46
talabidan kelib chiqadigan bo‘lsak, muhandislik grafikasi o‘qituvchilari kamida beshta zamonaviy
grafik dasturlardan dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘lishlari va ulardan foydalanib chizma promitiv-
elementlarini kompyuterda loyihalashni bilishlari lozim, ya’ni, Foto Shop, Corel Draw, 3D MAX,
AutoCAD va Flash kabilarni. Chunki, har qanday zamonaviy o‘quv elektron qo‘llanmalarni ishlab
chiqishni bu dasturlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Shuning
uchun ham, elektron o‘quv qo‘llanmalarni mukammal yaratish uchun XXI-asr
chizmachilik o‘qituvchilaridan yuqorida keltirilgan grafik dasturlarni juda bo‘lmaganda dastlabki
tushunchalariga ega bo‘lishlikni taqazo etadi.
Biz o‘z oldimizga qo‘ygan muammoni hal qilish uchun birinchi bo‘lib,
AutoCAD tizimi
hozirgi davrda loyihalashning avtomatlashtirilgan xalqaro standarti hisoblangan dasturining
yaratilganligiga 30 yilga yaqin bo‘lsada, grafik dasturlari orasida hanuzgacha mashhurligicha
qolmoqda. AutoCAD dasturi mukammal va ommabop, hamda loyihalash ishlari avtomatlashtirilgan
dastur bo‘lib, u har qanday turdagi sxema va
chizmalarni yuqori aniqlikda, sifatli bajaradi.
Shuningdek, bu dasturdan foydalanuvchilarning ijodiy imkoniyatlarini to‘la amalga oshirishga
kafolat beradi.
Shu sababli, millionlab
loyihachi mutaxassislar, olimlar, injener-texniklar va
talabalar, ya’ni dunyoning 80
dan ortiq mamlakatlari, 18 tilda loyihalash
ishlarini bajarishda
AutoCAD tizimidan foydalanishlari odatiy holga aylanib qolgan.
Bu zamonaviy dasturlardan AutoCAD dasturi mukammal va ommabop, hamda loyihalash
ishlari avtomatlashtirilgan dastur bo‘lib, u har qanday turdagi
sxema va chizmalarni yuqori
aniqlikda, sifatli bajaradi. Shuningdek, bu dasturdan foydalanuvchilarning ijodiy imkoniyatlarini
to‘la amalga oshirishga kafolat beradi. Shu sababli, millionlab loyihachi mutaxassislar, olimlar,
injener-texniklar va talabalar, ya’ni dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlari, 18 tilda loyihalash
ishlarini bajarishda AutoCAD tizimidan foydalanishlari odatiy holga aylanib qolgan.
Shu bois ushbu darsda AutoCAD dasturi yordamida kompyuterda oddiy geometrik jismlarni
uch o‘lchamli loyihalash imkoniyatlarini tanishtirish va ularning buyruqlaridan foydalanish
algoritmlarini o‘rgatish maqsad qilib qo‘yilgan.
Dostları ilə paylaş: