E 106- rasm. Turli haroratlarda suv bug‘i bosimining fosfat kislota konsentratsiyasiga bog‘liqligi. tilenni to‘g‘ri gidratlashning texnologik sxemasi (107- rasm) bir necha to‘xtovsiz boruvchi bosqich- lardan: 1) dastlabki bug‘-gaz ara- lashmasini tayyorlash va uni qizdirish; 2) etilenni gidratlash; 3) reaksiya mahsulotlarini neytrallash; 4) sirkulyatsiya gazini tozalash: 5) etanolni rektifikatsiyalash kabilardan iborat. Konsentratsiyasi 98 % bo‘lgan etilen kompressorda siqilib, suv bug‘i va sirkulyatsiya gazi bilan qo‘shilib hosil bo'lgan aralashma reaksion gazlar aralash- masining issiqligi bilan 200°C gacha taxminiy qizdirish uchun issiq almashtirgichda boradi. rasm. Etanol ishlab chiqarish uchun etilenni bug‘li muhitda katalitik gidratlash qurulmasining sxemasi.
1 — issiqlik almashgich; 2 — pech; 3 — reaktor; 4 — suvli spirt yig‘gichi; 5 — sovutgich; 6 — nasadkali yuvish kolonnasi. So'ngra bug'-gaz aralashmasi quvursimon pechda 280°C gacha qizdiriladi va gidratorga boradi. Gidrator balandligi 10 m, diametri m bo'lgan ichi bo‘sh po'lat kolonna, korroziyalanishning oldini olish uchun, uning ichi qizil mis bilan qoplangan. Uning ichi 8,5 m balandlikka qattiq katalizator bilan to‘lg‘azilgan gazning kontaktlanish vaqti 18-20 soniya. Gidrator ish rejimi bo‘yicha ideal siqib chiqarish adiabatik reaktorlarga yaqin o'xshaydi.
Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar aralashmasi izma- iz issiqalmashtirgichda soviydi, hosil boigan kondensat (spirtning suvli suyuq eritmasi) yig‘gichda ajralgach sovitgichda to‘liq soviyda va reaksiyaga kirishmay qolgan gazlar etonol bug‘ bilan skrubberda
suv bilan to‘liq yuvilib ajraladi. Yuvilgan va neytrallangan gazlar (sxema ko'rsatilmagan) siqilib toza etilen va suv bug‘i bilan ajralib yana gidratorga yuboriladi. Aylanma gazning bir qismi uning tarkibida inert aralashmalar miqdori 15 % dan ortiq ketmasligi uchun sxemadan havoga chiqarilib yuboriladi. «Хот»etanol esa tozalashga va rektifikatsiyalashga yuboriladi.