Ergasheva Go’zalning
“Betxovenning “9-simfoniyasi” tahlili”
mavzusidagi kurs ishiga ichki
TAQRIZ
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi loyihasida ham musiqa san'atini rivojlantirishga qaratilgan masalalar ko’rsatib o’tilgan. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga joriy etish asosida o’qitish samaradorligini oshirish davr talabi sifatida barcha pedagog o’qituvchilar qatorida musiqa o' qituvchisining ham zimmasiga katta mas' uliyat yuklaydi. Ergasheva Go’zalning “Betxovenning “9-simfoniyasi” tahlili” mavzusidagi kurs ishida Betxovenning hayoti va ijodi, asarlarini chuqur o’rganib ochib berishga harakat qilgan.
Ushbu kurs ishining asosiy bo’limi hisoblangan Betxovenning “9-simfoniyasi” turli xil usullar bilan tahlil qilingan va foydali ma’lumotlar berilgan.
Bundan tashqari, o’quvchida jahon musiqasiga qiziqish uyg’otish, dunyoqarashini kengaytirish va shu bilan birgalikda tarixini chuqur o’rganish, musiqiy asarlarni to’g’ri tahlil qilishga oid ko’nikmalar berilgan.
Ushbu bitiruv ishi umumta’lim maktablari musiqa o’qituvchilari, talabalar uchun foydali bo’lishi mumkin.
Taqrizchi:
Dostları ilə paylaş: |