Toshkent xalqaro molyaviy boshqaruv va texnalogiyalar unversiteti mustaqil ish


-maqsad: Norma ijodkorligi jarayonini modernizatsiya qilish, qonunchilik hujjatlarining qat’iy ijrosini ta’minlash



Yüklə 145,84 Kb.
səhifə5/33
tarix20.11.2023
ölçüsü145,84 Kb.
#166464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Otajonov Holbek3

8-maqsad: Norma ijodkorligi jarayonini modernizatsiya qilish, qonunchilik hujjatlarining qat’iy ijrosini ta’minlash. Qonun ijodkorligi jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish amaliyotini takomillashtirish. Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligi, sifati va samaradorligini ta’minlash maqsadida “aqlli tartibga solish” modeli elementlarini qo‘llash doirasida qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholashni rivojlantirish va kengaytirish. Huquq tizimining raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiyotning yangi drayverlarini harakatga keltirish doirasida zamonaviy texnologiyalarga va raqamli faoliyatga bo‘lgan talablarni qayta ko‘rib chiqish. Sohalarda “tartibga solish yuki”ni kamaytirish doirasida qonunchilik hujjatlarini qisqartirish, davlat organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish vakolatiga ega davlat organlari doirasini qisqartirish, shuningdek ushbu hujjatlar sonini maqbullashtirish ishlarini davom ettirish. 9-maqsad: “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish. Davlat xizmatlarini mobil ilovalar orqali ko‘rsatishni kengaytirish. Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni identifikatsiya qilishning Mobile ID tizimini joriy qilish. “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali davlat organlari hamda xususiy tijorat tashkilotlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish asosida byurokratik jarayonlarni qisqartirish. Shaxsga doir ma’lumotlarning himoyasini ta’minlaydigan ruxsat berish hamda xabardor qilish tizimini joriy etish. Fuqarolarga muddatli, muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni berish va almashtirishni hamda kompozit davlat xizmatlarini ularning murojaatini kutmasdan turib taklif etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. Keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, ularga qulayliklar yaratish. “Raqamli idora” loyihasi doirasida davlat organlarida ish yurituvini raqamlashtirish orqali ma’muriy tartib-taomillarni optimallashtirish va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish. “Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyotini bekor qilish. Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyotini kengaytirish. Davlat xizmatlarini raqamlashtirish va ularning 20 foizini xususiy sektorga o‘tkazish. 
Yüklə 145,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin