Kimyoviy texnologik jarayonlami takomillashtirishning istiqbolli usullari. Kimyoviy texnologik jarayonlami yangi shakllanish, ya’ni vujudga kelish bosqichda bo‘lgan yangi usul va usullami tatbiq etish yo‘li bilangina takomillashtirish va jadallashtirish mumkin. Bunday usullarga fotokimyoviy, radiatsion-kimyoviy, biokimyoviy, plazmokimyoviy jarayonlar va ultratovushdan foydalanish kabilar kiradi. Radiatsion-kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar, kimyoviy reaksiyalami qo‘zg‘ash, ya’ni aktivlash va tezlatish mexanizmlari bo'yicha odatdagi katalitik jarayonlarga o‘xshaydi.
Radiatsion-kimyoviy jarayonlar yuqori quwatli katta energiyani ionlovchi nurlanishi (nur sochish yoki nur chiqarish) ta’sirida boradi. Bunda qo‘zg‘ovchi, ya’ni jarayonni tezlatuvchisi, elektromagnit nurlanish (rentgen va у —nurlanish) va katta energiya- ning zaryadlangan zarrachalaridir (tezlashgan elektronlar a va (i zarrachalar, protonlar va boshqalar). Reaksiyaga kirishuvchi sistemaga ionlovchi nurlanishning ta’sir mexanizmi bu reaksiyaga kirishuvchi moddalaiga energiya o'tkazishdan iboratdir. Bunda awal zaryadlangan zarrachalarning reagentlar molekulalari bilan to‘qnashuvi natijasida beqaror aktiv molekula hosil boMadi, so'ngra u molekula atomlaiga parchalanadi yoki qo‘zg‘almagan molekula bilan reaksiyaga kirishib ionlar yoki erkin radikallar hosil qiladi. Erkin radikallar ham ionlar
ham o‘zaro bir-biri bilan yoki hali mahsulotga aylanmagan molekulalar bilan birikib reaksiyaning oxirgi tayyor mahsuloti hosil bo‘ladi.
Radiatsion-kimyoviy jarayonlar juda katta tezlikda boradi, chunki ularda aktivlanish energiyasi aktivlanmagan molekulalarning reaksiyalariga qaraganda, keskin kamayadi. Radiatsion-kimyoviy reaksiyalarda energetik g‘ov unchalik katta emas (20 — 40 kJ/mol atrofida). Shu sababli ko'pgina radiatsion-kimyoviy jarayonlar nisbatan past haroratda olib boriladi. Radiatsion-kimyoviy jarayonlarni tadqiq qilish, ishlab chiqish va ularni ishlab chiqarishga tatbiq etish yangi radiatsion-kimyoviy texnologiya ishtirokida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishga tatbiq etilgan radiatsion-kimyoviy jarayonlarga awalo galogenlash, sulfolash, qo‘shbog‘ga birikish va boshqa reaksiyalar kiradi.
Radiatsion usul yuqori molekular birikmalar texnologiyasida polemerlashjarayonlarida hamda makromolekulalami «tikish» yo‘li bilan polimerlami «termik» barqarorligi va mexanik mustahkamligini oshirishda qo‘llaniladi. Kauchukni radiatsion vulqonlash jarayoni, polimer materiallaridan buyumlar: plyonka (yupqa parda), quvurlar, kabel izolyatsiyalar va boshqalami tayyorlash ishlab chiqarishga tatbiq etilgan.
Biokimyoviy jarayonlar kimyoviy texnologiya uchun juda istiqbollidir. Ular juda aktiv tabiiy katalizatorlar — fermentlar va garmonlar hamda ushbu katalizatomi saqlovchi mikroorganizmlar ta’sirida tirik organizmlarda atmosfera sharoitida (harorat va bosimni oshirmay) boradi. Biokimyoviy jarayonlaming sanoatda imkoniyatlari cheksiz, ammo hali ular to‘liq o'rganilgan emas. Yaqinda fanning yangi bir tarmog'i texnik mikrobiologiya (biotexnologiya) paydo bo‘ldi, u xilma -xil kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishning biokimyoviy usullarini o'rganadi.
Antibiotiklar, vitaminlar, garmonlarni mikrobiologik sintezi amaliyotiga tatbiq etilgan. Texnik mikrobiologiyaning istiqbolida atmosfera azotini fiksatsiyalash (biriktirib olish), oqsil va yog1 sintezi, oltingugurtni S02 va S03 gacha oksidlash va aksincha oltingugurtni uning birikmalaridan qaytirib olish, rudalardan metallami mikrobiologik usulda ajratib olish kabilar bor. Ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarini, jumladan, oqsilni mikrobiologik sintez usulida olish benihoyat katta ahamiyatga egadir.
Ma’lumki, butun dunyoda oqsil mahsulotlari tanqisligi sezil- moqda. Bu muammoni yechish yo‘llaridan biri mikrobiologik usulda oqsil moddalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdir.
Bir qator biokimyoviy jarayonlar, anchadan buyon sanoatda oqsil, oziqa turushlari, turli xil achitishlar yordamida spirtlar, kislotalar olishda, oqova suvlarini biologik usulda tozalash kabilarda qo‘llanilib kelinmoqda.Tirik organizmlarda amalga oshadigan kataliz prinsiplarini modellash, qator ishlab chiqarish tarmoqlarini qayta qurish, oziq-ovqat resurslarini kengaytirish imkonini beradi.
|