С D> П O'rab joylashlirshga 126- rasm. Lateksdan kauchuk olish sxemasi. — koogulyator; 2 — vibroelak(tebranib turuvchi elak); 3 — yuvuvchi apparat; 4 — baraban vaakum filtr; 5 — quritgich.
Vibroelakda kauchuk (cho‘kkan lateks zarrachalari kauchuk deb ataladi) suv bilan yuvilib elektrolitdan tozalanadi va ajraladi. Kauchukni suvda eruvchi aralashmalardan batamom tozalash uchun yuvish apparatiga o‘tkaziladi. Yuvilgan pulpa tarkibida 8-10 % kauchuk ushlaydi va u barabanli vakuum - filtrga o‘tib, suvdan ajraladi, siqiladi va quritgichga yuboriladi. U yeida kauchuk issiq havo oqimida quritiladi, shakl beriladi va talk sepiladi (yopishib qolishining oldini olish uchun) va rulonga o‘raladi. Bu bilan birdaniga to‘ldiruvchilar (qurum va moy) qo‘shilgan qumm-moyli kauchuk olinadi. Shuning uchun ham bu usul an’anaviy usulga nisbatan (an’anaviy usulda olingan toza kauchukka to‘ldiruvchilar qo‘shiladi, bu jarayon alohida-alohida maxsus qurilmalarda olib boriladi) bir vaqtning o‘zida ham energiya sarfi kamayadi, ham mehnat sharoiti yaxshilanadi va unumdorligi ortadi. Butadiyen - stirolli kauchuklar polimerizatsiyalash hamda monomerlaming nisbati bilan farq qiladi. Masalan, past haroratda polimerizatsiyalash usuli (5°C yoki 0°Cdan ham past). Bu usulda «sovuq»yoki «past» haroratli kauchuk olinadi. Bu kauchuk yuqori malekular massaga ega bo‘lib, yemirilishga chidamli rezina olish imkonini beradi. Yuqorida aytilganidek, ko‘pincha 70:30 nisbatda (Butadiyen-70, Stirol-30) xomashyo olinadi, chunki stirol miqdori bundan oshirilsa, rezinaning elastikligi kamayadi. Bu nisbatni oshirib 80-90 % yetkazib borilsa, elastiklik xossasi butunlay yo‘qolib, qattiq plasmassaga-ebonitga aylanib qoladi. Ebonit - elastikligini yo‘qotgan plastmassaga o‘xshashli qattiq materialdir. Butadiyen- stirolli kauchukning boshqa turlari olinadi. Masalan, to‘ldirgich sifatida moy solingan moyli saja solingan - sajali yoki moy va saja solingan moysajali kauchuklar. Buning uchun lateksga emulsiya shaklida 10 % dan 30 % gacha neft moylari qo£shiladi. Ayniqsa, keyingi paytlarda stereoregulyar kauchuklar ishlab chiqarish tez rivojlanmoqda. Stereoregulyar kauchukni birinchi marta 1956- yilda italyan olimi D. Natta va nemis olimi K. Sigler kashf etganlar va uni sterospesifik katalizatordan foydalanib olganlar.