Mexanik presslash mashinalarining mahsuldorligi soatiga 5 ming dona g‘ishtga teng. Lentali presslash mashinasining mahsuldorligi esa 10 ming dona soatga teng
Mexanik presslash mashinalarining mahsuldorligi soatiga 5 ming dona g‘ishtga teng. Lentali presslash mashinasining mahsuldorligi esa 10 ming dona soatga teng. Yog‘och qi piqlari aralashtirib tayyorlangan g'ishtlar ham muhim ahamiyatgaegabo‘Iib, pishirilgandaqipiqlar yonib ketishi tufayli g‘ovak g‘ishtlar hosil bo‘ladUBunday g‘ovak g‘ishtlar issiqlikni yaxshi saqlab turish (izolyatsiyalash) xossasiga ega bo‘ladi. Ichi bo‘sh - g‘ovak g‘ishtlar ham keng qo‘llaniladi. Uni tayyorlash uchun lentali presslash mashinasining mushtugiga temall sterjen o‘rnatiladi va steijen g‘isht orasida qolib g‘ovak hosil qiladi. Presslash mashinalarida esa steijen loyni bosib unda g‘ovaklar hosil qiladi. Yuqori harorat ta’sirida ishlovchi apparatlar va metallurgiya pechlarini qurishda o‘tga chidamli g‘ishtlar ko‘p ishlatiladi. Oltga chidamli g‘ishtlaming issiqlik ta’sirida kengayish koeffitsienti kichik bo‘lishi kerak, haroratning keskin o‘zgarishiga chidamli bo‘lishi, mexanik mustahkamligini saqlab qolishi, suyuq metall va shlak ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak. 0‘tga chidamli materiallaming muhim guruhiga alyumosilikatli materiallar kiradi. Ular tarkibiga qarab $arim nordon (6T^~3an ko‘proq Si02 va 30 %dan kamroq Al203)4shomotli (30—45%AI2O3) va'glinozyomliga (aluminiy oksidli 4 5%dan ko‘proq A1203) bo‘linadi. Bulardan eng ko‘p ishlab chiqariladigan shomotli o‘tga chidamli materiallardir. Uni olish uchun asosiy xomashyo o‘tga chidamli giltuproq - kaolin (Al,0.,-2Si0,-2H,0) bo‘lib tarkibida kvars (Si02- minerali), organik moddalar va~ boshqalar bo‘ladi. Xomashyo kuydirilib sovutiladi va yaxshilab kukun holiga kelguncha maydalanadi. Maydalangan shomot kukuni o‘tga chidamli tuproq bilan 1:1 yoki 4:1 nisbatda aralashtirilib suv bilan loy qorilib g‘isht tayyorlanadi va qayta 1300—1450°C da pishiriladi. Pishirilganda kaolin parchalanib mullit hosil bo‘ladi: