Qurilish g‘ishtlari uchun xomashyo ko‘p uchraydigan, keng tarqalgan, oson suyuqlanuvchi tuproq bo‘lib, uning tarkibi 53— 81% Si02, 7—23% A1203, 2-8% Fe203, 14% gacha CaO va ozroq miqdorda MgO hamda ishqoriy metallaming oksidlari va boshqa aralashmalardan iborat bo‘ladi. G‘isht aralashmalardan iborat bo‘ladi. G‘isht kuydirilganda'pmir birikmalari oksidlanib g‘ishtga qizil rang beradi. Agar tuproq tarkibida qum kam bo‘lsa, unday tuproqdan tayyorlangan materiallar pishirilganda «o'tiradi», ya’ni hajmi kichrayib yoriladi, nuqsonli bo‘ladi. Shuning uchun ham g‘isht tayyorlash uchun tuproqqa ko‘pincha qum qo'shiladi. Keramik buyumlarni tayyorlash uchun awal tarkibida barcha zarur elementlari bo‘lgan xomashyodan loy tayyorlanadi. Olingan loyga biror-bir shakl beriladi. Loyga shakl berish ikki usulda amalga oshiriladi: plastik usul va yarim quruq usul. (Elastic usulda shakl berib g‘isht olish uchun tuproq qum bilan aralashtirilib 18—25% gacha suv solinib, loy tayyorlanadi. Bu jarayon turli xildagi aralashtirgichlarda amalga oshiriladi. Shakl berish lentali presslash mashinasida olib boriladi (79- rasm). G‘isht loyi mashinaga qadaq(l) orqali kiradi. So‘ngra shnek (3) loyni surib presslash mushtugi(4)ga (nayga) o'tkazadi. U erda loy yana qo‘shimcha aralashchadi, zichlashadi. Namlagich (5) dan mushtukni ho‘llash uchun suv berib turiladi (loy tiqilib qolmasligi uchun). Mushtukda lenta (tasma) shaklini olgan loy kesuvchi mashina(6) bilan yoki qo‘lda g‘isht shaklida kesiladi. Tayyor bo‘lgan g‘isht awal tabiiy holda ochiq havoda yoki maxsus quritgichlarda quritiladi. Maxsus quritgichlaming takomillashgan turi tunnelda (yer ostidagi joylar va yerto'lalarda) quritishdir. Tunnelning uzunligi 50 m bo‘lib, uning bir tomonidan yoqilg‘ining yonishidan hosil bo‘lgan issiq gazlar oqimi harakat qilsa, unga qarama-qarshi tomonga qarab xom g‘isht ortilgan vagonchalar harakat qiladi. Tunnelda quritishning ustunligi shundaki, bunda ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz boradi, doimiy rejimda va tez quriydi(bunda g‘isht 3 kunda quriydi). Agar g‘isht loyiga elektrolitlar (tuzlarning eritmalari) qo‘shilsa, tez quriydi. G‘isht pishirilgandan keyingina yetarli mustahkamlikka ega boMadi.Plastik usulda olingan g‘ishtlar 900-1050°C da yarim quruq usulda olingan g‘ishtlar esa 950-1100°C da kuydiriladi.
G‘isht yarim quruq usulda ishlab chiqarilganda xomashyoni tayyorlash: tuproqni quritish, maydalash va yaxshilab aralash- tirishdan iboratdir. Tuproq turli konstruksiyali apparatlarda quritiladi. Ulardan mahsuldorligi yuqori bo‘lgani quritish barabanlaridir. U to‘g‘ri oqim prinsipida ishlaydi. Barabanning bir tomonidan ham tuproq, ham issiq gaz kiritiladi. Bunda tuproq harorati 110°C dan yuqori bo'lishiga yo‘l qo‘yilmaydi, chunki bundan yuqori haroratda tuproq plastiklik xossasini yo‘qotadi. Quritilgan tuproq maydalashga yuboriladi va elakda elanadi. Elangan tuproq kukuni kerakli miqdordagi qum bilan aralashtirilib suv yoki bug‘ bilan (8—12%gacha) namlanadi va shakl beriladi. Bu ishlarning barchasi mexa- nizatsiyalashtirilgan. Presslashda yuqori bosimni (107—2,5 • 107 n/ m2) qo‘llash g‘isht sifatini oshiradi, chunki bunda tuproq zarrachalari yuqori darajada zichlashadi.