Shuningdek, T. Otaqo‘ziyev tomonidan sulfat saqlovchi sementning fizik-kimyoviy xossalari o‘rganilib, uni past haroratda kam energiya sarflab olish texnologiyasi yaratilgan.
Hozirgi paytda 7 mln tonnadan ko‘proq sement ishlab chiqarilmoqda. 0‘zbekiston 1970 yildayoq kishi boshiga hisoblaganda Turkiyaga nisbatan 20, Pokistonga nisbatan 35 marta ko‘p sement ishlab chiqarishga erishgan.
Shisha. Shisha eng qadimiy kimyoviy mahsulot (Misrda eramizdan 6 ming yil ilgari shisha ishlab chiqarilgan). Qovushqoqligi katta bo'lgan, o‘ta sovitilgan suyuqlik deb qaraladigan materialdir. Shisha suyuqlanganda ham juda qovushqoq bo‘lib, uning tarkibidagi zarrachalaming (kimyoviy moddalaming) erkin harakati juda qiyin bo‘lganligi sababli to‘g‘ri, normal kiristall panjara hosil bo‘la olmaydi.
Uning aniq suyuqlanish va qaynash harorati bo'lmaydi.
■ Qizdirilganda u sekinlik bilan yumshaydi va so‘ngra suyuqlanadi. Shisha tiniq, mexanik mustahkam, kimyoviy agressiv reagentlarga chidamli, elektr tokini o‘tkazmaydi. Issiqlikni kam o'tkazadi. Mana shu ajoyib xossalar borligidan keng ko‘lamdi ishlatiladi. Ammo u mo‘rt bo‘ladi.yBu kamchiligi uni termik ishlov berish yo‘li bilan kamaytiriladi.
Shisha tarkibiga asosan 3 xil tipdagi oksidlar: ishqoriy, ishqoriy- yer va kislotali oksidlar kiradi. Shisha quyidagi umumiy formula bilan ifodalash mumkin: nRjO. mROpR02(R203). Koeffisentlar o‘zgaruv- chan qiymatlardir. Bunda, R20 — ishqoriy metallarning oksidlari: Na20, K20, Li20 va boshqalar, RO — ishqoriy-yer metallarining oksidlari: CaO, BaO, PbO, SrO, ZnO, FeO, MnO va boshqalar R02 (R203) — kislotali oksidlar Si02, B203 ,A1203 va boshqalar. (Si02ning miqdori 70—75 % dan kam bo'lmaydi, ba’zan Si02 ni qisman B203 bilan almashtiriladi, A1203 esa 1—4 % dan oshmaydi).
Shishaning xossalari uning tarkibiga kiruvchi oksidlaming sifatiy va miqdoriy tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Kislotali oksidlar shishaga mexanik, termik va kiyoviy mustahkamlik beradi. Ishqoriy metall oksidlari shishaning qovushqoqligi, mexanik, kimyoviy mustahkamligini kamaytiradi. Aksincha, ishqoriy-yer metallari esa kimyoviy chidamligini va qovushqoqligini oshiradi. Tarkibida faqat Na20, CaO, MgO, Si02 va oksidlami saqlovchi shisha keng miqyosda qo'llaniladi. Na20 ni o'rniga K20 va CaO hamda MgO o‘miga PbO ishlatilsa, tiniqligi, yaltiroqligi, numi burish xossasi ortadi (masalan, billur (xrustal) va optik shishalar). Kimyoviy idishlar tayyorlash uchun ishlatiladigan shisha olishda, ishqoriy metallar oksidlarining
|