Toshkent yangiyul poligraph service



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə115/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

Al203-2Si02-2H20 = 2H20+Al203-2Si02, 3(Al203-2Si02) = 3Al203-2Si02+4Si02
Mullit
Bu reaksiyada ajralib chiqqan Si02 xomashyo tarkibidagi begona aralashmalar bilan biiga qo‘shilib suyuqlanadi va mullit zarrachalarini bir-biriga bog‘laydi, yopishtiradi. Bunday shomot g‘ishtlari 1600— 1750°C gacha o‘z mustahkamligini saqlaydi. U kislotali va asosli shlaklaiga hamda suyuq shishaga chidamli bo‘ladi. Binolarning old tomoni devorini bezash uchun ishlatiladigan g‘ishtlar va plitachalar xom shomotli materiallarga kiradi. Glinozyomli materiallar ham shomotli materiallardek tayyorlanadi. Bunda xomashyo sifatida sillimonit va kianit (Al203 Si02) minerallari yoki o‘tga chidamli tuproqqa glinazyom (A1203) qo‘shib foydalaniladi. Bunday g‘ishtlar 1750—1950°C gacha chidamli bo‘ladi. Glinozyomli g‘ishtlar asosan elektropechlar, shisha suyuqlantirish pechlari va tunnel pechlarini
qurishda ishlatiladi.
Keng tarqalgan o‘tga chidamli materiallardan yana birijlinasdir) Dinas tarkibida 93 %dan kam kvars (Si02) saqlamaydi. Kuydinlganda boshqa minerallarga(tridimit va kristobalitga) aylanadi. Dinas xomashyosi kvarsit bo‘lib, u kuydirib, maydalanib va elanib olingach bog‘lovchi materiallar: aluminiy oksidi, temir oksidi va boshqalar qo‘shiladi, so'ngra suv qo'shilib loy qoriladi va mexanik presslash mashinalarida shakl berilgach buyum kuydiriladi. Kuydirish jarayoni juda ehtiyotkorhkni talab etuvchi operatsiyadir. Kuydiiganda hajmning ortishi bilan jarayon, ya’ni kvarsning polimorf o‘zgarishi sodir boMadi. Natijada tridimit va kristobalit hosil bo‘ladi. Kuydirish paytida 3—4 sutka davomida harorat sekinlik bilan bir tekisda oshirib boriladi.
Sovutilganda ham bir tekisda ohistalik bilan 3—4 sutka mobaynida sovutiladi. Dinas nordon g‘isht bo‘lib, nordon shlaklarga juda chidamli bo'ladi. Uning o‘tda chidamliligi 1690- 1730°C gacha bo‘ladi. U asosan, shisha pishirish pechlari va koks pechlarini qurishda ishlatiladi.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin