sxemasi. 1 — shisha massasi; 2 — to'siq (qopqoq); 3,4 — valiklar (yoygichlar); 5 — shisha lentasi; 6 — yumshatish pechi; 7 — shisha lentali harakatlantirish uchun g‘ildiraklar. Quyish usulida po‘lat qolipga (biron bir buyum shakliga) shisha suyuqlanmasini quyish yo‘li bilan buyum tayyorlanadi. Bu usulda turli xildagi arxitektor qurilish va san’at buyumlari hamda optik asboblar uchun shishalar olinadi. Ayniqsa, ko‘pik shishada ajoyib foydali xossalar mujas- samlashgan, u g‘ovak-g‘ovak tuzilgan bo‘lib, ajoyib issiqlik va tovush o‘tkazmaslik xossalariga ega. Uning zichligi 100—700 kg/m3, mexanik jihatdan juda mustahkam, uni shisha kukuni va 3% gacha gaz hosil qiluvchi moddalar (koks, qurum va boshqalar) aralashmasini 700- 900°C da o‘tga chidamli po‘lat qoliplarga solib pishirish orqali olinadi. Yangi material sifatida katta ahamiyat kasb etayotgan shisha bu sitalldir. (silikat va kristall so‘zlaridan olingan, Amerikada uni «Pirokeram» deb ataladi.) Sitallar, MgO, A1203 va Si02 lar asosida tayyorlangan shisha massasiga qo‘r sifatida ozroq Ti02 qo‘shib buyum tayyorlanadi, so‘ngra u 700—1000°С haroratda uzoq muddat qizdiriladi. Natijada qisman mayda 1 m.km dan kichik kristallar hosil bo‘ladi. Ammo 15—45 % shisha amorf holda qoladi, kristallanmaydi. Mexanik mustahkamligi jihatdan sitallar hatto poMatdan ham ustin turadi. Ulaming kengayish koeffitsienti taxminan nolga teng, 1000°C gacha haroratning o‘zgarishiga ham chidamli. Shlakositallar domna shlaklari 35% gacha kvars qumi, 2—4% va ko‘r (temir, rux yoki marganets sulfatlar) qo‘shib tayyorlanadi. Undan uylarni yemirilishiga chidamli pollari, zinalar, dereza tok- chalar tayyorlanadi. Respublikamizda Chirchiq, Quvasoy shisha zavodlari ishlab turibdi.