§. Metallarning sinflarga bo‘linishi
Metallaming sanoatda olinish usullari haqidagi fan - metallurgiya, tegishli zavodlar metallurgiya zavodlari va boshqa xomashyolardan metallar ajratib oluvchi sanoat tarmog‘iga esa metallurgiya sanoati yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri metallurgiya deyiladi. Hozirgi vaqtda ma’lum bo‘lgan elementlardan 85 tasi metallardir.
Metallami sinflaiga bo‘lishda ulaming tarqalishi, ishlatilishi, fizik va qisman kimyoviy xossalariga asoslanadi.
Barcha metallar ikkiga: qora va rangli metallarga bo'linadi. Qora metallarga temir, marganets va ular asosida olinadigan qotishmalar kiradi (Qora metall deyilishiga sabab, qizdirilganda yuzasiga yupqa qora rangli kuyindi-oksid qavati hosil bo‘ladi).
Rangli metallar 4 guruhga bo‘linadi: 1. Og‘ir rangli (zichligi 5 g/sm3 dan katta) metallar — mis, qo‘rg‘oshin, qalay, nikel, mx. 2. Yengil rangli (zichligi 5 g/sm3 dan kichik) metallar — aluminiy, ishqoriy va ishqoriy-yer metallari. 3. Qimmatbaho metallar — platina iridiy, osmiy, palladiy, rodiy, ruteniy, oltin, kumush. 4. Siyrak yoki nodir metallar (qolgan barcha metallar shu guruhga kiradi): a) qiyin suyuqlanuvchi: volfram, molibden, vanadiy, kobalt, titan, sirkoniy, neobiy; b) sochma: garmoniy, galliy, talliy, iridiy, reniy; d) siyrak yer, lantanoidlar; e) radiaktiv: toriy, rodiy, aktiniy, protaktiniy, uran; f) su’niy: poloniy, astat, neptuniy, plutoniy, protoktoniy, uran va urandan keyingi metallar.
Dostları ilə paylaş: |