ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 875 www.ares.uz
sharqida Terri Lapideya degan joy ko„rsatilgan [11].
Olimlar ana shu yunoncha
nomni “Toshqo„rg„on” deb tarjima qilib, Toshkentga nisbat berishgan. Toshkent
shahrining
nomi yozma manbalarda Choch, Chochiston, Shosh, Shoshkent
shakllarida ham uchraydi. “Choch” so„zi ham sug„d tilida “tosh” demakdir. Shosh esa
Choch nomining arabcha shaklidir. Choch yoki Shosh
deganda Toshkent hamda
uning atroflari tushunilgan. Yozma manbalarda kelltirilishicha, Toshkentning
qadimgi nomi “Choch” bo„lgan [4, 18]. Toshkent arablar tomonidan bosib olingach,
arab alifbosida “ch” harfining yo„qligi bois. asarlarda "Shosh” deb yuritilgan. Ilk
o„rta asrlarda shahar “Choch”, “Shosh”, “Shoshkent" deb nomlangan.
X asrda
noma‟lum muallif tomonidan fors-tojik tilida yozib qoldirilgan “Hudud ul-olam”
(“Dunyoning sarhadlari”) nomli asarda bundav deyiladi: “Choch katta viloyat, xalqi
jangovar, boy va saxiydir. U yerda o„q-yoy tayyorlanadi. Binkat Chochning poytaxti.
Bu katta shahar, ayni vaqtda podshoning qarorgohidir” [2, 22]. Arab olimlaridan
Istaxriy,
Ibn Havqal, Muqaddasiy va boshqalar (IX–X asrlar) o„z asarlarda Shosh
viloyatining markazi Binkat shahri deb ko„rsatganlar. Binkat hozirgi Eski Jo„va va
Chorsu oraligida bo„lgan. Binkat nomi forscha-tojikcha bo„lib, “ko„rimli shahar”
demakdir (“bin” – “ko„rinish, “ko„zga tashlanish”, “kat” sug„dcha “shahar, qishloq,
manzilgoh” degan ma‟noni bildirgan). Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy
o„zining “Qonuni Ma‟sudiy” asarida “Binkat bu –
Shoshning poytaxti, turkiy tilda
“Toshkand”, yunonchadan arabchaga tarjima qilsang, “Burj al-hijori” (“Tosh minora”
) deb yozgan [1, 87]. Beruniyning so„zlarini boshqa olimlar ham tasdiqlagan.
Masalan, Mahmud Koshg„ariy o„zining “Devonu lug„otit turk” asarida “Tarkan –
Shoshning nomi, uning asli nomi Toshkand bo„lib, “g„ishtdan
qurilgan shahar
demakdir”, – deb yozgan [8, 218]. Demak, poytaxtimiz nomining “Toshkent” shakli
birinchi bor Abu Rayhon Beruniy asarlarida uchraydi va shahar boshqa nomlar bilan
ham atalgan. Nihoyat hozirgi nomi tilimizdan qat‟iy o„rin olgan.
Toshkent haqida ozmi-ko„pmi ma‟lumotlar XIV–XIX asrlarda O„rta Osiyoning
siyosiy, harbiy va madaniy hayoti haqidagi asarlarda ham uchraydi. Shaharning XIX
asr tarixi, topografiyasi (geografiyasi), jumladan, uning toponimlari haqidagi
ma'lumotlar Muhammad Solihning “Tarixi jadidayi Toshkand” (“Toshkentning yangi
tarixi”) asarida uchraydi. Mazkur qo„lyozma fors-tojik tilida bitilgan bo„lib, hozirda
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Asar asli
Toshkent viloyati tarixi haqida bo„lib, muallif shahar tarixini butun o„lkada kechgan
voqealar ko„lankasida yoritgan. Endi Toshkent viloyatida joylashgan ba‟zi shaharlar
nomlarining kelib chiqishini tarixiy-etimologik nuqtayi nazardan ko„rib chiqamiz.