33
«O‘lchamlar» qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichi
Bu mashg‘ulotda o‘lcham qo‘yish buyruqlari o‘rganiladi. O‘lchamlar qo‘yish
uchun
chiqarish nuqtalari va o‘lcham chizig‘ining o‘rni ko‘rsatilsa, o‘lcham qiymatlari va strelkalarini
kompyuter avtomatik o‘zi chizmaga qo‘yadi. Chizmada biror chiziqni nuqta bilan uzish, ikki nuqta
oralig‘ida uzish va burchak faskalarini olish zaruriyati bo‘lib turadi.
Bunday amallarini
kompyuterda bajarishni mo‘ljallab, ushbu mashg‘ulotninig shakli va mazmunini quyidagicha ishlab
chiqdik.
«Размеры»-«O‘lchamlar» qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rish, «Razmerы»-«O‘lchamlar»
qo‘yish buyruqlari va ulardan foydalanish algoritmlari. «Razmerы»-«O‘lchamlar» buyrug‘idan
foydalanib geometrik figuralar, detallar va buyumlarning kerakli o‘lchamlari chizmada qo‘yiladi.
Buning uchun, avval kerakli ko‘rsatkichlarning o‘lchamlari
kompyuterga kiritiladi, ya’ni
o‘lcham
qo‘yishning tayyorgarlik ko‘rish bosqichi
bajariladi.
Bu bosqich quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. «Sichqon» yordamida tushuvchi menyular qatoridan «Format» buyrug‘i yuklanib, undagi
«Razmernыe stili...» qo‘shimcha buyrug‘iga kiriladi. Shunda, ekranda «Dispetcher razmernыx
stiley» darchasi paydo bo‘ladi, 3-rasm.
3-rasm
2. Bu darchadagi o‘ng tomonda joylashgan buyruqlar orasidan «Izmenit» (yuqoridan
uchinchi) tugmasi yuklanadi. Ekranda «Izmenenie razmernogo stilya: ISO-25» darchasi paydo
bo‘ladi, 52-rasm.
Avval, undagi «Linii» vkladka-qo‘yilmasi yuklanadi va darchaning pastki o‘ng tarafida
joylashgan «Udlinenie za razmernыe» va «Otstup ot ob’ekta» yacheykalariga tegishlicha, chiqarish
chizig‘ini o‘lcham chizig‘idan chiqib turish uzunligi va chiqarish chizig‘i
bilan kontur chiziq
oralig‘i tanlab kiritiladi, 4-rasm. Agar, bu qiymatlar tegishlicha 2-3 va 0 bo‘lsa, davlat standartiga
muvofiq bo‘ladi.
So‘ngra, vkladkada ikkinchi bo‘lib joylashgan «Символы и cтрелки » buyrug‘i yuklanadi,
(5-rasm).
Talabalarning e`tiborini jalb etish va bilim darajalarini
aniqlash uchun tezkor savollar
- O‘lcham qo‘yishda chiqarish va o‘lcham chiziqlari, o‘lcham qiymati AutoCAD dasturi qanday
bajaradi?
- o‘lcham balandligi va strelkalar uzunligini qanday o‘zgartiriladi?
34
4-rasm 5-rasm
Bu darchadan foydalanib,
strelkaning turlari, kattaligi, markaz o‘rnining belgisi o‘lchami,
yoy uzunligining ramziy belgisi va siniq radiusli o‘lchamning burchaklarini chizma o‘lchamlaridan
kelib chiqqan holda o‘zgartirish mumkin. Bunda, darchada taklif etilgan o‘lchamlarni
o‘zgartirmagan holda chizmada kuzatib ko‘ramiz va o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan
kattaliklarga
o‘zgartirish kiritiladi.
Endi, bu darchadagi «Tekst» vkladka-qo‘yilmasi yuklanib, «Vыsota Teksta» va «Otstup ot
razmernoy linii» yacheykalariga, matndagi shrift balandligi va harf, hamda raqamlar bilan o‘lcham
chiziqlari orasidagi masofalar kiritiladi. Bu kattaliklar chizma o‘lchamlaridan kelib chiqqan holda
qo‘yiladi. Masalan, kichik o‘lchamli chizmalarda bu qiymatlar tegishlicha 5 yoki 7 va 2 yoki 3
bo‘ladi. Agar, o‘lchamlar katta bo‘lsa tegishlicha 100, 120 va 50, 60 ham bo‘lishi mumkin.
«Orientatsiya teksta»-matnni tekislashdagi «Standart ISO»
tugmasi yuklanib, so‘ngra «OK»
tugmasi yuklanadi, 6-rasm.
6-rasm
7-rasm
Shunda ekranda, dastlabki «Диспетчер размерных стилей» darchasi paydo bo‘ladi va
undagi «Закрыть» tugmasi yuklanib chizmaga qaytiladi:
3. O‘lcham qiymatlarini va chizmadagi yozuvlarni DST (GOST)ga muvofiq yozilishi
uchun menyular qatoridagi «Format» menyusiga kiriladi va undagi «Tekstovыe stili» buyrug‘i
yuklanadi. Shunda, ekranda «Tekstovыe stili» darchasi paydo bo‘ladi, 55-rasm. Undagi «Stepen
rastyajeniya» va «Ugol naklona» yacheykalariga harf va raqamlar enining
balandlikka nisbatan
koeffitsienti va ularni qatorlar asosiga og‘ish burchagi, vertikal chiziqqa nisbatan kiritiladi. Agar, bu
qiymatlar tegishlicha 0.6 va 15 bo‘lsa, yozuvlar 75
0
ga og‘gan holda standartga mos yozilish
holatiga o‘tib qoladi.
O‘lchamlar belgilangandan so‘ng, «Zakrыt»
tugmasi bosiladi, «Tekstovыe stili» darchasi
yopiladi va o‘lchamlar qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichi yakunlanadi. So‘ngra,
berilgan
chizmaga qaytib o‘lchamlar qo‘yishga kirishiladi.
Dostları ilə paylaş: