Toshkent yangiyul poligraph service


§. Kimyoviy texnologik jarayonlarning klassifikatsiyasi



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə40/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

§. Kimyoviy texnologik jarayonlarning klassifikatsiyasi

Texnologiya jarayonlar ulaming harakatlantiruvchi kuchiga ko‘ra quyidagi 5 guruhga bo‘linadi:

  1. Mexanik jarayonlar.

  2. Gidromexanikjarayonlari.

  3. Issiqlikalmashinishjarayonlari.

  4. Moddaalmashinishjarayonlari.

  5. Kimyoviy jarayonlar.

Mexanik jarayonlar qattiq materiallami mexanik kuch ta’sirida qayta ishlash bilan bog'liq. Bunday jarayonlarga saralash, uzatish, aralashtirish, maydalash kabilar kiradi. Bu jarayonlaming tezligi qattiq jismlaming mexanik qonuniyatlari bilan ifodalanadi. Bunda harakatlantiruvchi kuch vazifasini mexanik bosim kuchi yoki markazdan qochma kuch bajaradi.
Gidromexanik kuchlaiga suyuq va gazsimon sistemalardagi harakat (aralashtirish, filtrlash, cho‘ktirish) bilan bog‘liq jarayonlar kiradi. Bunday jarayonlaming tezligi gidromexanika qonunlari bilan aniqlanadi. Gidromexanik jarayonlaming harakatlantiruvchi kuchi gidrostatik va gidrodinamik bosimdir.
Issiqlik almashinish jarayoni — haroratlar farqi mavjud bo‘lganda bir (harorati yuqori) jismdan ikkinchi (harorati past) jismga issiqlikning o‘tishidir. Bu guruhga sovitish, isitish, bug‘latish, kondensatlash va sun’iy sovuq hosil qilish jarayonlari kiradi. Jarayonning tezligi gidrodinamik rejimga bog'liq holda issiqlik uzatish qonunlari bilan ifodalanadi, issiqlik jarayonlarining harakatlantiruvchi kuchi sifatida issiq va sovuq muhitlar o‘rtasidagi haroratlar farqi ishlatiladi.
Modda almashinish bir yoki bir necha komponentlaming bir fazadan fazalami ajratuvchi yuza orqali ikkinchi fazaga o‘tishidir. Komponentlar bir fazadan ikkinchi fazaga molekular va turbulent diffuziyalar yordamida o‘tadi. Shu sababli bu jarayonlar diffiizion jarayonlar ham deyiladi. Bu guruhga adsorbilash, adsorblash, suyuqliklarni haydash, ekstraksiyalash, quritish jarayonlari kiradi. Jarayonlaming tezligi fazalarning gidrodinamik harakatiga bog‘liq bo‘lib, modda o‘tkazish qonuniyatlari bilan ifodalanadi. Modda almashinish jarayonlarining harakatlantiruvchi kuchi fazadagi konsentratsiyalaming farqi bilan belgilanadi.
Kimyoviy jarayonlar modddalaming o'zaro ta’siri natijasida yangi birikmalaming hosil bo‘lishidir. Kimyoviy reaksiyalarda issiqlik va modda almashinish jarayonlari ham sodir bo‘ladi. Bu jarayonlaming tezligi kimyoviy kinetika qonuniyatlari bilan ifodalanadi. Reaksiyalar tezligi, ayniqsa, sanoat miqyosida moddalaming gidromexanik

harakatiga, kimyoviy jarayonlaming harakatlantiruvchi kuchi esa reaksiyaga kirishayotgan moddalaming konsentratsiyasiga bog'liq bo'ladi.
Mexanik, gidromexanik, issiqlik almashinish, modda almashinish kabi jarayonlar kimyoviy texnologik jarayonlaming elementlari bo‘lib, ular «Kkimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari» kursida, kimyoviy jarayonlar esa «Kimyoviy texnologiya» kursida o‘iganiladi.
Kimyoviy texnologiyaning barcha jarayonlari ikkita: kimyoviy va fizik jarayonlarga bo'linadi. Kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy texnologik jarayonlaming eng muhim bosqichidir. Kimyoviy texnologik jarayonlami klassifikatsiyalashda kimyoviy reaksiyalarning oddiy, murakkab-parallel va murakkab ketma-ketlikka bo‘linishi hisobga olinadi.
Kimyoviy- texnologik jarayonlaming ayrim sinflarini tavsiflashda reaksiyalar, reagentlaming o‘zaro ta’sirlashuvini tipiga qarab ikkiga: oksidlanish-qaytarilish (gomolitik) va kislota — asosliga (geterolitik) bo'linadi. Kimyoviy reaksiyalar va massa о‘tkazish jarayonlari qaytar va qaytmas bo'lishi mumkin, shunga qarab texnologik jarayon ham farq qiladi.
Texnologik jarayonlaming klassifikatsiyasida ulami optimallash uchun zarur bo‘lgan texnologik rejim katta ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin