Toshkent Tibbiyot akademiyasi Termiz feliali Davolash fakulteti 406-guruh talabasi Hamrayev Zafarjonning Akusherlik va genikologiya fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi



Yüklə 5,89 Mb.
səhifə2/4
tarix11.10.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#153523
1   2   3   4
Hamrayev Zafarjon

Homiladorlikning 20-haftasidan boshlab, ayrim ayollarda Brekston-Xiks to’lg’oqlari deb ham ataladigan yolg’onchi to’lg’oqlar kuzatilishi mumkin, tug’ruqqa 2-3 hafta qolganida esa elchi to’lg’oqlar sodir bo’lishi mumkin. Chin to’lg’oqlardan farqli o’laroq, bularning hech biri bachadon bo’ynining ochilishiga olib kelmaydi. Qorinning pastki qismida yoki belda tortuvchi hisslar seziladi, bachadon huddiki «tosh qotadi» — agar qo’l qoringa qo’yшдsa, buni aniq sezish mumkin. Xuddi shu belgi, aslida, chin to’lg’oqlarda ham yuz beradi, shuning uchun «Brekston-Xiks» va elchi to’lg’oqlar ko’pincha homilador ayollarni chalg’itadi.

Bachadon bo’yni yetilganligini Bishop shkalasi bo’yicha baxolash

Tug’ruq uch davrni oʻz ichiga oladi. Birinchi davr uzoqroq (birinchi marta tugʻayotgan ayollarda 13—18 soat, takror tugʻayotganlarda 6—9 soat) davom etadi. Bu davrda bachadon boʻyni astasekin tekislanib, tug’ruq kanali kengayadi. Bachadon boʻynining tashqi teshigi toʻla ochilgach qogʻonoq (homila pufagi) yoriladi. Baʼzi hollarda homila pufagi yorilmay qolsa, bola "pardali" tugiladi, bu homila uchun juda xavfli, chunki u dimiqib nobud boʻlishi mumkin. Bachadon boʻynining toʻla ochilishi va qogʻonoq suvining ketishi bachadon muskullarining qisqarishiga va homilaning tugʻilishiga imkon beradi (ikkinchi davr). Bu davrda bachadon muskullarining ritmik qisqarishi yanada kuchliroq va uzoqroq davom etib, unga krrin devori muskullari hamda diafragmaning kiskarishi qoʻshiladi, yaʼni kuchaniq roʻy beradi. Ayol har kuchanganida homila tugʻruq kanali boʻylab surila boshlaydi, bunda homila maʼlum harakatlar qilib suriladi, bu esa uning osongina tugʻilishini taʼminlaydi. Homila boshi chanoqning katta oʻlchamiga moslashib siljiydi, bu davrda homila boshi bukiladi va engagi koʻkragiga tegadi, yuzi oʻng yoki chapga qaraydi.

Tugʼruq davrlari:

  • I davri – bachadon bo’yning ochilish davri.
  • II davri – homilaning tug’ilish davri.
  • III davri – yo’ldosh ajralishi va tug’ilish davri.

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin