Toshkent yangiyul poligraph service


Magnezial bog‘lovchi moddalar suvda emas, balki MgCl



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə123/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

Magnezial bog‘lovchi moddalar suvda emas, balki MgCl2 eritmasida loy qorilib qotiriladi. Chunki suvda loy qilinib qotirilsa, sekin qotadi hamda qotgan toshi mustahkam bo‘lmaydi. MgCl2 eritmasida loy qilinganda esa juda tez qotadi va qotgan toshi juda mustahkam bo‘ladi. Magnezial bog'lovchi moddalardan turli materiallar tayyorlanadi. Masalan, to'ldiruvchi sifatida nadjak, korund, kvars qumi qo'shilsa, undan charx toshlari olinadi, yog‘och qipiqlar qo'shilsa, turli issiqlik va tovush o‘tkazmaydigan materiallar olinadi.
Gidravlik bog‘lovchi moddalar. Sement. Gidravlik bog‘love hi moddalarga turli xil sementlar kiradi. Ulardan eng muhimi portlandsementdir (Bu nom Angliyaning ushbu sement birinchi marta ishlab chiqarilgan Portland shahri nomidan olingan). Uni olish 75—80 % kalsiy karbonat (Ohaktosh, bo‘r yoki marmar tosh), 20—25 % oson suyuqlanuvchi tuproqdan iborat aralashmani chala suyuqlanib, bir-biriga yopishib qolguncha kuydirishga asoslangan.
Ko‘pchilik zavodlarda xomashyo sifatida mergel deb ataluvchi tog‘ jinsi ishlatiladi (mergel — ohaktoshlaming mayda zarrachalari bilan tuproq minerallar zarrachalarining taxminan 3:1 nisbatdagi tabiiy aralashmasidan iborat mineraldir). Shaxtaga domna pechlarining shakllari va changlari ko‘miryoki slanes kullari, pirit kuyundilari qo‘shiladi.
Portlandsement ishlab chiqarish ikki usulda, quruq va xo‘l usulda amalga oshiriladi. Bu usul keng tarqalgan va iqtisodiy jihatdan samarali va mahsuldorligi yuqori usuldir. Bu usulda shixta tarkibiga kiruvchi barcha moddalar maydalanib aralashtiriladi, so'ngra sharchali maydalagichlarda suv ichida kukun holiga keltiriladi va suv bilan aralashib shlam-quyuq suspenziya hosil bo‘ladi, shlam (tarkibida 35-40 % suv saqlaydi) bir jinsli massa emas, shuning uchun u nasoslar yordamida katta basseyinga olinadi va u yerda siqilgan havo bilan yaxshilab aralashtiriladi, kimyoviy tarkibida aniqlanadi.
Shundan keyin u yerda aylanuvchi pechga, kuydirish uchun olinadi. Pech (39-rasm ) uzunligi 185 m diametri 5 m gacha bo‘lgan po‘lat baraban(l)dan iborat bo‘lib, 2—5° qiya holda o‘matilgan, shixta barabanning baland qismidan past qismiga o‘zi oqib keladi, uning ichi shomot va xromomag-nezitli g‘isht bilan qoplangan. Barabanga po‘lat xalqalar-belbog‘lar (2) kiygizilgan, belbog‘lar tayanch gildirakchalaiga (3) o‘matilgan, uning yordamida hamda tishli-g‘ildirak (shestema) (5) va elektromotor (4) yordamida baraban aylanadi (bir daqiqada 0,5—1,2 marta).
Shlam ta’minlagich (6) yordamida uzluksiz pechga solinib turiladi va u yerda yoqilg‘ining (ko‘mir, gaz, suyuq yoqilg'ilar) yonishidan hosil bo‘lagan va qarama-qarshi oqim prinsipida keladigan issiq gaz oqimida qiziydi. Eng awal (100—120°C da) shlamdan suv bug‘lanib ketadi, so‘ngra tuproq minerallari suv ajratib parchalanadi. U harakat qilib pastga tushgan sayin (650—1000°C da) ohaktosh parchalanib CaO ning kukunini hosil qiladi, so'ngra 1200- 1300°C da hosil bo‘lgan kalsiy oksidi Si02 Al203.Fe203 lari bilan birikib, sun’iy minerallarga aylanadi.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin