Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti teshabayeva Zamira Sobirovna bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish fanidan Darslik



Yüklə 5,25 Mb.
səhifə30/47
tarix17.08.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#139637
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47
дарслик саҳналаштириш

Ta’limiy faoliyatlar. Ta’limiy faoliyat bir vaqtning o’zida ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarini bajarishi kerak. Uning mazmuni, shakli va metodi uch maqsadga erishishi uchun qaratilgan bo’lishi lozim: nutq va teatr-ijrochilik faoliyati ko’nikmalarini rivojlantirish; ijodkorlik muhitini yaratish; bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlantirish.Shuning uchun bunday mashg’ulotlarning mazmuni nafaqat qandaydir badiiy adabiyot asari yoki ertak matni bilan tanishuv, balki imo-ishora, mimika, harakat, kostyum, mizanstsena (spektaklning ayrim paytlarida dekoratsiya va aktyorlarning joylanishi), ya’ni vizual «belgilar» bilan tanishishdir.
Kongilochar o’yinlar. Ko’ngilochar o’yinlar san’atning barcha shakllarini birlashtiradi. Ularning ko’p turlari mavjud bo’lib konsertlar, qo’girchoq teatri tomoshasi, bolalar, tarbiyachi-xodimlar va ota-onalar hamkorligida tayyorlangan sahna teatri yoki qo’girchoq teatri tomoshalarini o’z ichiga oladi.20
Ko’ngilochar o’yinlarda ham kattalar, ham bolalar teng huquqli sherik sifatida harakat qilishadi. Umuman olganda, sahna tomoshasi yoki konsertda bola tabiiy ravishda kattalarning boy tajribasini o’zlashtiradi, xatti-harakatlarini qabul qiladi. Bundan tashqari, tarbiyachilar o’yin-kulgu va bayramlarda bolalar xarakterlarining o’ziga xos xususiyatlarini, orzu va istaklarini bilib oladilar. Bola shaxsini hurmat qilish, unga g’amxo’rlik qilish, kattalar va ular o’rtasida o’zaro munosabatlarda iliqlik muhiti yaratiladi.
Bayramlar. Tashkil etilgan bayramlar bolalarga quvonch bag’ishlab, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatini berishi lozim.
Bayram tadbirlari, avvalo bolalar uchun quvonch berishini tarbiyachi yodda saqlashi kerak. Bayramlar bolalarning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladigan taassurotlar manbayidir. Shu sababli bayramga tayyorgarlik jarayonida, eng avval, yaxshi toyyorlangan senariy, har bir bolaning bayram tadbirlaridagi ishtiroki, kayfiyati va san’at turlarining o’zaro uyg’unligiga e’tibor qaratish muhim. Bayram tadbirida bolalar o’zlarini quvnoq, xursand his qilishi va erkin bo’lishi kerak.21

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin