Toshkent yangiyul poligraph service



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə138/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

Na++OH -*NaOH H20+e->0H+0,5H2
Simob katodli elektroliz usuli NaCl eritmasini juda qattiq tozalashni talab qiladi, chunki eritmada magniy, temir va boshqa metallarning bo‘lishi, simobli katodda vodorodning kuchlanishini pasaytirib yuboradi. Bu hoi katod jarayonini buzilishiga va portlashga olib keladi. Vodorod ionining zaryadsizlanishini kamaytirish uchun tok zichligi oshiriladi.
Simob katodli elektrolizyorlaming asosiy yutug‘i, bunda kimyoviy toza (tarkibida) NaCl boshqa begona aralashalari bo‘lmagan) yuqori konsentratsiyali ishqor olish mumkin bo‘ladi. Suvni elektroliz qilib vodorod olish ayniqsa, istiqbolli usuldir.

  1. §. Sintetik xlorid kislota ishlab chiqarish

Vodorod xloridi — o‘tkir hidli, rangsiz gaz, — 85°C da qaynay- di, suvda yaxshi eriydi (1 hajm suvda 20°C da 400—450 hajmda vodorod xlorid gazi eriydi).
Xlorid kislota — rangsiz yoki sarg‘ishroq rangli tiniq suyuqlik. Odatda konsentrlangan xlorid kislota 37 % li bo‘lib, zichligi 1,19 g/sm3.
Xlorid kislota kuchli bir negizli kislotadir. U turli xloridlarni olishda, metallami payvandlashda, bug‘ qozonlarini cho‘kindilardan tozalashda platina, oltin va kumushlaming gidrometallurgiyasida neft sanoatida — neftni qazib olishda qog‘ozni gidrolizlashda, terini oshlashda — uni charmga aylantirishda gazlamalarni bo'yashda, bo‘yoqlar ishlab chiqarishda, sirka kislota, plastmassalar ishlab chiqarishda va boshqalarda ishlatiladi.

Xlorid kislota XV asrning oxirida alkimyogar Vasiliy Valentin va XVI Anderiy Libaviy hayot malhamini (eleksir) qidirib, osh tuzi, achchiqtosh va mis kuporasini aralashtirib qizdirish orqali toza bo‘lmagan xlorid kislota olgan va uni «nordon spirt» deb atagan.
1658- yilda nemis olimi Glauber xlorid kslota olishning yangi usulini topdi, u osh tuzini konsentrlangan sulfat kislota bilan birga qizdirib ajralib chiqqan gazni suvga yuttirdi. Bu usul hozir ham laboratoriya va sanoatda xlorid kislota olishda qo‘llaniladi.
Xlorid kislota olish uchun vodorod xlorid gazini olish kerak. Vodorod xlorid turli yo‘llar bilan olinadi: 1. Sulfat usuli. Bu usulda 92—93 % li sulfat kislota 500—550°C haroratda osh tuziga ta’sir ettiriladi. Bunda 28—31 % li texnik xlorid kislota olinadi. Bu usul hozirgi paytda qo'llanilmaydi. 2. Vodorod xloridini sintez usuli 1920- yillarda paydo bo‘ldi. Bu usulga binoan xlor va vodorod gazlarining o‘zaro ta’siridan vodorod xloridi sintezlanadi. To'yingan uglevodorodlarni xlorlashda chiqindi sifatida vodorod xloridi hosil boMadi: RH+C12^RC1+HC1.
Hosil bo‘lgan vodorod xloridining konsentratsiyasi turlicha (odatda 25—30 dan 95—98 % gacha HC1 ) bo‘ladi. Uning tozaligi ham xlorlanadigan organik moddalaming tozalik darajasi, xossalari, reaksiyani olib borish sharoiti kabilarga bog‘liq bo‘ladi. Xlororganik mahsulotlar ishlab chiqarish to'xtovsiz o‘sib bormoqda va unda chiqindi sifatida hosil bo‘luvchi vodorod xloridi ham ko'paymoqda. Hozirgi paytda uning miqdori sintetik vodorod xloridiga nisbatan


  1. Yüklə 5,3 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin