A — qayiqcha tirqishga(yorig‘i) perpendikular yo‘nalishdagi kesimi; В — qayiqcha yorig'i yo'nalishi bo'yicha kesimi; 1 — qayiqcha; 2 — shisha lentasi; 3 — sovutgich; 4 — asbestlangan valiklar (kichik yoyish asbobi); 5 — bosuvchi moslama; 6 — valiklarni harakatga keltiruvchi o‘q (val). Qayiqchaga yaqin joyda tortiladigan shisha listining ikki tomonida sovitgichlar o'rnatilgan bo‘lib, shishani sovitadi. Mashinaning balandligi 5,5 m, unda juft val o‘matilgan. Vallar asbest bilan qoplangan, ulaming orasida shisha listi bo‘lib, ikki tomonidan vallar
aylanib, uni yuqoriga ko‘taradi. Vallarni umumiy vertikal val konissimon tishli gildirak yordamida harakatga keltiradi. Qaysiki, u elektromatoiga ulangan shisha listining harakat tezligi 120 m/s gacha bo‘ladi. Olingan shisha mashinaning yuqori qismiga chiqqach qirqib olinadi, uning qalinligi 2— 6 mm, qayiqcha usulida olingan shishalar ko‘pincha ijuggonli bo‘ladi. To‘lqinsimon shakldagi yoki yuzasida chiziqlari bo'lgan shishalar olinadi. Qayiqchasiz usulda nuqsonsiz, sifatli shisha olinadi, suyuqlanmasi olinadigan joyga maxsus o‘tga chidamli panjara o‘matiladi, suyuqlanmaga tushiriladi va bir tekisda shisha suyuqlanmasi tortiladi. Bunda ham qayiqcha usulda qo‘llaniladigan mashina ishlatiladi. Muhim shisha mahsulotlardan biri shisha tolasidir. U shisha to‘qi- malar, shisha paxta va boshqa narsalar uchun ishlatiladi. Shisha tolasi olish uchun elektr pechlarida tayyorlangan shisha suyuqlanmasi pechning maxsus joyda teshikchalari (teshikchalaming kattaligi 1-3 mm bo'ladi) orqali oqib ostga tushadi, cho‘ziladi va qotib (2-30 kkm, qalinlikdagi) shixta tolalariga aylanadi. Sayqallangan shisha olish uchun (82- rasm) shisha suyuqlanmasi, shomotli quygich orqali ichi bo‘shliqdan iborat bo‘lgan va ichki tomonidan suv bilan sovitiladigan, metalldan yasalgan vallar oraligidagi bo‘shliqqa tushadi, vallar aylanib to‘kadi (ikkalasi bir tomonga aylanadi). Valdan chiqqan shisha lentasi yumshatish uchun maxsus tunnel pechiga o‘tadi (tunnel pechi - yerostida qurilgan pech). Olingan shisha listlari pardozlanib, silliqlangach (sayqal berilgach), oyna tayyorlash uchun, avtomobillar kabinasiga qo‘yish, vitrinalarga o‘rnatish uchun ishlatiladi. Olingan shisha listlarini qizdirib tez sovitish (havo oqimi yordamida) orqali toblangan (chinniqtirilgan) shishalar olinadi. Ular xavfsiz shisha bo‘lib, avtomobil va samolyotlaming kabinalariga o‘matiladi. Puflash usulida tara va kimyoviy idishlar olinadi. Hozirgi paytda puflash, siqilgan havo bilan mashinalar yordamida amalga oshiriladi. Presslash usulida turli buyumlar: bankalar, stakanlar, izolyatorlar, munchoqlar, tugmalar va boshqalar tayyorlanadi. Bunda, cho‘yandan yasalgan presslash qoliplariga shisha suyuqlanmasi quyilib, uning ustidan bosuvchi kern bilan bosiladi, natijada qolip bilan kern oralig‘ida shisha, qolip shaklini egallaydi, bir tekisda taqsimlanadi.