Keramik bo‘yoq sifatida asosan turli metallaming oksidlari va tuzlari ishlatiladi: silikatlar, boratlar, aluminatlar. Temiri oksidi (Fe203) to‘q sariqdan qo‘ng‘iigacha turli rang beradi, Xrom oksidi (Cr203)
yashil, xrom oksidi bilan kaliy oksidi (K20) — och-qizil, kobalt oksidi — ko‘k, qo‘rg‘oshin va natriy birikmalari — binafsha, mis oksidi (CuO) — ko‘k, surma oksidlari — to‘q sariq ranglar hosil qiladi. Buyoqlar buyumlarga birinchi kuydirilgandan keyin yoki ikkinchi kuydirilgandan va glazurlangandan keyin, glazur ustiga beriladi va shundan so‘ng yana bir marta kuydiriladi.
Keramik buyumlar maxsus davriy yoki uzluksiz ishlovchi pech- larda kuydiriladi. Nisbatan afzalligi, foydalirog‘i uzluksiz ishlovchi tunelli pechlardir (40- rasm).Tunelli pechlarda uzun (160 metrgacha uzunlikda) kuydirish kanali bo'lib, u kanal ichida temir yo‘l o‘matilgan. Temir yo‘ldan kuydiriladigan buyumlar ortilgan vagonlar davriy ravishda harakat qilib turadi. Vagonlaming ichi o‘tga chidamli g‘ishtlar bilan qoplangan, harakat qilganda bir-biriga yaqin kelib zichlashadi va relsni hamda vagonlami, ostki temir qismlarini issiqlikdan himoya qiluvchi to'siq vazifasini ham o‘taydi. Vagonlarining yon tomonlarida metall qalqonlar o‘matilagan bo‘lib, qalqonlar vagonlar bilan birga qum to‘siq vazifasini ham o‘taydi (issiqlik o‘tkazmalik uchun qo‘yilgan yopqich) orqali harakat qiladi.
Pech gaz yoki suyuq yoqilg‘i bilan yoqib qizdiriladi. Vagon- chalardagi buyumlar ketma-ket uchta zonadan: qizdirish, kuydirish va sovitish zonalaridan o‘tadi. Pechga kiritilgan buyumlar kuydirish zonasida yoqilg‘ini yonishidan hosil bo'lgan issiq gazlar oqimida taxminiy qiziydi. So'ngra vagonchalar kuydirish zonasiga o‘tdi. Bu yerda buyumning kuyish jarayoni boradi, unda haroratning 1000—1700°C da bo‘ladi. Shuning uchun ham bu zona yuqori haroratga chidamli sifatli g‘ishtlar bilan qoplangan bo‘ladi. Yoqilg'i yonishi uchun kerak boiadigan havo, sovitish zonasidan kirib, vagonchalardagi buyumlami sovitadi va o‘zi qizib maxsus kanalchalar orqali garelkaga kiritiladi. Kuydirish zonasidan chiqgach, vagonchalar sovitish zonasiga o'tadi va bu yerda buyumlar sovigan pechdan chiqarib olinadi. Tunelli pechlarda qarama-qarshi oqim prinsipi va yoqilg‘i yonishidan hosil bo'lgan issiq gazlardan foydalanilganligi tufayli yoqilg'ini ancha iqtisod qilish imkonini beradi hamda jarayonning to'xtovsiz borishi, mexanizatsiyalanganligi bunday pechlaming yuqori mahsuldorligini (yiliga 150 ming tonnagacha) ta’minlaydi. Keyingi yillarda pUtalar va yupqa idishlami kuydirishdan konveyrli pechlardan foydalanilmoqda. Bunda buyumlar o‘tga chidamli g'ildirakchali taglikda harakat qiladi. Buyumlami kuydirish muddati bir tekisda qizdirilganligi va sovitilganligi tufayli bir necha soatlarda tugaydi. Tunelli pechlarda esa bir necha sutkada tugashi yuqorida aytilgan edi. Respublikamizda chinni va fayans buyumlar ishlab chiqarish sanoati ancha kech barpo etildi. Eng keksa (birinchi) chinni zavodi Toshkent chinni zavodidir. U 1954- yilda qurilib, mahsulot bera boshladi. Keyinchalik Samarqand chinni zavodlari (1975- yil), Angren keramika kombinati (1976- yil), Quvasoy chinni zavodlari (1979- yil) qurildi. Hoziigi paytda 0‘zbekistonning chinnilari nafaqat respublikamizda balki, chet ellarda ham mashhur bo'lmoqda. §. Mineral bogMovchi moddalar
Bog‘lovehi modda deb, suv bilan aralashtirilganda suyuq yoki plastik-xamirsimon massa hosil qilib, ma’lum vaqt o'tgach qotib, qattiq toshga aylanuvchi moddalarga aytiladi.