Toshkent yangiyul poligraph service


§. Xossalari, ishlab chiqarish usullari va ishlatilishi



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə75/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

§. Xossalari, ishlab chiqarish usullari va ishlatilishi

Xossalari. Kimyoviy toza sulfat kislota (monogidrat) og‘ir, moysimon, rangsiz, hidsiz, suyuqlik bo'lib 96% li (massa bo‘yicha) zichligi 1,84 g/sm3 , 104,6° С da qotadi, muzlaydi va 338,8°C da qaynaydi. Suv bilan cheksiz miqdorda aralashadi, bunda ko‘p issiqlik ajralib chiqadi.
Suvda eriganda 3 xil gidratlar hosil qiladi. (H2S04-tf20, H2S04 ■ 2H20,H2S044H20) SOz ham sulfat kislotaning monogid- ratida n molekula erib, eritma-oleum hosil qiladi. Oleum havoda tutaydi, chunki undan S03 desorbsiyalanib turadi.
Sulfat kislotaning monogidrati olti xil konsentratsiyali gidratlar hosil qila oladi. Ular individual kimyoviy birikmalar bo‘lib, qattiq holatlarda bir-birida erimaydi, balki evtektik aralashma hosil qiladi. Ularda S03 ning massa ulushi 0 %dan 64,35 % gacha bo'ladi. 64,35 % dan 100 % gacha S03 saqlasa bunday konsentratsiyali oleum, muzlaganda qattiq eritma hosil qiladi. (55- rasm).
Shuning uchun ham qish paytida S03 ning konsentratsiyasiga yaqin konsentratsiyali kislota ishlab chiqarish mumkin emas, chunki bunday eritmadan kristall cho‘kishi va kislota quvurlarini, ombor- larini, nasoslarini, isitiladigan apparatlarni to‘ldirib, to‘sib qolishi mumkin. Ishlab chiqariladigan barcha kislota turlari evtektik aralash- maga yaqin bo‘ladi. Sulfat kislotasining quyidagi turlari sanoatda ishlab chiqariladi: kuporos moyi va akkumulyator kislotasi 92—93 % li, oleum — 20,65 % li, minorali kislota 75 % li.
98,3 % li sulfat kislota azeotrop aralashma bo‘lib, uning qaynash va bug‘larning kondensatsiyalanish haroratlari bir xildir, ya’ni 336,8°C (56- rasmda suyultirilgan sulfat kislotasining va suvsiz S03 ni sulfat kislotada qaynash diagrammasi berilgan). Bu diagrammadan oltingugurt (VI) oksidini absorbsiyalashda — sulfat kislotaga aylantirishda suyultirilgan sulfat kislota eritmasini qizdirib konsen- tratsiyasini oshirishda foydalaniladi. Diagrammadan ko'rinib turibdiki, 85 % dan suyuq sulfat kislota 200°C gacha qizdirilganda deyarli suv bug'lanadi, bug‘ tarkibida kislota deyarli bo‘lmaydi. 93 % li kislota qizdirilganda esa bug‘ tarkibi suyuqlik tarkibidan farq qilmaydi. Shu sababli kislota konsentratsiyasini qizdirish yo‘li bilan oshirganda 92 % li bo‘lguncha oshiriladi.


  1. Yüklə 5,3 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin