II.I bob. Ko’rgazma vositalarining xillari Tabiiy ko’rgazma vositalari-mikropreparatlar, tirik yoki fiksirlangan o’simlik, hayvonlar ularning ayrim bo’laklari, kollektsiyalar tuluplar, gerbariylar, biosistemalar (to’qay, tog’ oldi, yaylov cho’l) bo’lib, ular bilan o’quvchilar bevosita darsda yoki ekskursiya mobaynida tanishadilar. Tabiiy ko’rgazmali vositalar faqat ko’rish orqali emas, balki eshitish, hid, ta’m bilish organlari yordamida idrok qilinadi. Tabiiy ko’rgazmali vositalar o’rniga tasviriy ko’rgazmali vositalar ba’zan chunonchi hujayra, organizm ekosistemalar tuzilishi, moddalarning davriy aylanishiga oid tablitsalar, sxemalar, moddalar, foto suratlardan foydalaniladi. Kompьyuter, mulьtimedialar, tasviriy ko’rgazmali vositalarning alohida guruhi sanaladi. Og’zaki yoki verbal vositalar – bular darsliklar, ilmiy-ommabop kitoblar, o’qituvchining so’zi, televideniya yoki kinokadrlardagi diktor matni, kompьyuter dasturlari (videokadrlar, modellar,) testlar, didaktik kartochkalardir. Tabiiy yoki tasviriy vositalarni o’quvchi tomonidan idrok qilinishi, ular ustida kuzatish, o’tkazish yoki faoliyat harakati yordamida amalga oshadi. O’quv materialini idrok etishda o’quvchining qanchalik ko’p sezgi organlari ishtirok etsa, uni o’zlashtirish shunchalik puxta bo’ladi. Bu jarayon didaktikaning ko’rsatmalilik printsipida o’z ifodasini topgan. Ya.A.Komenskiy o’qitishda o’quvchining barcha sezgi organlarini jalb etish didaktikaning «Oltin qoidasi» deb aytgani bejiz emas. Umumiy o’rta ta’lim o’quv yurtlarida biologiya o’qitishning barcha bosqichlarida ko’rgazmalilik ta’lim berish vositasi ekanligini unutmaslik kerak. Lekin «ko’rgazmalilik» atamasiga tabaqalashgan holda yondoshish kerak, chunki u har xil pedagogik tushunchalarni o’zida ifoda qiladi. Masalan, «ko’rgazmalilik printsipi», «ko’rgazmalilik o’qitish vositasi», «ko’rgazmali qurol» tushunchalarni farqlash kerak. Ko’rgazmalilik pirintsipi deyilganda biologiyani o’qitish jarayonida o’qituvchi amal qiladigan didaktik printsip tushuniladi. Ko’rgazmalilik bir vaqtning o’zida sezish, mantiq, konkret, abstrakt yo’li bilan bilishni o’zida birlashtirib abstrakt tafakkurni rivojlanishiga yordam beradi va ko’p hollarda uning tayanchi hisoblanadi. Ko’rgazmalik o’qitish vositasi sifatida o’quvchilardan statistik va dinamik obrazlar hosil qilishga qaratilgan bo’ladi. Ko’rgazmali o’qitish vositasi o’z mazmuniga ko’ra ko’rgazmali qurol tushunchasiga yaqin, lekin xajmiga ko’ra unga nisbatan keng. Masalan barglarning suv bug’latishiga oid tajriba yoki teleko’rsatuv, jadval ko’rgazma vositasi bo’lib hisoblanadi, lekin ko’rgazmali qurol sanalmaydi. Ko’rgazmali qurol bu darsda o’qituvchi tomonidan qo’llanilgan konkret narsadir. U tulup, kollektsiya, gerbariya, tirik o’simlik, hayvon, tablitsa, rasm, sxemalar shuningdek, mulyajlar diafilьmlar, tarqatma material, didaktik kartochkalar shaklida bo’ladi. O’rganilayotgan narsa va xodisalarning biologik mazmunini ifoda qiluvchi ko’rgazmali qurollar, o’qitishning asosiy vositalari, har xil asboblar chunonchi probirka, kolba, tarozi va shu kabilar yordamchi vositalar hisoblanadi. O’qitish samaradorligini oshirishda amaliy mashg’ulot va namoyish qilinadigan tajribalarni o’tkazishga yordam beruvchi xususan mikroskop, lupa, shtativ, reaktivlar asboblar isituvchi asboblar, pintset, preparoval ninalar, o’qitishning texnik vositalari – kodoskoplar, televizorlar, kompьyuterlar, ovoz yozuvchi va eshittiruvchi - apparatlar, magnitofonlar ham o’qitish vositalariga kiradi. Texnik vositalari orasida audiovizual va boshqa tabiiy tasviriy vositalar shu bilan ustunlik qiladiki, ular o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarning barcha bosqichlarini izchillik bilan ko’rsata oladi. Teleko’rsatuvlardan biologiya o’qitishda foydalanish tirik tabiatdagi voqea, hodisalarni sinfda o’rganish sifatini bir necha marta oshirish imkonini beradi. O’qitish jarayonida kompьyuterlarni qo’llash o’quv materialini mustaqil o’zlashtirish va nazorat qilish imkonini tug’diradi. Ko’rgazmali vositalardan biologiya o’qitishning barcha jarayonlarida, masalan yangi o’quv materialini tushuntirish, mustahkamlash, tushunchalarni shakllantirish, o’quv, amaliy, mehnat ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish, uy vazifasini bajarish, o’quv materilini nazorat qilishda qo’llaniladi.
O’z tasnifi va ahamiyatiga ko’ra biologiya o’qitishda qo’llaniladigan ko’rgazmali vositalar asosiy va yordamchi xillarga ajratiladi. Asosiy guruhiga - tabiiy, tasviriy, og’zaki vositalar, yordamchilariga – o’qitishni texnik vositalari va laboratoriya asbob uskunalar kiradi. Tabiiy ko’rgazma vositalar o’z navbatida tirik, o’lik va fiksirlangan, tasviriy ko’rgazma vosita tekis va hajmli xillarga ajratiladi. Tabiiy ko’rgazma vositasi maktab tajriba yer maydonidan maxsus tanlangan o’simliklar, xona o’simliklari, tirik tabiat burchagidagi akvariumdagi baliqlar, terraiumdagi hayvonlar, insektariydagi hasharotlar, qafasdagi qushlar, quritilgan, fiksirlangan ko’rgazma vositalariga gerbariylar, tuluplar, umurtqasiz hayvon kollektsiyalari, osteologik preparatlar, taksidermik materiallar, mikro va makropreparatlar, tarqatma materiallar kiradi. Tirik o’simlik va hayvonlarni dars jarayonida namoyish qilish uchun avvaldan tayyorgarlik ko’rish lozim. Ularni tanlashda o’quv dasturi, mahalliy sharoit va tabiatni muhofaza qilish talablari e’tiborga olinishi kerak. Gerbariylar – bu quritilgan va to’g’rilangan, qattiq qog’ozga mahkamlangan yaxlit o’simlik yoki uning muayyan organidir. Biologiyani o’qitishda gerbariylardan tarqatma material sifatida foydalaniladi. Gerbariylar mazmuni va mohiyatiga ko’ra: morfologik, sistematik yoki ekologik bo’lishi mumkin. O’qituvchi darsda o’rganiladigan mavzu mazmunidagi tushunchalarning turiga ko’ra muayyan gerbariydan foydalanishi mumkin. Gerbariy, kollektsiyalarni ko’rsatayotganda shuni yodda tutish kerakki, ular tirik organizmlar to’g’risida to’liq tasavvur hosil qilmaydi. SHuni e’tiborga olib ular boshqa ko’rgazma vositalar bilan birgalikda namoyish etilishi lozim. Xuddi shunday holatni fiksirlangan ho’l preparatlarga nisbatan ham aytish mumkin. CHunki ular uzoq vaqt davomida o’zlarini ranglarini yo’qotgan bo’ladilar. Ho’l preparatlar – bu o’simlik va hayvonning yoki ular oraganlarining maxsus eritma yordamida konservalanishidir. Ular shisha tsilindrik va plastmassa idishlarda (formalin va spirt eritmalarida) bo’ladi. Ho’l preparatlar mazmuniga ko’ra uch guruhga bo’linadi: • Morfologik preparatlar – o’simlik yoki hayvonning tashqi tuzilishi va organlari aks ettirilgan bo’ladi. • Anatomik preparatlarda – organizm yoki ba’zi organlarning ichki tuzilishi aks ettirilgan bo’ladi. • Embriologik preparatlarda organizmlarning individual rivojlanishi o’z aksini topgan bo’ladi. Ho’l preparatlardan tarqatma material sifatida foydalanish mumkin. Tabiiy ko’rgazmali vositalarning biri mikropreparatlar hisoblanadi. Ular kichik organizmlar - bakteriya, zamburug’lar, bir hujayrali hayvonlar va o’simliklarning hujayraviy tuzilishini o’zida ifoda qiladi. Mikropreparatlar tayyorlanishi va davomiyligiga ko’ra 2 guruhga: vaqtinchalik va doimiy mikropreparatlarga bo’linadi.
Vaqtinchalik mikropreparatlar o’qituvchi yoki o’quvchilar tomonidan bir dars mobaynida tayyorlanadi. SHuni qayd etish kerakki, vaqtinchalik mikropreparatlarni tayyorlash ko’nikmasini hamma o’quvchilar egallashlari kerak. Doimiy mikropreparatlar maxsus muassasalarda tayyorlanib, undan ko’p marta foydalanish imkoniyati mavjud. Vaqtinchalik va doimiy mikropreparatlar o’quvchilar tomonidan tirik organizmlarning hujayraviy tuzilishini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Kollektsiyalar – o’simlik, hayvon yoki ular organlarining to’plamidan iborat. Kollektsiyalardan «O’simliklarning gomologik va analogik organlari», «Hashoratlar» kollektsiyasidan yashash muhitiga moslashish, himoya, ogohlantiruvchi rang, shuningdek, idioadaptatsiyalarni o’rganish mumkin. Osteologik preparatlar deganda hayvonlarning yaxlit skeleti yoki ayrim suyaklar to’plami tushuniladi. Bu materiallardan «Organik olam evolyutsiyasi dalillari» mavzusida gomologik organlar tushuntirilganda foydalaniladi. Taksidermik materiallardan hayvonlarning tabiiy shakli, hajmi va pozasi o’rganilganda foydalaniladi. Ularga tulup va chuchelalar misol bo’ladi. Ko’pgina tabiiy ko’rgazma vositalari laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish uchun zarur.
Tasviriy ko’rgazmali vositalari
Tabiiy ravishda barcha darslarda o’simliklar, hayvonlar va boshqa tabiiy ob’ektlarni ko’rsatib bo’lmaydi. Ko’pgina xayvon, o’simliklarni, tirik tabiatning rivojlanish jarayonlari, qonuniyatlar maxsus tayyorlangan tasvirli ko’rgazma qurollar yordamida tushuntiriladi. Tasviriy ko’rgazmali vosita nihoyatda xilma-xil. Ulardan mulyajlar, statik, dinamik modellar, rangli jadvallar, rasmlar, didaktik kartochkalarni ko’rsatib o’tish o’rinlidir. Mulyajlar – tabiiy ob’ektlarning aniq ko’chirilgan nusxasi bo’lib, undan o’qituvchi dars mavzusini tushuntirish, mustahkamlash, takrorlash, bilimlarni nazorat qilish va baholashda foydalanishi mumkin. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Janubiy Koreyadan keltirilgan jihozlar ichida odam tanasining anatomik tuzilishi, odam skeleti, odam asab tizimi, ko’zning tuzilishi, yurakning tuzilishi, quloqning tuzilishi, nafas olish tizimi, qon aylanish, ayirish organlari, ovqat hazm qilish, bosh miyaning tuzilishi, ko’payish organlarining mulyajlari mavjud. O’qituvchi ushbu mulyajlardan nafaqat dars mavzusini tushuntirish, mustahkamlash, takrorlash, bilimlarni nazorat qilish va baholash, balki o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishda ham foydalanishi mumkin. Buning uchun o’qituvchi o’quvchilarning mustaqil ishlari uchun o’quv topshiriqlarini didaktik kartochka sifatida tayyorlashi lozim. Masalan, «Ovqat hazm qilish organlar sistemasi» mavzusini o’rganishda o’quvchilarga quyidagi topshiriqlarni tavsiya etish mumkin:
1. Ovqat hazm qilish organlar sistemasining ahamiyatini aniqlang.
2. Ovqat hazm qilish organlar sistemasiga kiradigan organlarni aniqlang. Ularning ketmaketligini sxematik tasvirlang
3. Mulyajni ko’rib chiqing, har bir organning tuzilishi va funktsiyasini aniqlang.
4. O’rganilgan materiallar asosida quyidagi jadvalni to’ldiring.
«Ovqat hazm qilish organlar sistemasi»
Modellar tabiiy ob’ektlarning tasviri bo’lib, uning nusxasi emas, balki asosiy xususiyatlarini sxema tarzida ifodalaydi. Modellar yassi, hajmli, statik va dinamik bo’lishi mumkin. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Janubiy Koreyadan keltirilgan jihozlar ichida DNKning biologik modeli, qon aylanish, organik birikmalarning molekulalar tuzilishi bo’yicha modellar bor. O’qituvchi ushbu modellardan nafaqat dars mavzusini tushuntirish, mustahkamlash, takrorlash, bilimlarni nazorat qilish va baholash, balki o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil tishda ham foydalanishi mumkin. Buning uchun o’qituvchi o’quvchilarning mustaqil ishlari uchun o’quv topshiriqlarini didaktik kartochka sifatida tayyorlashi lozim.
Dinamik modelga «Odamning qon aylanish organlari»ni olish mumkin. Mazkur model plastmassa oyna bilan yopilgan va elektr toki yordamida ishlaydi. Elektr tokiga ulangan model yurak va qon aylanish organlarining ishini tasvirlaydi. Dinamik harakat qonning katta va kichik qon aylanish doiralari bo’ylab harakatlanishi, bu jarayonda qon aylanish organlarining vazifalarini namoyish etadi. Dinamik harakatli modellar o’quvchilarda tasavvurni rivojlantirib, bilimlarni mustahkam egallash, yodda uzoq vaqt saqlanishiga zamin tayyorlaydi. Biologiyani o’qitishda jadvallardan keng foydalaniladi. Jadvallar tuzilishiga ko’ra bosma yoki relьefli bo’lishi mumkin. Relьefli jadvallar plastikadan tayyorlangan bo’lib, hayvonlar rangli tasvirlangan bo’ladi. Organizm va organlarning konturi uncha chuqur bo’lmagan chiziqlar bilan chegaralangan va muayyan rangga ega bo’ladi. Mazkur jadvallarga «El-Holding» tomonidan tayyorlangan hayvonlarning ichki tuzilishi tasvirlangan relьefli jadvallari misol bo’ladi. Ularni biologiya o’quv xonasi devorlariga osib quyish yoki yengil va qulay bo’lgani uchun yig’ib quyish mumkin. Hozirgi kunda biologiyani o’qitishda bosma jadvallardan ham foydalaniladi. Biologiya o’quv fanlari bo’yicha bosma jadvallar nashr qilingan. Biologiya o’quv xonasining jihozlanishi, kompьyuterning mavjudligi bosma jadvallar o’rniga slaydlardan foydalanish imkonini bermoqda. Slaydlarda tasvir yupqa, tiniq plastik qog’ozga tushirilgan bo’lib, uni kompьyuter yordamida ekranga tushirish mumkin. Qo’shimcha ko’rgazma vositaga har xil laboratoriya asboblari, o’qitishning texnik vositalari, kompьyuter kiradi. Biologiyani o’qitishda yorug’lik mikroskopining yangi avlodi biologik mikroskoplardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Mazkur mikroskop elektr toki manbaida ishlaydi va ob’ektlarni 500 martaga kattalashtirib beradi. Mikroskopdagi tasvirni optik kamera orqali kompьyuter yordamida ekranga tushirish mumkin. O’qitish vositalarining bunday afzalligi, albatta o’qitish samaradorligiga xizmat qiladi. SHunday qilib, o’qitish vositalari muayyan sistemani tashkil etib, o’rganiladigan mavzuning mazmunini yoritish, kuzatish, tajribalar o’tkazish, o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.