11- Amaliy mashg’ulot.
Ishning maqsadi: Quloqning tuzilishini o’rganish va eshitish darajasini aniqlash.
Ishning rejasi:
1. Quloqning tashqi va ichki tuzilishi bilan tanishib rasmini chizish.
2. Quloqning eshitish darajasini aniqlash
Kerakli jihozlar:
Tashqi va ichki quloq qismlari tasvirlangan rasmlar, soat yoki sekundomer.
1. Quloqning turli qismlari tasvirlangan plakat va rasmlardan foydalanib ularning rasmlari chizib olinadi. Quloqning eshitishi va markaziy asab tizimiga ovozni uzatilishi, po’stloqda uni tahlil qilish mexanizmlari to’g’risida tushuncha hosil qilinadi.
2. Quloqning eshitish darajasini aniqlash uchun sinaluvchi kishi chap qulog’ini qo’l bilan berkitib turadi, o’ng qulog’iga esa yurib turgan qo’l soati yoki soat yaqinlashtiriladi. Sinaluvchi kishi soat yurish tovushi eshitilishi bilan uni quloqdan asta-sekinlik bilan uzoqlashtira boshlaydi va eshitilmay qolgan nuqta belgilanib masofa oralig’i o’lchanadi. Keyin xuddi shunday yo’l bilan chap quloqning eshitish masofasi aniqlanadi.
Talabalar shu usulda bir-birlarining eshitish masofasini aniqlaydilar va daftarlariga yozib qo’yishadi. Tajribada quloqning eshitish darajasi hammada har xil ekanligi ko’rsatiladi.
Teri retseptorlarining tuzilishi va bajaradigan vazifasini o’rganish
Ishning maqsadi: teri retseptorlarining tuzilishini o’rganish va sezuvchanligini aniqlash.
Ishning rejasi:
1. Teri rettseptorlarini anatomik va morfologik tuzilishi bilan tanishish.
2. Odam terisining sezuvchanligini aniqlash.
Kerakli jihozlar:
teri retseptorlarining anatomik va morfologik tuzilishi tasvirlangan rasmlar, sirkul, qalam, uchta nina sanchilgan yo’g’on tayoqcha, millimetrlarga bo’lingan chizg’ich.
1. Rasmlardan foydalanib teri retseptorlarining anatomik va morfologik tuzilishi, terining turli sohalarida sezuv retseptorlarning soni turlicha bo’lishi, qaerda rettseptorlar ko’p joylashgan bo’lsa, terining shu nuqtasi ta’sirotlarni yaxshiroq sezishlari to’g’risida tushuncha olinadi va rasmlari daftarga chizib olinadi.
2. Terining qaysi sohalarida sezuv rettseptorlari ko’p yoki oz joylashganligini aniqlash uchun uchiga nina sanchilgan tayoqcha sirkulga o’rnatiladi va sirkul uchi bilan tayoqcha uchidagi nina orasidagi masofa 55 mm ga keltiriladi. Ko’zni yumib o’tirgan tekshiruvchi kishining peshona terisiga sirkulning avval bir uchi, so’ngra ikkala uchi juda ohistalik bilan baravariga tekkiziladi. Sinaluvchi kishi sirkulning nechta uchi tegizilayotganini aytib turadi. Shunday tarzda to’g’ri javob olinguncha sirkul uchlari yaqinlashtirilib-uzoqlashtirilib turiladi. Sirkulning ikkala uchi orasidagi masofa qancha bo’lganda sinaluvchi kishi sirkulning har ikki uchi tegizilganini sezish va sezmasligi aniqlanadi.
Ana shunday usul bilan lab, qovoq, bo’yin, kaft va barmoqlarni orqa va old yuzalari, bilak terilarining sezuvchanligi aniqlanadi. Tajriba oxirida talabalar sezuv nuqtalari barmoq uchlari va labda boshqa sohalarga qaraganda ko’proq ekanligini bilishadi.
Ta’m bilish rettseptorlarining tilda joylashishi o’rganish va bajaradigan vazifasini aniqlash
Ishning maqsadi:
Tilda ta’m bilish rettseptorlarini joylashishi ularning vazifasini aniqlash.
Ishning rejasi:
1. Ta’m bilish rettseptorlarini anatomik va morfologik tuzilishi bilan tanishish
2. Ta’m bilish rettseptorlarini faoliyatini aniqlash.
Kerakli jihozlar:
Ta’m bilish retseptorlari tasviri tushirilgan rasmlar, 4 ta shisha tayoqcha (yoki tomizgich), suvli stakan, 40% shakar eritmasi, 2% sirka kislotasining eritmasi, 0,9% NaCI l eritmasi, qalampir suyuqligi.
35-rasm. Til xaritasi
Tilning har bir sohasini o’ziga xos ta’m sezishini aniqlash uchun tekshiriluvchi kishi tilini tashqariga chiqarib turadi. Tilning turli sohalariga: uchiga, qirg’oqlariga, o’rta yuzasiga, asosiga avval shakar eritmasi shisha tayoqcha vositasida tegiziladi (yoki tomizgich bilan tomizdiriladi) va shirin ta’mni qaysi soha sezgani aniqlanadi. Har qaysi tekshirishdan keyin og’iz toza suvda chayib tashlanadi. Xuddi shu yo’l bilan tilning shirin, sho’r, nordon va achchiq ta’m sezuvchi nuqtalari aniqlanadi va bular “Til xaritasi” da ifodalanadi.
Shirinni sezuvchi rettseptorlar tilning uchida, nordonni sezuvchi retseptorlar til chetlarining o’rta qismlarida, achchiq ta’mni sezuvchi retseptorlar tilning asosida, sho’rni sezuvchi rettseptorlar til oldingi qism qirg’oqlarida joylashganligi aniqlanadi
Dostları ilə paylaş: |