Toshkent viloyati shaharlari urbanotoponimlarini tarixiy etimologik aspektda lingvomadaniy tadqiqi haqida


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 269,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix20.11.2023
ölçüsü269,78 Kb.
#162965
1   2   3   4   5   6
toshkent-viloyati-shaharlari-urbanotoponimlarini-tarixiy-etimologik-aspektda-lingvomadaniy-tadqiqi-haqida

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 878 www.ares.uz 
ham bor. Zarkat (Zarkent), Parkat (Parkent), Nanay, Burchmulla kabi nomlar shular 
jumlasidandir. Farg„ona tumanida Chimyon shaharchasi, Qo„rg„ontepa tumanida 
Chimyon qishlog„i bor. Farg„onadagi Chimyonni tojikcha talaffuz asosida ruslar 
Chimion, Bo„stonliqdagi Chimyonni esa o„zbekcha talaffuz asosida Chimgan yozib 
kelishadi. Chim-chem unsuri o„zbekchada ko„p marta takrorlanadi. Chem (chim) 
sug„d tilida “g„ov”, “to„siq”, “ihota”, “qo„rg„on” degan ma‟nolarni anglatadi. H. 
Hasanov Mahmud Qoshg„ariyning “Devonu lug„otit turk” asaridagi “o„tloq” 
ma'nosidagi “chimgan” so„ziga nisbat berib, “Chimyon” toponimini “serchim joy” 
deb izohlagan [10, 199]. 
Toshkent viloyati toponimlarini, xususan, urbanotoponimlarini tarixiy-
etimologik jihatdan diaxron aspektda tadqiq qilishda mazkur toponimlarning tub 
ma‟nosi, ushbu nomlarning kelib chiqishi hamda davrlar silsilasidagi talaffuzida 
yuzaga kelgan o„zgarishlar natijasida ularning anglatgan ma‟nosidagi talqinlar 
versiyasi haqida tayanch manba sifatida V.V. Bartold, M.S. Andreyev, S.P. Tolstov, 
Y.G„. G„ulomov, B.A. Ahmedov, A.R. Muhammadjonov, M. Masson, O.D. 
Chexovich, A.A. Semenov, O.A. Suxareva kabi olimlarning tarixiy-geografik 
asarlarida qayd etilgan ma‟lumotlardan foydalanish mumkin.
XULOSA
Respublika joy nomlarining kelib chiqishi tarixini va millat, qabila, elat, urug„-
aymoq nomlarining kelib chiqish tarixini (etnogenezini) hamda geografiyaga oid 
atamalarni o„rganishda zahmatkash olimlarimizdan Y.G„. G„ulomov, R.N. Nabiyev, 
A.R. Muhammadjonov, F. Abdullayev, S. Ibrohimov, O„zbekistonda birinchi 
toponimik kartoteka tuzishda ishtirok etgan H. T. Zarifov, etnograflar – E. Fozilov, 
M. Shoabdurahmonov, X. Doniyorov, R. Qo„ng„irov, geograflar – H. Hasanov, S. 
Qorayev kabilarning ishlari diqqatga sazovordir.
Toponimika shaharlar, qishloqlar, daryolar, ko„llar, tog„lar kabi geografik 
nomlarni, ularning kelib chiqishini, tarixini o„rganar ekan, bu fan geograflarga ham, 
tilshunoslarga ham, tarixchilarga ham boy ilmiy material beradi. Demak, toponimika 
uchta katta soha: tilshunoslik, geografiya, tarix oralig„idagi fandir; 

Yüklə 269,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin