O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BIRINCHI PREZIDENTI
ISLOM ABDUG’ANIYEVICH KARIMOV
Davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti.1938 yilda Samarqandda tug’ilgan.O‘rta Osiyo politexnika instituti va Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tugatgan.1960-yildan “Tashselmash” zavodida avval master yordamchisi, so‘ng master, texnolog, 1961 -yildan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor, 1966-yildan O‘zbekiston Davlat plan komitetida fan va yangi texnikani joriy etish bo‘limining bosh mutaxassisligidan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.1983-yildan O‘zbekiston moliya vaziri, 1986 yildan O‘zbekiston Ministrlar Soveti raisining o‘rinbosari - respublika Davlat plan komitetining raisi.1986 yil dekabridan O‘zbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi.1989 yil iyunidan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi.1990 yil 24 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti etib saylandi.Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov 1991 yil 29 dekabrda birinchi bor muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti etib saylandi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasiga muvofiq, u ayni vaqtda davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’idir, Birinchi Prezident I.A.Karimov 1991 yil 31 avgustda Toshkentda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi.Birinchi Prezidentimiz I.A Karimov O‘zbekistonda davlat tuzumini mustahkamlashda, respublikaning ichki va tashqi siyosatida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatdi.
1995 yil 26 martda umumxalq ovozi (referendum) bilan Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning Prezidentlik vakolati 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirildi.2000 yil 9 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi.Muqobillik va demokratik tamoyillar asosida o‘tkazilgan ushbu saylovda saylovchilarning 91,90 foizi Islom Karimov nomzodini qo'llab-quvvatladi va Markaziy saylov komissiyasining qaroriga muvofiq Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning eng muhim asarlari ingliz, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab kabi o‘nlab turli xorijiy tillarga tarjima qilinib, chet ellarda bir necha bor nashr qilingan.Respublikamizda esa Birinchi Prezident I.A.Karimov asarlarining 23 jildlik to‘plami quyidagi nomlarda nashr qilingan:
1-jild Karimov I.A.“O‘zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura”, Toshkent, “O‘zbekiston”, 1996-yil;
2-jild.Karimov I.A.“Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”, Toshkent, “O‘zbekiston”, 1996-yil;
3-jild.Karimov I.A.“Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”, Toshkent, “O‘zbekiston”, 1996-yil;
4-jild.Karimov I.A.“Bunyodkorlik yo'lidan”, Toshkent, “O‘zbekiston”, 1996-yil;
5-jild.Karimov I.A.“Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi”, Toshkent, “O‘zbekiston”, 1997-yil;
6-jild.Karimov I.A.“Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida”, Toshkent, “O‘zbekiston”, 1998-yil;
7-jild.Karimov I.A.“Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz”, Toshkent, “O‘zbekiston”, 1999-yil;
8-jild.Karimov I.A.“Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz”. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2000-yil;
9-jild.Karimov I.A.“Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz”.Toshkent, “O‘zbekiston”, 2001-yil;
10-jild.Karimov I.A.“Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak”.Toshkent, “O‘zbekiston”, 2002-yil;
11-jild.Karimov I.A.“Biz tanlagan yo‘l - demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li”.Toshkent, “O‘zbekiston”, 2003-yil;
12-jild.Karimov I.A.“Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog’liq”.Toshkent, “O‘zbekiston”, 2004-yil;
13-jild.Karimov I.A.“O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi”. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2005-yil;
14-jild.Karimov I.A.“Inson, uning huquq va erkinliklari - oliy qadriyat”.Toshkent, “O‘zbekiston”, 2006-yil;
15-jild.Karimov I.A.“Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish - barcha ishiarimizning mezoni va maqsadidir”.Toshkent, “O‘zbekiston”, 2007-yil;
16-jild.Karimov I.A.Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo‘lida.16 - jild. - T . : “O‘zbekiston”. 2008 yil;
17-jild.Karimov I.A.Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlanish – bizning oliy maqsadimiz.17 - jild. - T . : “O‘zbekiston”. 2009 yil;
18-jild.Karimov I.A.Jahon iqtisodiy inqirozining oqibatlarini yengish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va taraqqiy topgan davlatlar darajasiga ko’tarilish sari.18 - jild. - T . : “O‘zbekiston”. 2010 yil;
19-jild.Karimov I.A.Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir.19 - jild.- T . : “O‘zbekiston”. 2011 yil;
20-jild.Karimov I.A.Bizning yo‘limiz - demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo‘lidir.20 - jild. - T . : “O‘zbekiston”.2012 yil;
21-jild.Karimov I.A.Mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qa’tiyat bilan davom ettirish yo‘lida. 21 - jild. - T . : “O‘zbekiston”. 2013 yil;
22-jild.Karimov I.A. O‘zbekiston erishgan yutuq va marralar - Biz tanlagan islohotlar yo‘lining tasdig’idir.22 - jild. - T . : “O‘zbekiston”. 2014 yil;
23-jild.Karimov I.A.Erishgan marralar bilan chegaralanmasdan, boshlagan islohotlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish bugungi kundagi eng dolzarb vazifamizdir.23 - jild.- T. : “O‘zbekiston”.2015 yil;
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q.-T.: “Sharq” 1998 yil.
Karimov I.A.“Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch”.T.. “Ma`naviyat” 2008 yil.
Karimov I.A “O‘zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida”. - T . : “O‘zbekiston”. 2011 yil.
Karimov I.A.“O‘zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak”.-T.:“O‘zbekiston”.2013 yil.
Karimov I.A.“O‘rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati”. Samarqandagi Xalqaro konferentsiyaning ochilish marosimidagi nutqini oliy ta’lim muassasalarida o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. - T . : “O‘zbekiston”. 2014 yil.
Karimov I.A.“Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish — eng oliy saodatdir” . - T . : “O‘zbekiston”. 2015 yil.
Karimov I.A.“Ozodlik havosidan to‘yib nafas olgan xalq o‘z yo‘lidan hech qachon qaytmaydi” . - T . : “O‘zbekiston”. 2016 yil.
Karimov I.A.“Hayot sinovlarida toblangan Qashqadaryo eli har qanday yuksak marrani egallashga qodir” . - T . : “O‘zbekiston”. 2016 yil.
Mustaqil O‘zbekiston Birinchi Prezident I.A.Karimov O‘zbekiston Qahramoni unvoni (1994-y.), “Mustaqillik” (1996-y.)., “Amur Temur” (1998-y.) ordenlari sohibi. Birinchi Prezident I.A.Karimov xalqaro munosabatlarni rivojlantirishdagi salmoqli hissasi uchun bir qator xorijiy davlatlarning va nufuzli xalqaro tashkilotlarning orden va medallari bilan mukofotlangan.U O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi (1994-y.), nufuzli xalqaro akademiyalarning faxriy a’zosi.
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 5 bo‘limining XIX bobida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maqomi belgilab berildi.Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzodlar soni cheklanmaydi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida saylovchilarning kamida 50 foizi qatnashgan taqdirda saylov haqiqiy deb hisoblanadi.Umuman O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ovoz berishda qatnashgan saylovchilar ovozlarining yarmidan ko‘pini olgan nomzod saylangan hisoblanadi.Prezidentni saylash tartibi O‘zbekiston Respuhlikasining 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida” gi Qonuni bilan belgilanadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat qurilishi sohasidagi tajribasidan unumli foydalanish maqsadida vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident umrbod Oliy Majlis yuqori Palatasi— Senati a’zosi lavozimini egallashi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti o‘z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to‘lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi mumkin emas.Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimni ijro etishga kirishish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qasamyod qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiya tomonidan davlat, xo‘jalik, ijtimoiy-madaniy qurilish, xalqaro munosabatlar sohasida unga berilgan vakolatlarini amalga oshirish maqsadida Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti betobligi sababli o‘z vazifasini bajara olmasligi Oliy Majlis tuzgan davlat tibbiy komissiyasi xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda o‘n kun muddat ichida Oliy Majlisning favqulodda yig‘ilishida deputatlar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi saylanadi.Bu holda uch oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumxalq saylovi o‘tkazilishi shart.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning natijasini, davlatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini, jahon taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini mamlakat fuqarolari ham xorijdagi siyosatdonlar va davlat arboblari ham tan olmoqdalar.
Tarixan g’oyat qisqa muddatda qo‘lga kiritilgan yutuqlar mazmun- mohiyati va butun ko‘lami bilan bir necha o‘n yilliklarga teng.Zotan, qisqa fursatda jamiyatni tubdan o‘zgartirish, huquqiy demokratik davlatni vujudga keltirish turmushimizga demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish borasida katta ishlar amalga oshirildi.Shuni alohida ta’kidlash kerakki, jamiyatni takomillashtirish, aholi dunyoqarashi va tushunchalarini yangi g’oyalar bilan boyitish uzoq muddatli jarayon.Yoki boshqacha qilib aytganda O‘zbekistonning yangi asrdagi dasturiy faoliyatidir o‘tish davridek hozirgi murakkab, ziddiyatli, keng miqyosli islohotlar avj olgan bir paytda esa Davlat boshqaruvidagi izchillikning saqlab turilishi, boshlangan og‘ir va xayrli ishlarni bir me’yorda olib borish va oxiriga yetkazish jamiyat hayotida ham, fuqarolar hayotida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda Oliy Majlisning mamlakatda Prezident vakolatini 2000 yilgacha cho‘zish yuzasidan umumxalq refenendumini o‘tkazish to‘g‘risida qabul qilingan qarori shu qaror asosida o‘tkazilgan referendum kata siyosiy-ijtimoiy ahamiyat kasb etdi.Qolaversa, mazkur qaror va uning sharhlarida boshqa yana bir qator o‘ta muhim, har bir fuqaro hayotiga daxldor masalalar aniq ko‘rsatib berilgan.
Rivojlangan mamlakatlarda (deylik, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya, Fransiya, Koreya va boshqalar) Prezident almashinuvi yoki saylovlari va boshqa siyosiy hodisalar oddiy fiiqarolar yoki umuman jamiyat hayotida keskin burilishlarga sabab bo‘lmaydi.Chunki, ular uchun aniq qonunlar asosida o‘zlarini o‘zlari boshqarish hayot tarziga aylanib qolgan.Demak, amaldagi qonunlar bo‘yicha faoliyatlarini davom ettiraveradilar.Prezident esa jamiyat taraqqiyotining umumiy yo‘nalishlarini, davlat siyosatining asosiy tamoyillarini yangi tarixiy sharoitlarda, yangicha ehtiyojlar nuqtai nazaridan boyitib boradi, xolos.
O‘tish davrida esa vaziyat boshqacha - ancha murakkab.Har qanday davlat siyosatida, endigina shakllanayotgan boshqaruv tizimi va qonunchilikda izchillikning saqlab turilishi tabiiy va samarali hodisa sifatida baholanadi.Qolaversa, ta’bir joiz bo‘lsa, xalq iborasi bilan aytganda, “kechuvda otlar almashtirilmaydi”.Chunonchi, qo‘shni mamlakatlarda yuz berayotgan noxush voqealar bunga yaqqol misol bo‘la oladi.Masalan, shundoq ham ijtimoiy-siyosiy vaziyat chigal bo‘lgan Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston, Tojikistonda davlat rahbarlari to‘rt marta, Ukraina, Belorus, Moldova, Boltiq bo‘yi mamlakatlarida 3-4 martadan almashdi.Har qanday mamlakatda siyosiy barqarorlik mavjud bo‘lgan sharoitdagina ishlab chiqarishdagi muvozanat, iqtisodiy va ijtimoiy, umuman har tomonlama barqarorlik to‘la saqlanishi mumkin.
Majlisda qayd etilganidek, 2000 yilning 9 yanvari mustaqil O‘zbekistonimiz tarixida asrlar tutashgan paytda sodir bo‘lgan, davlatimizning XXI asrdagi taqdiriga va taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan muhim siyosiy voqea sifatida muhrlanib qoladi.O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati hozirgi davlat boshlig‘ining rahbarligi ostida va tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlagan holda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nomzodi uchun ovoz berdi.Bo‘lib o'tgan saylovning ahamiyati uning muqobillik va demokratik tamoyillar asosida o‘tganligidadir.Saylovchilarga tanlash imkoniyati berildi va ular o‘z xohish-irodasiga binoan, o‘zi tanlagan nomzod uchun ovoz berdi.Shak-shubhasiz, bu hol jamiyatimizda fikrlar xilma-xilligi va qarashlarning turlicha bo‘lishi uchun kata turtki beradi, davlatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotining yanada erkinlashtirilishiga zamin hozirlaydi.2000 yil 11 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.Majlis kun tartibi bitta masalaga — 2000 yil 9 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalariga bag’ishlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan kelib tushgan bayonnomalar asosida shuni aniqladiki, 9 yanvarda bo‘lib o‘tgan saylovda ro‘yxatga olingan 12 million 746 ming 903 saylovchidan, 12 million 123 ming l99 saylovchi ishtirok etdi.Bu esa ro‘yxatga olingan saylovchilarning umumiy miqdorining 95.10 foizini tashkil etadi.Fidokorlar milliy demokratik partiyasining nomzodi ko‘rsatilgan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov uchun 11 million 147 ming 621 saylovchi yoki saylovchilarning 91,90 foizi ovoz berdi.O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Ahdulhafiz Jalolov uchun 505 ming 161 saylovchi yoki 4.17 foiz saylovchi ovoz berdi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida” gi Qonunining 35-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qildi.
2007 yil 23 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi.
Saylov muqobillik asosida mamlakatimiz Konstitutsiyasi va saylov qonunchiligida belgilangan demokratik tamoyillarga to‘la muvofiq tarzda o‘tdi.Unda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-dekmokratik partiyasi, shuningdek, saylovchilar tashabbuskor guruhidan nomzodlar ishtirok etdi.
14 ta saylov okrugi, 8266 ta saylov uchastkasi aloqa vositalari, kompyuter va orgtexnika, saylov qonunchiligi me’yorlariga oid adabiyotlar bilan ta’minlandi.Mamlakatimizning barcha hududlarida okrug va uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun o‘quv seminarlan tashkil etildi.Saylovchilar, avvalo, birinchi marta ovoz berayotgan saylovchilarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida saylov komissiyalari tomonidan ko‘plab uchrashuvlar, seminarlar, jumladan, televideniye va bosma ommaviy axborot vositalaridan keng foydalangan holda o‘tkazildi.
Shuningdek, saylov jarayonining qariyb 23 ming 300 nafar kuzatuvchi ishtirokida kuzatib borilishi ham saylovning ochiq va oshkora o‘tishini ta’minladi.Beshta xalqaro tashkilot — MDH, EXHT, SHHT, YevrAzES, IKT, 30 dan ortiq xorijiy mamlakatlardan kelgan kuzatuvchilar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruh vakillari saylovni kuzatib bordi.Bundan tashqari, saylov jarayonini yoritishda 300 nafarga yaqin mamlakatimiz va xorijiy jurnalistlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlariga ko‘ra, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 13 million 8 ming 357 yoki saylovda qatnashgan saylovchilar umumiy sonining 92,1 foizi ovozini oldi.Asliddin Rustamov 468 ming 64 ovoz — ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 3,17 foizi, Akmal Saidov 420 ming 815 ovoz - 2,85 foizi, Dilorom Toshmuhamedova 434 ming 111 ovoz — 2,94 foizi miqdorida ovozga ega bo‘ldi.Bunda byulletenlarning 2,94 foizi haqiqiy emas, deb topildi.
O‘zbekiston mustaqilligining tarixan qisqa davri mobaynida erishilgan yutuqlar bevosita Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov nomi bilan bog’liq.Buni quyidagilarda ko‘rish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |