Toshkent yangiyul poligraph service


Pechning osti qo‘zg‘aluvchan bo‘lib



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə120/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

Pechning osti qo‘zg‘aluvchan bo‘lib, ulita deyiladi. Ulitaning aylanishi natijasida hosil bo‘lgan ohak pechning ostki teshigiga tushadi va pechdan chiqarib olinadi. Pechda qarama- qarshi oqim prinsipi qo‘llaniladi hamda hosil bo'lgan ohak va karbonat angidridning issiqligidan shixta va pechga kiritiladigan gazni qizdirishda foydalaniladi. Pechdan chiquvchi gaz 30 % karbonat angidrid saqlaydi va u ham turli sohalarda (soda, kant, karbamid, quruq muz va boshqalar olishda) ishlatiladi. Shuning uchun ham u havoga chiqarib yuborilmay balki, ushlab olinadi. Buning uchun gaz siklon apparatlarda yoki elektrofiltrlarda changdan tozalaniladi, so‘ngra nasadkali minoralarda suv bilan yuviladi va potash eritmasiga yuttiriladi, natijada hosil bo‘lgan kaliy gidrokarbonati 70—80°C haroratda qizdirilib parchalanadi.
2KHC03 ^СОз+СС^+Нр
Olingan C02 ko‘ritiladi va kerakli joyda bevosita yoki bosim ostida suyuqlantirilib ishlatiladi. Olingan ohak esa so ‘ndirilmagan ohak deyilib, u suv bilan so'ndiriladi. So‘ndirish jarayoni maxsus so'ndir- gichlarda (gidrotatorlarda) olib boriladi. So'ndiruvchi suv ko'proq solinsa, so‘ndirilgan ohakning xamirsimon massasi hosil bo‘ladi, kam solinganda esa kukun holidagi ohak hosil bo‘ladi. So'ndirilgan ohakning bir qismiga qism qum yoki bir qismiga sement va qism qum aralashtirilib, suv bilan loy qorilganda ohakli yoki ohak-sementli eritma deb ataluvchi xamirsimon massa hosil bo'ladi, bunday eritmadan g‘isht terishda bog‘lovchi modda sifatida yoki uy devorlarini andova (shtukatura) qilishda foydaniladi. Bu loy qotganda suv bug‘lanib ketishi natijasida eritmadan Ca(OH)2ning mayda kristallchalari ajralib chiqadi hamda havo tarkibidagi C02 ta’sirida ohak CaC03ga aylanadi:

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin