Izoprenli kauchuk. Tabiiy kauchuk izopren monomerlardan tuzilgan izoprenli kauchukning makromolekulasida izopren molekulalari 1,4 holatda va ulaming 98 % dan ko‘prog‘i sis- holatda birikkan bo‘ladi. Tabiiy kauchuklarning yuqori mexanik mustahkamligi aynan uning o‘ta tartibli fazoviy tuzilishga ega bo‘lishidandir. Hozirgi paytda ko‘p ming tonnalab izoprenli kauchuklar sanoat miqyosida ishlab chiqarilmoqda va ular xossalari jihatidan tabiiy kauchukdan qolishmaydi. O'zining texnologik va ekspluatatsion xossalarini birgalikda olib qaralsa, ISK - 3 kauchugi tabiiy kauchuk bilan amaliy jihatdan qaralganda bir xildir. ISK ning 1 sm2 300 kg kuch bilan tortilganda ham uzilmaydi (12- jadvalga qarang) 12- jadval. Sintetik kauchukning har xil turlaridan olingan rezinaning muhim xossalari.