1- §. Kataliz turlari va uning mohiyati Reaksiya tezligini o'zgartiradigan, lekin o‘zi reaksiya natijasida kimyoviy jihatdan o'zgarmaydigan moddalar katalizator deyiladi. Ko'pchilik kimyoviy reaksiyalar oraliq aktiv kompleks hosil qilish orqali boradi. Reaksiyaning kinetik xossalari: tezligi, yo‘nalishi va unga har xil tashqi sharoitning ta’siri, aktiv kompleksning tarkibi, tuzilishi, xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Katalizatorlar reagentlar bilan ko‘p martalab kimyoviy ta’sir- lashib katalizator massasidan minglab, millionlab marta katta massali mahsulot hosil qiladi. Ular reaksiyaning oraliq bosqichlarida ishtirok etib, elementar bosqichlar sonini va xarakterini o'zgartirishi mumkin. Masalan, A + В = D + ... biomolekular reaksiya uchun reaksion sistemaning energetik manzarasini ko‘rib o4aylik. Katalizatorsiz reaksiya AV* aktiv kompleks hosil qilish bilan boradi. Katalizatorlar ishtirokida esa reaksiya boshqa yo‘l bilan, bir necha elementar bosqich orqali boradi: A + [Kat] = A[Kat] (a) A [Kat] + В = AB*[Kat] (b) (d)
52- rasmda reaksiyaga kirishuvchi sistemaning katalizatorsiz va katalizator ishtirokida eneigiyasining o‘zgarishi ko‘rsatilgan. Bunda, E — nokatalitik reaksiyaning aktiv- lanish energiyasi; Ek — katalitik reaksiyaning aktivlanish energiyasi /( va l2 oraliq bosqichlarining (a) va (b) aktivlanish energiyasi ER < E, bu farq ДЕ ga teng bo‘lib, katalitik reaksiyaning nokatalitik reaksiyaga nisbatan tezlik darajasini aniqlaydi. Katalizatoming reaksiyani tezlashtirishiga sabab, uning reaksiyagi initsiator kabi ta’sir etib, zanjirli mexanizm bo‘yicha borishining ta’minlanishi yoki reaksiyaning borish yo‘lini o‘zgartirishi
orqali kimyoviy reaksiyaning aktivlanish energiyasini kamay- tirishdadir. Ammo ba’zi bir tip katalitik reaksiyalarda E ning kamayishi bilan bir qatorda Arrenius tenglamasidagi predeksponensial ko‘paytmaning kamayishi ham sodir bo‘ladi. £