UCHINCHI QISM MUHIM KIMYOVIY ISHLAB CHIQARISHLAR BOB. OLTINGUGURT ISHLAB CHIQARISH §. Oltingugurtning xossalari, tarqalishi, ishlatilishi va olinishi
Xossalari va tarqalishi. Oltingugurt tabiatda keng tarqalgan. U Yer qobig'i massasining 0,5 % ini tashkil etadi. Dengiz va okean suvlarida 1200—10 mln. t. oltingugurt, birikmalar shaklida suvda erigan holda bo'ladi. Oltingugurt sariq rangli kristall mo‘rt modda. Suvda deyarli erimaydi, ammo ba’zi organik erituvchilarda eriydi. 444,6 °C da qaynaydi. Zichligi = 2,07 g/sm3. U kristall holda ikki xil - a va (3 allotropik shakl o‘zgarishga ega, oltingugurt tabiatda erkin holda (tug‘ma oltingugurt) hamda birikmalar shaklida uchraydi. Oltingugurtning yirik konlari AQSh, Italiya, Kanada, Yaponiya, Ukraina, Rossiyadajoylashgan. 0‘zbekistonda Faig‘ona va Muborakda oltingugurt konlari mavjud. Ishlatilishi.Oltingugurt xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladi. Dunyoda ishlab chiqariladigan oltingugurtning 50 % ga yaqini sulfat kislota olish uchun, 25 % ga yaqini kalsiy bisulfit olish uchun (oltingugurt yoqiladi, olingan S02 gazi ohak bilan ta’sir ettirilib Ca(HS03)2 ga aylantiriladi. Qaysiki, u yog'ochdan sulfit usulida selluloza ishlab chiqarishda ishlatiladi), qolgan qismi oltingugurtli bo'yoqlar, uglerod (IV)- sulfid, gugurt ishlab chiqarishda, kauchukni vulqonlashda, qishloq xo'jaligida fungitsid sifatida, tibbiyotda va boshqa sohalarda ishlatiladi.