Toshkent viloyati chirchiq davlat



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə1/3
tarix05.05.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#108385
  1   2   3
Toshkent viloyati chirchiq davlat



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI
“TARIX” KAFEDRASI


MUSTAQIL TA’LIM


MAVZU: Xronologiya fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti . Vaqtning dastlabki o’lchov biriklari



Bajardi:1kurs Tarix21/1guruh talabasi


Ashirboyev Shohruh
Tekshirdi:Sultonova Dilnoza Abdumajidovna

2021-yil


Mavzu: Xronologiyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti. Vaqtning dastlabki o’lchov birliklari.


Reja:



  1. Xronologiya fanining paydo bo’lish tarixi.

  2. Yevropa olimlarning xronologiya faniga qo’shgan hissalari.

  3. Buyuk mutafakkirlarimizning xronologiya fani haqidagi qarashlari va asarlari

mohiyati.

  1. Dastlabki o’lchov birliklar.


Kirish


Xronologiya (xrono... va ...logiyadan) — 1) tarixiy voqealarning davriy tadrijiyligi; 2) vaqt oʻlchovi haqidagi fan. Astronomik xronologiya fazodagi hodisalarning qaytarilib turish qonuniyatlarini oʻrganadi va aniq astronomik vaqtni belgilaydi. Tarixiy xronologiya — yordamchi tarix fani; turli xalqlar va davlatlar yil hisobi tizimi va taqvimlarini oʻrganadi, tarixiy voqealar sodir boʻlgan sanalarni va tarixiy manbalar yaratilgan vaqtni aniqlashda yordam beradi. Xronologiya taraqqiyot bosqichlarining vaqtini aniqlash demakdir. Bu esa alohida tarixiy voqealar, mehnat qurollari, hunarmandchilik va xoʻjalikning rivoji, uyjoylar, qishloqlar va shaharlarning qurilishi, davlatlarning tashkil topishi va madaniyat taraqqiyoti yutuqlari vaqtini aniqlashni anglatadi.

Arxeologik maʼlumotlarga asoslangan xronologiya yuz va ming yilliklar bilan oʻlchanadi. Bu murakkab usullarni aniqlashga tarixiy xronologiya fani yordam beradi. Tarixiy xronologiyaning obyekti tarixiy voqealar haqida ma’lumot beruvchi manbalar hisoblanadi. Tarixiy xronologiya tarixiy taraqqiyot davomida vaqtni hisoblash sistemasini o‘rganadi, ularning o'zaro bog’liqligini, vaqtlarni bir hisob sistemasidan ikkinchisiga aylantirish uslublarini ishlab chiqadi. Tarixiy xronologiya vuqoridagi hisoblash sistemasidan tarixiy vaqtlarni hisoblashda amalda foydalanadi va tarixiy manbalardagi sanalarning aniqligini tarixiy tahlil qiladi.


Insoniyatning xo‘jalik hayotidagi ehtiyoji vaqtni hisoblash zaruratini yuzaga keltirdi. Qadimda vaqtni hisoblashda tabiatning doimiy takrorlanib turuvchi hodisasi bo'lgan sutka, tun, kun, Oy fazalarining o'zgarishi. Yerning yillik aylanma harakatidan foydalanilgan.
Asta-sekin vaqtni aniq hisoblashga bo'lgan ehtiyoj yuzaga keldi. Buning uchun osmon jismlari harakatini, umuman, astronomiyani bilish zarur edi. Bundan tashqari, yana bir vazifani, kun, oy, yillar o‘rtasidagi farqlarni aniqlash zarurati ham tug‘ildi. Buning uchun esa matematik hisob-kitobni puxta bilish lozim edi. Tabiat hodisalarini kuzatish, vaqtni aniqlash uchun qo'llanilgan murakkab matematik hisob-kitoblar xronologivaning fan sifatida shakllanishiga asos sifatida xizmat qildi.
Bobil va Misr kabi qadimgi davlatlarda paydo bo'lgan xronologiya ayniqsa, Qadimgi Gretsiya va Rimda rivojlandi. Xronologiya bilim sohasi sifatida rivojlanishiga Qadimgi Gretsiya va Rim olimlari Eratosfen, Kalipp, Gipparx, Varron, Senzorin. Ptolomey, Makrobiylar katta hissa qo'shganlar.
Gipparx (eramizgacha L90—125-yiliar) birinchi bo'lib Oyning o‘l-
chamini va undan Yergacha bo'lgan masofani aniqlagan. Gipparx shaxsiy
kuzatuvlari natijasida Quvosh yilining uzunligini deyarli aniq hisoblab
chiqqan (xato 6 minut). Oiim o'sha davr uchun ulkan hisoblangan 850 ta
yulduzning holati katalogini tuzgan edi.
Klavdiy Ptolemey - mashhur «Almagest» asari muallifi. Bu asar
o'rta asrlargacha astronomiyaga oid asarlarning sarasi hisoblangan.
Shuningdek, Ptolemey sakkiz kitobdan iborat «Geografiya» asarining
muallifi hamdir. Ptolemey kartografik proyeksivalar nazarivasini ham
yaratgan. Ayniqsa. uning «Podshohlarning xronologik jadvali» asari
xronologiyaga oid muhim manba hisoblanadi.
Mark Terensiy Varron (eramizgacha 116-27-yillar) ham xronologiya
fanining rivojiga katta hissa qo'shgan. U qomusiy olim bo'lib olti yuzga
vaqin asarlar muallifidir. Mark Terensiy Varron asarlarining aksariyati
xronologiyaga bag’ishlangan.
VII asr oxiri VIII asrning birinchi choragida yashagan ingliz monaxi,
solnomachi Beda Dostopochtenniy xronologiyaga oid «Dunyoning olti
yoshi» nomli asar muallifidir. Uning mazkur asarida xristian erasining
asoslari haqida maTumot beriladi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin