Toshkent yangiyul poligraph service



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə125/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

2СаО • Si02+nH20=2Ca0 * Si02 * nH20 (n=2 yoki 4) ЗСаО А1203+6Н20=ЗСа0 • A1202 6H20 (x+y=3)
Hosil bo‘lgan mahsulotlar suvda yomon eruvchan bo‘lganligi uchun eritmadan awal mayda kristallchalar shaklida ajralib chiqadi, keyinchalik kristallchalar yiriklashadi va bir-biri bilan mustahkam birikadi, yaxlit toshga aylanadi. Shlakli sementlarni bog'lovchi moddalar bilan domna pechlarining shlaklarini aralashtirib, maydalash orqali olinadi. Shlak tarkibida asosan CaO, A1203, Si02 oksidlari bo'ladi. Glinozyomli sementning asosiy tarkibiy qismi kalsiy metaluminatdir Ca(Al(X)„ U glinazyomga (masalan, boksitga) boy bo'lgan tabiiy meteriallaiga ohaktosh qo‘shib kuydirish orqali olinadi. U tez qotadi, uning qotishi gidroliz va gidratlanish reaksiyalar natijasida amalga oshadi:
2Ca(A102)2+l 20=2Са0 • A1203 +8H20+2A1(0H)3
Glinozyomli sementdan tayyorlangan beton ko‘l va dengizning sho'r suvlariga, ishqor eritmalariga chidamli bo‘ladi, tez qotadi va juda mustahkam hisoblanadi.
Sementning ishlatilishi sohalari keng, ammo, asosan beton tayyorlash uchun ishlatiladi (sun’iy toshning bir turi). Beton tayyorlash uchun sementga to‘ldiruvchilar qo‘shib suv bilan aralashtiriladi. Yirik to‘ldiruvchilarga: shag'al yoki sheben (granit, ohaktosh yoki g‘isht) maydalari kiradi.
Yaxshi to‘ldiruvchilardan biri keramzitdir (keramzit oson suyuqlanuvchi tuproqni kuydirib olinadigan, 4 sm gacha kattalikdagi sharsimon g‘ovak toshlar bo‘lib, undan tayyorlangandigan beton mustahkam, yengil va issiqlikni kam o‘tkazuvchan bo‘ladi).
Yirik toMdiruvchilaming bo'laklari orasida mayda to'ldiruvchilar- ning (qum, ko'mir kuli kabilar) donalari joylashib, ular sement bilan bir butun bo‘lib bog'lanadi va mustahkam sun’iy toshga aylanadi (1 qism sementga taxminan 3,5—4 qism yirik va 2—2,5 qism mayda to‘ldiruvchilar aralashtirilib, 0,5—0,7 qism suv bilan loy qoriladi). Beton loyini aralashtirish maxsus beton aralashtirgich apparatlarida olib boriladi. Hosil bo'lgan loy qorishma taxta yoki metall qoliplariga solinib, shakl beriladi va qotishi uchun qoldiriladi, qotgach qolip ajratib olinadi. Qotishini tezlashtirish uchun maxsus kameralarda bug1 bilan ishlov beriladi. Betondan bloklar, yig‘ma uylar uchun devorlar, tug‘onlar, yo‘llar, basseynlar, quvurlar va boshqa qurilmalar quriladi.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin