladi. Tug’ruqdan taxminan bir kun oldin, gormonlarning ta’siri ostida miositlarda aktomiozin jadal sintezlana boshlanadi, bunda miofilamentlarning fazoviy orientatsiyasi shunday bo’ladiki, miositlarning qisqarishida ularning kuch momenti to’g’ri keladi va qo’shiladi. Aktomiozin sintezi va uning tug’ilishda fazoiy orientatsiyasi buzilganida, tug’ruq kuchlarning zaifligi va diskoordinatsiyalari paydo bo’ladi.
Tugʼruqni muddatiga ko’ra quyidagi turlari tafovut qilinadi:
Muddatidan oldingi tugʼruq– 22-36 xafta
Muddatdagi tugʼruq - 37-42 xafta;
Muddatidan oʼtgan tugʼruq – 42 xaftadan oʼtib sodir boʼlsa.
Tugʼruq jarayoni boshlanishini tushuntirib beruvchi nazariyalar: