Toshkent yangiyul poligraph service


Kalsiy oksidi va kremniy oksididan ikki kalsiyli silikat (belit) 2CaO • Si0



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə124/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

Kalsiy oksidi va kremniy oksididan ikki kalsiyli silikat (belit) 2CaO • Si02 hosil bo'ladi, belit suyuqlanma holda bo‘lib, kalsiy oksidi bilan birikib qattiq holdagi uch kalsiyli silikatga (alit) 3CaO • Si02 aylanadi. Shu bilan bir qatorda oz miqdorda uch kalsiyli aluminatning suyuqlanmasi -3Ca0.Al203 va to‘rt kalsiyli alumoferritlar 4CaO • A1203 • Fe203 (brounmillerit) ham hosil bo'ladi. Keyinchalik harorat 1450°C gacha ko‘tarilgach, belitlar suyuqlanib, bir-biriga yopishib unchalik katta boMmagan bo‘laklarga

  • klinkerga aylanadi. Shixtaga 1 % gacha plavik shpatini qo‘shish klinker hosil bo‘lish jarayonini tezlashtiradi, yoqilg‘i sarfmi 5-7 % kamaytiradi. Pech mahsulotdorligini o‘rtacha 10 % ga oshiradi.

Klinker pishirish zonasidan chiqgach, sovitgichga o‘tadi va u yerda yonishi uchun kiritilgan (qarama-qarshi oqimda) sovuq havo ta’sirida soviydi (50-200°C gacha). Sovigan klinker kimyoviy reaksiyalar to‘liq tugashi uchun 2-4 haftagacha omborlarda saqlanadi. Bu davrda klinker ancha yumshoq bo‘lib qoladi. So‘ngra uni awal maydalagichlarda yanchiladi, keyin sharli maydalachilarda kukun holga kelguncha kattalligi 0,1 mm dan kichik bo‘lguncha yaxshilab maydalanadi.
Maydalash jarayonida qotishni sekinlatish uchun unga 5 % gacha gips toshlari qo‘shiladiva qotish paytida ajralib chiqariladigan kalsiy gidroksidini biriktirib olish uchun (suvga chidamligi shunday yo‘l bilan oshiriladi) esa 15 % gacha gidravlik qo‘shimchalar (tabiiy kremnazyomning turli xillari) qo‘shiladi.
Pechning mahsuldorligi 1800 t/sutka yoki 650 ming t/yilga teng. Sement suv bilan aralashtirib loy qilingach, ko‘pi bilan 45 daqiqadan keyin qota boshlaydi, 12 soatdan keyin qotadi. Uning qotib toshga aylanish jarayoni uzoq vaqt davom etadi. Qotish hodisasining tizimi rus olimlari AA. Baykov va P.A. Rebinderlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, ularning nazariyasiga asosan sement menerallari gidratlanadi. Awal suvda qisman eriydi, sement zarrachalari yemiriladi so‘ngra suv bilan birikib, gidrosilikatlar va gidroalumintlarga aylanadi:
3Ca0.Si02+nH20 = xCa(0H)2+uCa0.Si02nH20

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin