Sintetik xlorid kislota olish uchun elektroliz usulida olingan xlor, vodorod bilan kontakt pechida (84- rasm) bevosita biriktiriladi. Pech o‘tga chidamli po'latdan yasalgan bo'lib, balandligi 6 m, diametri 1 m. Pechning ostki qismida yoqgich (gorelka) o‘matilgan. Yoqgich ikkita naychadan iborat bo'lib, biri ikkinchisining ichiga kirgan. Ichki nay orqali quruq xlor, tashqi nay orqali esa vodorod kelib, naydan chiqqan joyda ularqo'shiladi vayonadi. Natijada katta issiqlik ( 92,1 kj/mol) ajralib chiqadi. Alangasining harorati 2400°C ga etadi. Hosil bo‘luvchi vodorod xlorid gazini xlor bilan ifloslanishi- ning oldini olish maqsadida yoqgichga 5 % gacha ortiqcha vodorod yuboriladi. Olingan vodorod xlorid suvga yuttirilib, xlorid kislotaga aylantiriladi yoki suyuq holatga o‘tkaziladi (Vodorod xloridni suyultirish uchun, u sovitgichlarda sovitiladi, bunda xlorid kislota bug4 lari kondensatlanadi. Keyin yanada quritish uchun sulfat kislota bilan sug‘orilib turuvchi minora orqali o‘tkaziladi. So‘ngra vodorod xloridi 100 atm. bosim bilan siqiladi va bir vaqtning o‘zida sovuq suvda sovitiladi. Suyulgan vodorod xloridi po'lat ballonlarda saqlanadi. Vodorod xloridini suvga yutilishi adiabatik sharoitda olib boriladi. Vodorod xloridi po'lat gaz o'tkazish quvuri orqali o‘tib 200- 250°C gacha soviydi, so‘ngra yuttirish minorasining ostki qismidan kiradi. Minoraning ichida keramik xalqalardan iborat nasadka bo‘ladi. Bu minorada yutilmay qolgan vodorod xloridi, ikkinchi sanitar minorasiga yuboriladi. Unda 1 % li xlorid kislota hosil bo‘ladi. Yuttirish minorasining ostki qismidan issiq (70°C) 31 % li sintetik xlorid kislota chiqadi va u omborga yuboriladi. Apparatning mahsuldorligi 100 % li xlorid kislotaga aylantirib hisoblaganda 15 t/sutkaga teng. 1 t. sintetik xlorid kislota olish uchun 1 t. xlor gazi, 330 m3ga yaqin vodorod, 12-15 m3 suv va 15 -25 kvt/s. elekter energiyasi sarflanadi. BOB. METALL ISHLAB CHIQARISH VA UNI SINFLARGA AJRATISH