Toshkent yangiyul poligraph service


II BOB. KATALITIK JARAYONLAR



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə64/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

II BOB. KATALITIK JARAYONLAR
Kataliz kimyoviy reaksiyalami tezlashtirishning eng samarali va ratsional vositasidir. Kataliz hodisasini birinchi bo‘lib, arab alximigi Abu Musa Jarib 702- yilda sulfat kislota ishtirokida spirtdan efir olish misolida kuzatdi. XVIII asr oxirlari va XIX asr boshlarida kimyo fanida kataliz hodisasini sistemali o‘rganila boshlandi. Kataliz so‘zi yunoncha «katalysis» so‘zidan olingan bo‘lib, «buzish» ma’nosini anglatadi. Katalizator so‘zini 1835- yilda Berselius fanga kiritdi.
Katalizator ta’sirida kimyoviy reaksiya tezligining o‘zgarishi ortishi hodisasiga kataliz deyiladi. Katalizatorlami sanoatda qo‘llash kun sayin ortib bormoqda. So‘nggi yillarda o‘zlashtirilgan yangi ishlab chiqarishlaming 90 % dan ko‘prog‘ida katalizatorlar qo'llaniladi. Katalitik reaksiyalar kimyo va termodinamikaning umumiy qonuniyatlariga bo‘ysunadi, ammo katalizatorlaming ta’siri kimyoviy jarayonlami amalga oshishini ancha osonlashtiradi. Katalizatorlar reaksiya tezligini minglab, hatto millionlab marta oshiradi reak­siyalami nisbatan past haroratda borishini ta’minlaydi. Demak, iqtisodiyjihatdan ham foydali. Ko‘pgina ishlab chiqarish jarayonlarini katalizator tufayligina amalga oshirish mumkin bo‘ldi.
Kataliz muhim anoiganik mahsulotlar: vodorod, ammiak, sulfat va nitrat kislotalarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Kataliz, ayniqsa, organik moddalar ishlab chiqarish texnologiyasida keng qo‘llaniladi. Masalan, katalizatorlar qo‘llash bilan polimerlar, sintezlash uchun yarim mahsulotlar olinadi. Polimerlanish va polikondensatlanish reaksiyalari ham katalizator ishtirokida boradi. Neftni qayta ishlash usullarining ko'pchiligi katalizator qo'llashga asoslangan. Masalan, katalitik kreking, riforming, izomerizatsiya, aromatizatsiya, uglevodorodlami alkillash va boshqalar. Tirik tabiatda amalga oshadigan kataliz prinsiplaridan foydalanish bir qator ishlab chiqarish tarmoqlarini ratsional qayta qurish va oziq-ovqat resurslarini kengaytirish imkonini bergan bo'lar edi.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin