461-mashq. “To’g’risini top” deb nomlanadi. Bu o’yinda o’quvchilar gaplarni yozadilar,gaplardan tovush hodisasi ro’y bergan so’zlarni topadilar ,ularning javoblari quyidagi slaydda monitor orqali namoyish etiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash Yangi mavzuni mustahkamlashda o`qituvchi “Adashtirdim topingchi?” O`yinidan foydalanadi. Guruhlar kichik guruhlarga bo`linadi. Bunda grurhlarga yana O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qisssasidan parcha ekran orqali namoyish etiladi. Unda o`quvchilar qissadan berilgan ma’lumotlar ichidan xato ma’lumotlarni ajrata olishlari lozim.
Uy vazifasi berish: 462-mashq asosida o`quvchilarning qiziqishiga qarab matn yaratib kelish, matnda tovushlarning orttirilishiga va tushib qolishiga uchraydigan so`zlardan foydalanish uy vazifa qilib beriladi.