Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism 1.Salomlashish. Davomatni aniqlash.O`quvchilarning nutqiy kompetensiyasini oshirish.
2 Sinfni va o`quvchilarni darsga hozirlash.
O`qituvchi o`quvchilar bilan salomlashib davomat aniqlab olinadi. O`qituvchi o`quvchilarga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilganligini, shu sabali u ham o`quvchilar bilan yaqindan muloqotda bo`lishi uchun “Keling tanishaylik” o`yinini o`tkazadi. O`quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini oshirish maqsadida bugungi kun yangiliklari haqida o`quvchilar bilan suhbat uyushtiriladi.So`ngra o`qituvchi darsni jismoniy tarbiya darsi bilan uzviy bog`lagan holda olib boradi. Shuningdek 2016 – yilda Braziliyada bo`lib o`tgan yozgi olimpiada o`yinlarida O`zbekiston sportchilari juda yaxshi ko`rsatkichlarni egallab, bayroqg`imizni yuksaklarga ko`targanliklarini aytib o`tdi. Bugungi darsda ham o`quvchilar O`zbekiston Respublikasi bayrog`ini dunyodagi eng baland cho`qqi Everest cho`qqisiga olib chiqishlarini, buning uchun bu cho`qqiga sayohat qilish vaqtida bir nechta shartlarni bajarishlari lozimligini aytadi. Sinf o`quvchilari ikki guruhga bo`lindilar. 1-guruh o`zlariga “Barkamol avlod”, 2-guruh esa “Sog`lom avlod” deb nom qo`ydilar va bu o`yinda qaysi guruh g`olib bo`lsa, o`sha guruh “Everest cho`qqisi” ga bayroqni olb chiqqan hisoblanadi. (shu o’rinda o’quvchilarda umummadaniy, shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetentsiyalari shakllantiriladi).