Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Musiqa ta’limi” yo‘nalishi “Musiqa nazariyasi” fanidan 18/1-guruh talabasi
Ergasheva Go’zalning
“Betxovenning “9-simfoniyasi” tahlili”
mavzusidagi kurs ishiga tashqi
Musiqa tarixini o‘rganish nafaqat jahon musiqa san’atining asosiy rivojlanish pallaiarini o‘zlashtirish, balki musiqiy-nazariy bilimlar asosini shakllantirishga xizmat qiladi, musiqiy hodisalami chuqur anglab, atroflicha tushunish va idrok etishga yordam beradi. Mazkur kurs ishi jahon musiqa san’atining yetuk durdonalari, yirik namoyandalari, cholg‘u va vokal musiqasining janr va shakllari, sara namunalari bilan o’quvchini tanishtirgan holda, ularning dunyoqarashini, did va madaniy darajasini o‘stirishga va kengaytirishga xizmat qiladi. Ergasheva Go’zalning “Betxovenning “9-simfoniyasi” tahlili” mavzusidagi kurs ishida Betxovenning biografiyasi bilan bir qatorda ijodiy faoliyatiga doir masalalar kesimida uzviy yoritilib, badiiy madaniyatning umumestetik qadriyatlari xususida to’liq tasavvurga ega bo’lishda yordam beradi. Bundan tashqari, ushbu kurs ishida musiqa san’ati rivojlanishining yirik davrlari, ilg‘or yutuqlari, turli davrda paydo bo‘lib rivoj topgan musiqiy uslub va janrlar, yirik maktablar va ularning yorqin ijodkor va namoyandalari (Betxoven misolida), musiqa san’atining tarixiy va nazariy masalalari tahlil etiladi.
Ish Ergasheva Go’zal tomonidan mustaqil holda bajarilgan bo'lib, kirish, asosiy qism, 2 bob, 6 paragrif, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
Men, taqrizchi sifatida Ergasheva Go’zal tomonidan yozib to'liq tugallangan va mustaqil bajaríilgan kurs ishini himoya qilishga tavsiya etaman.
Taqrizchi:
Dostları ilə paylaş: |