O'rta Osiyo olimlarning xronologiya fani rivojlanishiga qo‘shgan hissasi. O'rta asrlarda xronologiya yanada rivojlanib bordi. Xronologiya
rivojiga O'rta Osivolik olimlar, jumladan Ahmad al-Farg‘oniy (797-865),
Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Umar Xayyom (1048-1131) va Mirzo
Ulug'bek (1394-1449) katta hissa qo‘shdi.
Ahmad al-Farg‘oniy. Ahmad al-Farg‘oniy ilmi-hay’at (falakiyotshu-
noslik - astronomiya, riyoziyot - matematika) va jo‘g‘rofiya (geografiya)
lanlari bilan shug‘ullandi hamda qator ilmiy asarlar yozib qoldirdi.
Ahmad al-Farg‘oniy al-Ma’mun topshirig'iga binoan Damashqdagi
rasadxonada osmon jismlari harakati va ularni aniqlash, yangicha «zij»
yaratish ishlariga rahbarlik qildi.
Ahmad al-Farg‘oniyning «Kitob al-harakat as-samoviya va javomi’
ilm an-nujum» (Samoviv harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi) asari
astronomik asar hisoblanadi. Bu asar «Astronomiya asoslari haqidagi
kitob» nomi bilan ma'lum bo‘lib, 1145—1175-yillardan Yevropada lotin
tiliga tarjima etilgan. Olim «Alfraganus» nomi bilan G‘arbda shuhrat
topadi. Uning mazkur asaridan asrlar davomida Yevropa universitetlarida
asosiy darslik sifatida foydalanilgan, chunki bu kitob zamonasining
astronomiya haqidagi eng muhim va zarur boigan bilimlarini o'z ichiga
olgan edi. Ahmad al-Farg‘oniyning «Yerdagi ma’lum mamlakatlar va
shaharlarning nomlari va har bir iqlimdagi hodisalar haqida» asari ham
mashhur. Asarda Yerning yumaloqligi, bir xil osmon yoritqichlarining
turli vaqtda ko'tarilishi. tutilishi va bu tutilishlar har bir joyda turlicha
ko'rinishi. masofalar o'zgarishi bilan ularning ko'rinishi ham o'zgarishi
haqida qimmatli mulohazalar bildiriladi.
Abu Rayhon Beruniy. Abu Rayhon Beruniy Sharqning eng yorqin va
ulug' siymolaridan biri hisoblanadi. Uning «Al-osor al-boqiya ani-l-qurun
al-holiya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»), («Xronologiya»),
«Qonuni Mas’udiy» asarlarida xronologiya faniga oid ko'plab ma’lumotlar
berilgan.
Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»
asarida arab, eron, so'g'd. xorazm, vunon kalendari hamda asosiy vaqt
birliklari, turli vaqt o’lchovi tartiblari haqida batafsil ma'lumot bergan.
Olim har bir xalqning o‘z tarixi borligini ta'kidlar ekan, ularning nafaqat
tarixi, balki vaqt hisobi hamda kalendarlari ham bir-biridan farq qilishini
ta'kidlaydi.
Abu Rayhon Beruniy «Movarounnahr otashparastlari, ya'ni Xorazm va
So'g'd aholisi ishlatadigan oylarni» bayon etadi, Movarounnahr]iklarning
kalendaridagi oylarining soni va yilning, uzunligiga ko‘ra eronliklar
kalendariga o'xshashi, faqat ovlarning boshlanishi orasida farq borligini
ko'rsatib o’tadi. Abu Rayhon Beruniy xorazmliklar kalendaridagi oylar
va kunlarining nomlarini ham keltirib o‘tadi. Xorazmliklar «isfandorajiy»
(o‘n ikkinchi) oyining oxiriga qo'shiladigan ortiqcha besh kunning
birinchisini oyning birinchi kuni nomi bilan atab, qolgan kunlarga ham
birin-ketin keyingi kunlarning nomlarini berishlarini aniqlaganini
ta'kidlaydi.
«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asaridan turkiy xalqlar
o'n ikki hayvon nomi bilan ataluvchi muchal kalendari va ularning
nomlari haqida ham ma’lumot olish mumkin. Qolaversa, eronliklarning
kalendaridagi o‘n ikkita oy nomini ham shu asarda uchratish mumkin.
Eronliklar tuzgan kalendarda har bir oy 30 kundan hisoblanib,
qo‘shimcha 5 kun o'n ikkinchi oy oxiriga qo'shilgan. Abu Rayhon
Beruniyning ko‘rsatishicha, bu 5 kun qadimgi eron tilida «panji»,
«andargoh» deb atalgan. Keyinchalik. bu nom arabchalashib, «andarjoh»
deb o‘zgartirilgan. Bu besh kun «o'g’irlangan kun», deb ham atalgan,
ular biror oy kunlari hisoblanmagan. Eronliklar ularni «obonmoh» bilan
«ozarmoh» olrtasiga qo’yib, har bir oy kunlariga berilgan nomlardan
boshqa nomlar bilan ataganlar. Eron kalendarida bir yil uch yuz oltmish
besh kun boMgan. Ular chorak kunlar bir oy boMmaguncha hisobga
olmaganlar. Bu bir yuz yigirma yilda bir marta bo'lgan. Shunda ortiqcha
oyni yil oylari qatoriga qo‘shganlar va u o‘n uchinchi oy bo‘lgan. 0 ‘sha
yilni kabisa yil deb, ortiqcha oy kunlarini boshqa oylar nomlari bilan
ataganlar. Abu Rayhon Beruniyning ma’lumot berishicha, ular dastlab
haftadan foydalanmaganlar. Olim bu haqida shunday ma'lumot beradi:
«Dastlab haftalarni ishlatganlar g’arb tomon aholisi, ayniqsa Shorn
va uning tevaragida yashovchilar bo'lganlar. Bunga sabab. u tomonda
payg'ambarlar yuzaga chiqib, Tavrotd^aytilganidek, birinchi hafta va bu
haftada olam paydo bodganidan xabar berganlar. Keyin bu odat ulardan
boshqa millatlarga tarqalgan».
Abu Rayhon Beruniy Misr kalendariga ham to'xtalib o’tgan. U
Misr kalendaridagi eski va yangi oy nomlarini o‘z asarida berib o'tadi.
Misrliklar qo'shimcha besh kunni «abag'amno» (kichik oy), kabisali yilni
esa «anqnaqt» (alomat) deb ataganlar. Qo’shimcha kun so’nggi «musriy»
oyining oxiriga qo‘shilgan. Abu Rayhon Beruniy «Shorn mamlakati»
Suriya) kalendaridagi o‘n ikki oy nomlari va to‘rt yilda bir marta
be.sliinchi (shubat) oyga bir kun qo‘shib hisoblashlari haqida yozadi.
Ilu manbaga ko‘ra «Shorn mamlakati» kalendaridagi oy nomlari keng
Inrqalgan, hatto arablar ham «dala ishlariga tegishli vaqtlarni» shu oylar
biIan belgilar ekan.
Abu Rayhon Beruniy «Qonuni Mas’udiy» asarida qadimgi arab
kalendaridagi o‘n ikkita oy nomini keltiradi, lekin ularning faqat
ikkiiasining lug'aviy ma’nosini berib o'tadi. «Qadimgi xalqlardan
qolgan yodgorliklar»da zamonaviv arab kalendaridagi o'n ikkita oy va
vetti liafta kunining nomi va o'z ta’riflari ham keltiriladi. Abu Rayhon
Beruniyning vozishicha. arablar yahudiylardan yilga qo‘shimcha oy
qo'shishni o'rganganlar va bu oyni «ayyom an-nasi» deb ataganlar. Abu
Rayhon Beruniy o'z asarida milodiy yil hisobiga ham to‘xtalib o'tadi.
Mazkur kalendarni «rumiy kalendari» deb ataydi va bu kalendarga
birichi marta kabisa yilini Yuliy Sezar kiritgan, deb yozadi. Olim
milodiy yil hisobini qadimgi xalqlarning qator yil hisoblari bilan
qiyoslaydi. «Qonuni Ma’sudiy» asarining ikkinchi kitobi xronologiya
masalalariga bag'ishlangan bo'lib, unda «Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar» asarida ko'rilgan masalalar to'ldirilib, davom ettiriladi.
Asarda Eron, Bobil, Rum podshohi va arab xalifalari hukmronlik qilgan
yillarining xronologik jadvallari keltirilib, ularning nomlari yunoncha
iranskripsiyada berilgan. Shuningdek,mazkur asarda insoniyat tomonidan qo'llanilgan eralar, jumladan Yazdigard, Iskandar, Filipp.
«Buxtunassar» (Nabonassar) erasini aniqlash masalalari xususida ham so'z boradi.
Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» asarida bu o'lkada yashovchi
xalqlarning urf-odatlari, geografiyasi va u bilan bog'liq astronomiyasi
ko'rsatib o'tilgan. Shuningdek, olim burjlar. oy fazalarining o'zgarishi,
hind eralari. Oy va Quyosh kalendarlari va oltmish yillik Yupiter
davriyligi nomlarini keltirib o'tgan.
Umar Xayyom. Sharqning eng yirik rasadxonalaridan biri bo‘lgan
Isfaxon rasadxonasini 1076-yili Umar Xayyomning iltimosiga ko‘ra
Malikshoh qurdirgan edi. Olim bu rasadxonada olib borilgan ko‘p yillik
kuzatishlari natijasida o'zining «Malikshoh ziji» asarini yozadi. Umar
Xayyomning xronologiya faniga qo'shgan katta hissasi kalendar islohotiga
tegishlidir. Malikshoh Umar Xayyomga yil boshi Navro'zga, bahorgi
teng kunlik bilan mos tushadigan yangi kalendar tuzishni topshiradi. Umar
Xayyom bu davrda qo'llanib kelingan mashbur Yulian kalendarining
xatosi 128 yilda bir kunga teng ekanligi va bu xatoni takrorlamaslik
uchun, yangi kalendarning kabisa yillarini yangi kombinatsiyada tuzishni
taklif qiladi. Yangi kalendar loyihasiga ko'ra har o'ttiz uch yillik davrning
dastlabki yigirma sakkiz vilida kabisa yillari xuddi Yulian kalendaridek
yetti kabisa yildan. sakkizinchi kabisa vili esa odatdagidek uch yildan
so'ng emas, to'rt yildan so'ng beshinchi vili qabul qilinadigan bo‘ldi.
Natijada. Umar Xayyom tuzgan kalendarning yil uzunligi 365 sutka
5 soat 49 minut 5,5 sekundga teng bo'ldi. Ayni vaqtda Umar Xayyom
kalendarining xatoligi aniqlangan bo'lib, u 19.5 sekundni tashkil etdi. Bu,
kalendardagi xatolik 4500 yildagina bir sutkani tashkil qiladi. demakdir.
Mazkur natija kalendar qanchalik mukammal tuzilganligidan dalolat beradi.
Umar Xayyom kalendari Malikshoh tomonidan 1079- yil (hijriy
qamariy 471-yil)da qabul qilindi. Umar Xayyom kalendari Eronda
XIX asrning o'rtalariga qadar qoMlanilgan. Bu kalendar Umar Xayyom
kalendari deyilishi bilan birga Malikshoh sharafiga «Jaloliy kalendari»
ham deb yuritilgan.
Umar Xayyomning xronologiya faniga oid yana bir mashhur asari
«Navro‘znoma»dir. Asarda Quyosh kalendari tarixi batafsil bayon
qilinadi. Navro‘z kunining qanday belgilangani, bayram qanday
nishonlangani to'g'risida ma'lumotlar keltiriladi hamda oy nomlarining
lug'aviy ma’nosi ham beriladi.
Vaqtninig eng muhim xususiyatlaridan biri uning bir tomonlama kelajak tomonga
yurishidir.matematiklar ta’biri bilan aytganda manfiy vaqt yoq va bo’lishi ham
mumkin emas .vaqt o’lchash uchun saot, minut, sekunt, sutka,hafta,oy va yil
birliklari kerak bo’ladi.Bular butun dunyo mamlakatlarida bir xil qabul
qilingan.Aniq vaqtning asosiy manbai Astronomik kuzatishlardir .Ular maxsus
asboblar yordamida yulduzlarni kuzatib ,aniq vaqtni topadilar.Vaqt tabiatdagi biror
davriy hodisaga yerning o’z o’qi atrofida aylanish davriga nisbatan hisoblanadigan
o’lchov birligidir. O’rta asr salnomachisi Beda Dostopechtenniy “ yilning uzunligi
tabiat.oyning uzunligi-a’nanalar,haftaning uzunligi hokimiyat belgilaydi” dep
yozgan edi. Vaqtning suniy birligi bo’lgan haftalar qadimda 3,5,7, kundan iborat
bo’lgan. Bobil va Shummer matnlarida 7 kunlik hafta mavjudligi haqida
ma’lumotlar berilgan.7 kunlik hafta vaqt o’lchovi sifatida sharqda Bobilda ishlatilgan .
soat bu xalqaro birliklar tizimiga kirmaydigan vaqt o’lchov birligi ,qiymati60 minut
yoki 3600 sekuntga teng vaqt oralig’I va vaqtni o’lchash uchunishlatiladigan
asbobdor.
Grekcha “horo”inglizcha “hour”soat so’zi dastlab vaqt oralig’I davr kabi ma’nolarni
bildiradi.er.avv.IVasrlarda grekchada soat atamasi paydo bo’ldi.Odamlar qadimdan
quyosh ,oy harakatlari va boshqalar tabiat hodisalarining muayyan vaqtlarda
takrorlanib turishini sezganlar va ulardan vaqtni o’lchashda foydalanganlar.
Yunon olimi Ptolamey sutkani soat, minut,va sekuntga bo’lgan. Vaqt juda aniq
o’lchash uchun maxsus astronomik kuzatishlar o’tkazgan. Bu kuzatishlar samarasi
o’laroq dastlab quyosh soati,keyinchalik suv va qum soatlari paydo bo’ladi.
Ksenafontning ta’kidlashicha,soat kunduzi quyoshga , kechasi yulduzlarga hamda
odam soyasining uzunligiga qarab aniqlangan. Eramizdan avvalgi 1800-yilda Misr
kohinlari kechasi bo’ladigan ibodatlarda yulduz soatlaridan foydalanishgan. Quyosh
va suv soatlarining paydo bo’lishi soatni yanada aniqroq bilish imkonini berdi.
Misrda eramizdan avvalgi 1600-yillarda suv soatlari,eramizdan avvalgi 1450-yillarda
Quyosh soatlaridan foydalanishgan. Birinchi Quyosh soati ya’ni skafis bobillik
Beros tomonidan eramizdan avvalgi III asrda quriladi. Dastlabki grek Quyosh
soatlari eramizdan avvalgi 550-yillarda Anaksimantu Miletskiy tomonidan
yaratilgan. Rimda eramizdan avvalgi 293-yildan boshlab Quyosh soatlaridan
foydalana boshlangan.Osiyo xalqlarida esa qadimda qum soatlari keng tarqalgan.
Bu soatlar uncha uzun bo’lmagan vaqt oralig’ini hisoblashga mo’ljallangan edi.
Hozirda ham tibbiyotda qum soatlaridan foydalaniladi. Xitoyda olov soatlaridan
foydalanilgan. Unda maxsus shamlar ishlatilgan. Eramizdan avvalgi birinchi ming
ming yillikda suv soatlari- klespidralar keng tarqaldi.
O’rta Osiyoda XV asrning birinchi yarmida Mirzo Ulug’bek Samarqandda 50 metrlik
quyosh soatini bunyod etgan. Mexanik soatlar bu davrga yangilik bo’lib kirdi.
578-yillardagi Vizantiya manbalarida mexanik(g’ildirakli) soatlar tilga olinadi.
XI-XII asrlarga kelib Yevropada mexanik(g’ildirakli) soatlar keng tarqaldi.
Rossiyada bunday soatlar 1404-yilda Kremlga o’rnatiladi. XX asrda elektr-mexanik
electron-kvars, molecular, atom soatlari yaratildi. Toshkentda 1947-yilda qurilgan
Toshkent kuranti minorasiga to’rt siferblatli zangli elektr soat o’rnatilgan. Vaqtning
eng kichik birligi qilib sutkaning 1_____ qismiga teng vaqt –sekund qabul qilingan.
86400 Elektronikaning rivojlanishi munosabati bilan XX asrning o’rtalarida astronomic
kuzatuvlarga bog’liq bo’lgan butunlay yangicha vaqt o’lchash tizimi paydo bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: |